Eurasian journal of technology and innovation


EURASIAN JOURNAL OF TECHNOLOGY



Yüklə 56,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix25.12.2023
ölçüsü56,22 Kb.
#193735
1   2   3   4
EJTI 0601

EURASIAN JOURNAL OF TECHNOLOGY 
AND INNOVATION 
Innovative Academy Research Support Center 
Open access journal
 
www.in-academy.uz
 
Volume 1, Issue 6, Part 2 June 2023 ISSN 2181-2020 
Page 8 
“Sizlardan qaysi biringiz o‘z dinidan qaytsa va shu kofirligicha o‘lsa, bas, ana 
o‘shalarning (qilgan savobli) amallari xabata (bekor) bo‘lur, ular do‘zax ahlidurlar va u yerda 
mangu qolurlar”. 
(Baqara surasi, 217-oyat.) 
“Qorako‘z majnun” mustaqillik yillarida yozilgan eng yaxshi hikoyalari sirasiga kiradi. 
Hikoya voqeasi juda murakkab emas. Keksayib qolgan Saodat aya bir necha o‘n yillardan 
beri harbiyga ketib, o‘sha tomonalarda uylanib, bola-chaqali bo‘lgan o‘g‘li Bo‘rixonni kutadi. 
Xudoning bergan kuni sahar namozida uni eslaydi. Saodat aya tabiatida o‘zbekning chin 
muslima buvilariga xos bu dunyosini ham, u dunyosini ham o‘ylashdek mulohazakorlik
mujassam. O‘g‘lining xabarini nevarasi Anvardan eshitgan kampir mulzam bo‘ladi. Adib 
kampirdagi bu o‘zgarishni: “Birovga so‘zini bermaydigan errayim kampirning shoxi sindi, 
ostona hatlamay uyda muqim o‘tirib qoldi”, - degan tarzda bayon qiladi. Kunlarning birida
Saodat aya iti Qorako‘z bilan qizining uyiga qarab yo‘lga chiqadi. Ularning borish va kelish 
jarayoniga diqqat qarating. Yo‘l bo‘yi adib itning har bir harakati, qiliqlari, sakrashi, 
shamoldek yelishi, xursandlig-u xafagarchiligi, deylik, “bir qulog‘ini dikkaytirib, bittasini 
shalpaytirib erkalik” qilishlarini, yo‘lda uchragan mushuklarni “tiraqaylatib quvishi”, 
“daraxtlardagi musichalarga irg‘ishlab” akillashi kabi holatlarni – barcha-barchasini mahorat 
bilan tasvirlaydi. Kampir itini o‘z uyinin bir a‘zosidek e‘zozlaydi. Shuning uchun ham u itiga 
qarab: “Abdumalik akangnikiga boramizmi, Dilbar opangnikigami? Dilbar opang domda 
turadi. Itdan hazar qiladi. Seni uyiga kiritmaydi. Endi nima qilamiz? Mayli, shunikiga boraylik. 
Yotib qolmaymiz.
“Chiqqunimcha hovlida bolalar bilan o‘ynab turasan”, – deb bemalol gapiradi. Yo‘l bo‘yi 
Saodat kampir iti bilan shu zaylda suhbatlashib boradi va suhbatlashib iziga qaytadi. Qaytsa,
uyida uni g‘aroyib bir yangilik kutib turadi. Bo‘rixon kelibdi, ya‘ni kampirning “g‘oyiblari 
hozir” bo‘libdi. Bu yangilik “Saodat ayaning yillab qalbida qalashib yotgan g‘uborlarini” 
tarqatishi, “ko‘ksidan tog‘dek bosib yotgan armonlarni” ushatishi lozim edi. Biroq voqelik 
o‘zgacha tus oladi. Ona va bola uchrashuvi... Qiziq, bu jarayonda it negadir bezovta, u
nimanidir sezadi; shu bois “notanish odamga g‘ashlik qilib tinmay irillaydi”. Ona bag‘rida 
Bo‘rixon begonaga o‘xshaydi. Chunki “undan aroq va sham yoqilgan uyning hidi kelardi”.
Xursandchilikdagi ona avval bunga e‘tibor bermaydi. Sekin-asta o‘g‘li Bo‘rixonning ota-
bobolari e‘tiqod qilgan islom dinidan qaytib boshqa dinni qabul qilgani ma‘lum bo‘ladi. Ona
uchun din-diyonat, milliy-diniy qadriyatlar, el-yurtchilik har narsadan ustun turadi. Shuning 
uchun Bo‘rixonda ko‘ngli soviydi, uni yo‘qlikka topshiradi; ketar mahali undan yuz o‘giradi. 
Endi ona sahar namozida o‘g‘lini eslamay qo‘yadi. Hikoyada Saodat ayaning go‘zal yoshlik
pallalari, Bo‘rixonning tug‘ilishi va uning boshqa yurtlarda yurib onasi ko‘nglini o‘ksitgan 
noxush qilmishlarining mo‘jaz tarixi bayon qilinadi. Vafot etar mahalida ham Saodat ayaning 
hayot mazmunini, bu dunyoga kelish va ketish hodisasini juda tabiiy – muslimona anglagani 
farzandlari hamda nevaralarini chaqirib, ularga qilgan vasiyatida yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Albatta, hikoyani o‘qish mobaynida sarlavhadagi Qorako‘z majnun nima ekanini bilib olamiz. 
Ha, bu o‘sha, yozuvchi mehr bilan ta‘riflagan - kichkinagina, belida belbog‘dek ikkita biri 
qora, biri jigarrang chizig‘i bor, ― tumshug‘i bilan ikki ko‘zi qop-qora, bir ko‘zining
tepasida to‘mtoq oshi bor it. Agar e‘tibor bergan bo‘lsangiz, hikoyaning boshidan 
oxirigacha yozuvchi Qorako‘zni Saodat kampirga doimiy hamrohlikda tasvirlaydi. Vafodor 



Yüklə 56,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin