Epilepsiya dori-darmonlar yordamida davolash epilepsiya va homiladorlik



Yüklə 46,98 Kb.
səhifə5/5
tarix07.12.2022
ölçüsü46,98 Kb.
#72965
1   2   3   4   5
EPILEPSIYA, SABABLARI, BELGILARI, ASORATLARI, OLDINI OLISH VA DAVOLASH

Epilepsiya va homiladorlik
Tutqanoq bilan og'rigan ayollarning ko'pchiligi sog'lom bolalarni tug'ishsa-da, homiladorlik davrida bo`lajak ona alohida e'tiborga muhtoj bo'lishi mumkin. Homiladorlik davridagi xurujlar quyidagilarga olib kelishi mumkin:

  • homilaga kislorod yetishmasligi sababli homiladorlikning uzilishi

  • homila yurak tezligining sekinlashishi

  • yo`ldoshning bachadondan muddatidan oldin ajralishi yoki hushni yo'qotish tufayli homila tushishi

  • erta tug'ruq

Kasallik ba'zan nasldan naslga o`tadi, lekin vahima qilishga hojat yo`q ko'pchilik bolalar ota-onalaridan epilepsiyani meros qilib olmaydilar. Umumiy aholi o`rtasida bola hayotining muayyan davrida kasallik rivojlanish xavfi taxminan 1% ni tashkil qiladi. Agar onada xurujlar bo`lib tuadigan bo`lsa, bolada kasallik rivojlanish xavfi ortadi va otadagi xurujlar mazkur ko'rsatkichga hech qanday ta'sir qilmaydi.
Homiladorlik davrida epilepsiyani davolash kasallik xususiyatlaridan kelib chiqadi. Nevrologlar odatda homiladorlik davrida antikonvulsantlarni qabul qilishni davom ettirishni tavsiya qiladilar. Biroq, barchasi dori turiga bog'liq. Dozani o'zgartirish yoki yangi doriga o'tish kerak bo'lishi mumkin, ammo dori-darmonlarni qabul qilishni umuman to'xtatish kerak emas. Ba'zi antikonvulsantlar homilador ayollar uchun tavsiya etilmaydi, chunki ular homila rivojlanishidagi muammolarga yoki tug'ma nuqsonlarga olib kelishi mumkin.
Epilepsiya bilan og'rigan homilador ayollardan aksariyat asoratsiz bolalar tug'iladi. Epileptik ayollar, boshqa homilador ayollar kabi, to`lg`oq va tug'ruq paytida og'riqni yo'qotuvchi usullardan foydalanishlari mumkin. Tug'ish paytidagi xurujlar kamdan kam uchraydi. Agar tug'ruq paytida xuruj sodir bo'lsa, uni tomirga dori yuborish orqali to'xtatish mumkin. Agar xuruj uzoq davom etsa, shifokor chaqaloqni kesarcha kesish yo`li bilan tug'ilishiga yordam berishi mumkin.
Epilepsiya bilan og'rigan ayollarning ko'pchiligiga, hatto antikonvulsantlarni qabul qilganlarga ham chaqaloqni emizish tavsiya etiladi. Agar bolada uyqusizlik, surunkali intoksikatsiya belgilari paydo bo'lsa, bolani sun'iy oziqlantirishga o'tkazish yoki onaning antikonvulsant dori-darmonlarini asta-sekin bekor qilish mumkin.
Profilaktika
Epileptik xurujlar xavfini kamaytirishga yordam beradigan ba'zi maslahatlar:

  • Har kecha yetarlicha uxlang - muntazam uyqu jadvalini belgilang va unga rioya qiling.

  • Stressni boshqarish va dam olish usullarini o'rganing.

  • Giyohvand moddalar va spirtli ichimliklardan saqlaning.

  • Barcha dori-darmonlarni shifokor buyurganidek qabul qiling.

  • Yorqin miltillovchi chiroqlar va boshqa ko`zni zo`riqtiruvchi holatlardan saqlaning. Doimiy harakatlanuvchi qurilmalar bilan, baland joylarda, olov yaqinida ishlash, charchoq xavfi yuqori bo'lgan joylarda, masalan, smenali ishlarda ishlash taqiqlanadi.

  • Ketogenik parhez ga rioya qiling: ko'p yog'li ovqatlar iste'mol qiling, sho'r taomlar, suyuqliklardan cheklaning, chunki tanada suv yig`ilishi miya shishiga olib keladi va tutqanoqni keltirib chiqaradi.

  • Yengil jismoniy faoliyat bilan shug`ullaning. Masalan, yurish. Mashq bajarishda boshga qon quyilishini oldini olish lozim

  • Agar sizga epilepsiya tashxisi qo'yilgan bo'lsa, mashina haydash taqiqlanadi.

Xulosa
Xulosa qilib aytganda, epileptik xurujlar tutqanoqning jismoniy belgilariga olib keladigan asab tizimi faolligining kuchayishi bilan yuzaga keladi. Tutqanoq paydo bo'lishining sababi odatda miyani qo'zg'atuvchi og`irlik va miya faoliyatining pasayishi bir vaqtda ro`y berishi natijasida keragidan ortiq neyron va elektron zaryadlarini chiqarishidir.
Tutqanoqning boshqa shakllari shikastlanishlar, infeksiyalar, giyohvand moddalarni ko`p iste'mol qilish va gipoksiya tufayli yuzaga kelishi mumkin. Epileptik xurujlar asosida yotgan omillarni tushunish ko'plab muvaffaqiyatli antiepileptik dorilarni kashf qilishga sabab bo`ldi va turli epileptik sindromlar uchun yaxshiroq va mukammallashtirilgan dori-darmonlarni ishlab chiqishga ham sabab bo`lib kelmoqda.
Yüklə 46,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin