67
o‘rganishgan. Yaponiya qishloq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i dehqonchilikdir. Don
xo‘jaligida sholi asosiy ekin hisoblanadi. SHoli ekin maydonlarining yarmiga
Yaqinda ekiladi va yiliga 10-12 mln. tonna sholi yetishtiriladi.
SHoli hamma yerda asosan sug‘oriladigan yerlarda, biroq tovar mahsulotining
katta qismi Xonsyu orolining markaziy hamda janubiy rayonlarda yetishtiriladi.
Xonsyukning shimolida va Xokkaydoda bug‘doy, javdar va arpa ekiladi,
biroq
etishtirilayotgan don mamlakat ehtiyojini qondira olmaydi. SHaharlar atrofida
sabzavot va mevalar yetishtiriladi. Texnika ekinlari-qand lavlagi, soya, tamaki, choy
ham katta ahamiyatga ega.
Yaponlar azaldan gulchilik bilan Shug‘ullanib keladilar. Ko‘p gullarning
yapon diniy (sintoizm) marosimlarida ahamiyati katta.
Yaponlarda guldasta yasash,
gullarni va daraxt novdalarini vazalarga chiroyli (ikebana) qilib solib qo‘yish
an’anaviy san’at hisoblanadi.
Baliq-ovlash – Yaponiya xo‘jaligining muhim tarmog‘i hisoblanadi. Baliq
sohil bo‘yidagi suvlarda ham, uzoq dengizlarda ham tutiladi. Qirg‘oq yaqinida baliq
ovlash bilan sohildagi qishloq aholisi,
uzoq dengizlarda esa, texnika jihatidan
mukammal baliq ovlaydigan floti bo‘lgan yirik monopoliyalar shug‘ullanadi. Baliq
ovlash jihatidan Yaponiya dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Yyponlar ovqatida baliq,
boshqa dengiz hayvonlari mahsulotlari katta o‘rin tutadi.
Transporti. Xo‘jalikning bu tarmoqlari Yaponiya
iqtisodiyotining faol
yo‘nalishlaridandir. Transportning daruo va quvur tarmoqlaridan boshqa barcha
sohalari yuqori darajada rivojlangan. Ichki yuk tashish hajmiga ko‘ra avtomobil va
temir yo‘l transportlari eng katta mavqega ega.
Mazkur tarmoqlar texnik
imkoniyatlari va elektrlashish darajasiga ko‘ra jahonda ko‘pgina rivojlangan
davlatlarga nisbatan ustunlikka ega. «Poyezd – o‘q» deb nom olgan «Sinkansen»
tezyurar ekspress poezdi. 1100 km masofada Kyusyu orolidagi Fukuokidan Xonsyu
orolining shimolida joylashgan. Aomorigacha bo‘lgan
oraliqdagi barcha yirik
shaharlarni bir birlari bilan bog‘laydiyu. Bu yo‘lni qurish uchun o‘nlab kilometr
uzunlikda ko‘plab tunnel va ko‘priklar qurilgan. Soatiga 240 km tezlikkacha harakat
68
qiladigan poyzdlarda yiliga 120 mln. gacha chuqurlikka ega bo‘lgan Sigaru bug‘ozi
tagidan 54 km dunyodagi eng uzun «Seykan» tunneli ham ishga tushirildi.
Yaponiyaning tashqi va ichki aloqalarida dengiz transporti katta ahamiyatga
ega. U rivojlangan davlatlar orasida dengiz transportida yuk tashish hajmiga ko‘ra
eng kattasi hisoblanadi. Bu mamlakatda 100 dan ziyod portlar mavjud. Ular orasida
kove, Nagaya, Iokogama kabilar jahonda kattaligiga ko‘ra ajralib turadi.
Xalqaro hamda ichki aloqalarni tashkil etishda havo
transportining ahamiyati
alohidadir.
Dostları ilə paylaş: