Manganin —84—86% mis, 2—3% nikel va 12—13% marganesdan iborat qotishma**. Manganinning rangi och zarg‘aldoq, zichligi 8400 kg/m3, suyuqlanish temperaturasi 96O°S; TKLR=18·10-6 1/°S.
Manganindan yasalgan yumshoq buyumlarning asosiy xarakteristikalari:
σch=(45—55)·103 N/m2; yech=10—25%; ρ=0,42 Om·mm2/m; qattiq buyumlarniki: σch=(55-58)·103 N/m2; yech=5-9%; ρ=0,47 Om·mm2/m; TK ρ=(2-6)·10-5 1/°S.
Solishtirma elektr qarshiligini 1,5·2 Om·mm2/m ga qadar oshirish uchun manganin tarkibiga ko‘proq miqdorda marganes (60—67%) va nikel (16—30%) qo‘shib, mis miqdori kamaytiriladi.
*Bu materiallar elektr qarshiligi yuqori bo‘lgan qotishmalar deyiladi.
** Manganinning ba’zi xillariga kobalt ham qo‘shiladi.
Manganin buyumlarning afzalligi shundaki, ularning elektr qarshiligi temperaturaga juda kam bog‘liq bo‘ladi. Boshqa afzalligi mis bilan kontaktda termo e. yu. k. ning juda kichikligidir (0,9—1 mkV/°S).
Manganin buyumlarning elektrik xarakteristikalarini stabillashtirish uchun vakuumda 400°S da qizdiriladi va keyin xona temperaturasida uzoq vaqt saqlab turiladi. Bunday ishlov berish natijasida qotishmaning bir jinsliligi ortadi va uning xossalari stabillashadi. Manganinning stabillashgan turlarinilaridan tayyorlangan buyumlar uchun yo‘l qo‘yiladigan eng yuqori temperatura 200°S, stabillashmaganlaridan tayyorlanganlari uchun esa 60—80°S. Bu temperaturalardan yuqorida manganin buyumlarning xossalarida qaytmas o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.
Manganindan diametri 0,02—6 mm li yumshoq va qattiq holida tortiladigan simlar hamda qalinligi 0,08 mm gacha va eni 270 mm gacha bo‘lgan lentalar tayyorlanadi. Bundan tashqari, manganindan emal izolyasnyali tabiiy ipakdan qilingan izolyaiyali, shuningdek, emal va bir qavat tabiiy ipak bilan izolyatsiyalangan chulg‘am simlari tayyorlanadi. Manganin buyumlar yuqori klassli rezistorlar va potensiometrlar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Konstantan — 58—60% mis, 32—40% nikel va 1—2% marganesdan tarkib topgan qotishma. Konstantanning rangi kumushrang sariq zichligi 8900 kg/m3; suyuqlanish temperaturasi 1260°S, TKLR = 14·10-6 1/°S.
Konstantan buyumlarning (simlarning) asosiy xarakteristikalari: yumshog‘i σch=(40—50)·103 N/m2; yech=40—50%; ρ=0,48 Om·mm2/m; qattiq holda cho‘zilganiniki: σch=(65—72)·103 N/m2; yech=2-5%; ρ=0,46-0,52 Om·mm2/m. Konstantandan tayyorlangan buyumlarning solishtirma qarshilik temperatura koeffitsienti: (0—2)·10-5 1/°S, ya’ni konstantan ko‘pchilik tarkiblarinnng temperaturasi o‘zgarishi bilan elektr qarshiligi o‘zgarmaydi.
Konstantandan yumshoq va qattiq buyumlar: diametri 0,03 dan 5 mm gacha bo‘lgan simlar va qalinligi 0,1 mm gacha bo‘lgan lenta tayyorlanadi. Izolyatsiyalangan konstantan sim mis sim bilan birgalikda termoparalar tayyorlash uchun ishlatiladi. Konstantan bug‘omlar (sim, lentalar) dan 450°S dan yuqori bo‘lmagan temperaturalarda foydalanish mumkin.
Adabiyotlar:
1)K.P.Bogorodiskiy, V.V.Pasinkov, “Elektrotexnicheskiy materiali”1985g
2)I.Xolikulov,M.M.Nishonova”Elektron texnika materiallari“ Toshkent shark 2006y
3)N.V.Nikulin, V.A.Nazarov ”Radiomateriallar va komponentlar “ Toshkent
Dostları ilə paylaş: |