Esse Mobil tarmoqlarni rivojlantirish tamoyillari



Yüklə 18,28 Kb.
tarix11.10.2023
ölçüsü18,28 Kb.
#153850
Esse


Esse
Mobil tarmoqlarni rivojlantirish tamoyillari
Hozirgi kunda telekommunikatsiya texnologiyalari ajoyib tezlikda bir-birini almashtirmoqda. Ushbu texnologiyalar shiddatli tarzda rivojlanib ketdiki, hozirda esa hatto olis viloyat markazlarida ham uyali aloqa operatorlari abonentlari smartfonlardan foydalanishadi. So‘nggi yillarda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining rivojlanishi hayotning ko‘p sohalariga ta’sir ko‘rsatdi. Barcha sohalarda raqamlashtirishning kirib kelishi, yuqori suratdagi taraqqiyoti butun sanoatning rivojlanishida, ayniqsa uzoq muddatli istiqbol uchun katta rol o‘ynaydi. Ayni damda, mobil tarmoqlar deyilganda, ko’z oldimizga uyali tarmoqlar keladi. Shu bilan birga mobil tarmoqlarning ilmiy atamasiga keladigan bo’lsak, mobil tarmoq - bu aloqa minoralari, antennalar, tarmoq yadrolari va qurilmalarni o'z ichiga oladigan, bizning mobil qurilmalarimizda tugaydigan ma'lumotlar oqimini yaratadigan trafikni yaratish uchun juda murakkab o'rgimchak to'ri degan ma’noni anglatadi. Aloqa evolyutsiyasini tasavvur qilish uchun zamonaviy smartfonlarni yigirmanchi asr qurilmalari bilan solishtirishning o‘zi yetarli emas. Biz bilamizki, mobil texnologiyalarning, telefonlarning ishlashi va ularning egalari istalgan joyda kerakli odamga qo‘ng‘iroq qilishlari yoki internetga kirishlari uchun kuchli yuqori texnologiyali tarmoq kerak. Shu bilan birga, ushbu tarmoqning abonentlarga mavjudligi telefonning signalini suhbatdoshingizga yetguncha "zanjir bo‘ylab" uzatuvchi tayanch stansiyalar tomonidan ta’minlanadi. Demak, mobil texnologiyalardan keng foydalanishni kuchaytirish uchun baza stantsiyalar tarmog’ini ko’paytirishimizga to’g’ri keladi. Dastavval, kompaniyalarda atigi 11 ta baza stansiyalari tarmog‘i mavjud bo’lgan bo’lsa, hozirda ularning soni 13 000 dan oshgan. Ushbu sa’y-harakatlar mobil texnologiyalar sohasida yuz berayotgan yangiliklardan iboratdir. Ta’kidlash lozimki, dunyo mamlakatlari tajribasida ilmiy tadqiqotlar, IT texnologiyalar, startap g‘oyalar, kompyuter savodxonligiga juda katta e’tibor beriladi. Faqatgina ilm-fan yutuqlari va yangi texnologiyalar orqali yuqori iqtisodiy o‘sishga erishish mumkin. O‘tgan asrda olamshumul kashfiyotlar ko‘p jihatdan insonning intellektual salohiyatiga asoslanib amalga oshirilgan bo‘lsa, bugungi davrda ilm-fan zamonaviy AKT yordamida shakllanmoqda. Shu bilan bir qatorda, mobil texnologiyalar tizimi xam axborot kommunikatsion texnologiyalar tizimining ajralmas bir bo’lagidir. Bugungi kunda rivojlanayotgan mamlakatlar qatoridan o‘rin egallab kelayotgan O‘zbekiston barcha sohalarda yuksak yutuqlarga erishmoqda, bu muvaffaqiyatlarga esa axborot texnologiyalari va telekommunikatsiya tizimlarining jo‘shqin rivojlanishi asos bo‘lmoqda. Ayonki, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi islohotlarni muvaffaqiyatli yo‘lga quyish, keyingi yillarda telekommunikatsiya tizimlari va axborot texnologiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan qator ishlar amalga oshirilib, soha ravnaqini ta’minlamoqda. Ta’kidlash kerak, har bir fuqaroning hayotiga kirib, muqim o‘rin egallagan mobil aloqa xizmati foydalanuvchilarning uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilishga xizmat ko‘rsatmoqda. Bugungi kunda mobil tarmoqlar rivojlanishini modellashtirishning bir qator tamoyillari ishlab chiqilgan bo’lib, ular juda katta ahamiyat kasb etadi. Hozirda, mahalliy tarmoq operatorlari oldida turgan asosiy vazifalardan biri aloqa xizmatlari bozoriga chiqishida ko’rsatadigan xizmat turidan tortib, to foydalaniladigan texnologiyalargacha o’z tarmoqlarini rivojlanish jarayonlari bosqichini rejalashtirishlari muhim masalalardan biri bo’lib kelmoqda. Ayniqsa, ushbu masalalarni hal qilishda texnik-iqtisodiy modellarni yaratish eng birlamchi zarur bo’lgan narsalardan hisoblanadi. Ma’ruzalarda ta’kidlanishicha, mamlakatimizda telekommunikatsiya tarmoqlarini yanada yuksaltirish va modernizatsiya qilish borasida qator istiqbolli loyihalar tatbiq etilmoqda. Natijada, aloqa infratuzilmasi jadal sur’atlarda taraqqiy topmoqda. Respublikaning tuman markazlari darajasigacha analog rusumdagi ma’nan eskirgan telefon stansiyalari zamonaviy, raqamli telefon stansiyalariga almashtirilmoqda. Prеzidеntimizning tеlеkommunikatsiya tarmoqlarini 2011-yilda yanada rivojlantirish bo‘yicha bеlgilab bеrgan vazifalariga ko‘ra quyidagi ishlar amalga oshirilishi rеjalashtirilgan. Jumladan: 70 ming abonеntga mo‘ljallangan kеng polosali intеrnеt xizmati ko‘rsatish uchun uskunalar yеtkazib bеrish va o‘rnatish; Tеrmiz, Qarshi, Guliston, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Urganch, Nukus shaharlari va boshqa viloyat markazlarida ma’lumotlar uzatish tarmog‘ini 10Gb\s gacha kеngaytirish va modеrnizatsiya qilish; optik tеxnologiyalar orqali xonadongacha multisеrvis xizmatlari ko‘rsatish kеngaytirish uchun uskunalar yеtkazish hamda o‘rnatish va boshqa ishlar rеjalashtirilgan.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki, mobil telefon, uyali telefon yoki qoʻl telefoni uyali aloqa tizimi boʻylab ovoz va boshqa axborot uzatuvchi hamda qabul qiluvchi elektron qurilmadir. Zamonaviy mobil telefonlar bundan tashqari internet mijozlari, oʻyinlar, infraqizil va bluetooth portlar, video/fotokamera, MP3 player, radio va hokazo taʼminot bilan qurollangan. Qo’shimcha qilib aytganda, mobil tarmoqlar internetga ulanganidagina jamiyatga foyda keltira oladi. Ya’ni, internetga ulanish hashamatdan ko'ra ko'proq zaruriyatga ega. Ko'proq mobil qurilma foydalanuvchilari doimo Internetga ulanish va juda uzoq vaqt davomida internetda bo'lish uchun o'z asbob-uskunalaridan foydalanadilar. Yurtimizda xam mobil kommunikatsiya tizimini rivojlantirish borasida xam bir qator ishlar amalga oshirilib bormoqda. Buning isbotini esa Rеspublika viloyat, tuman markazlari va shaharlarning raqamli tеlеkommunikatsiya tarmog‘i bilan qamrov darajasi 100 foizni ko’rsatayotganligi haqidagi xabarlardan ham bilib olsak bo’ladi.
Yüklə 18,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin