O‘quv reja fanlari bloklari mazmuniga qo‘yiladigan umumiy talablar « ELEKTRON TEXNIKA MATERIALLARI VA ELEMENTLARI » fani talabalarga texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish bo’yicha boshlang’ich tushunchalar berishni nazarda tutadi. Dasturni amalga oshirish talabalarning umumiy o’rta ta’lim maktabi, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida fizika, kimyo va matematika fanlari bo’yicha olgan bilimlariga asoslanadi.
« ELEKTRON TEXNIKA MATERIALLARI VA ELEMENTLARI » kursining hajmi
Talabalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 9 avgustdagi 19-2018-son bo‘yrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi NIZOM”i hamda “ELEKTRON TEXNIKA MATERIALLARI VA ELEMENTLARI” fanidan talabalar bilimini nazorat qilish turlari va baholash mezonlari bilan fan o‘qituvchisi tomonidan birinchi mashg‘ulotda tanishtiriladi.
Talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:
elektronika va asbobsozlik ta’lim yo’nalishi talabalarining davlat ta’lim standartida keltirilgan bakalavrlar tayyorlash minimumi darajasi talablari;
elektronika va asbobsozlik ta’lim yo’nalishi davlat ta’lim standarti va o’quv rejasida keltirilgan fanlar va ularni o’zlashtirishga qo’yilgan talablar;
yo’nalish tarixi va respublikamiz olimlarining uning rivojiga qo’shgan hissalari;
yo’nalish profiliga mos ravishda elektr qurilmalarni ishlash printsiplari haqida tasavvurga ega bo’lishi; elektronika va asbobsozlikga oid atamalar;
yo’nalishga mos keluvchi adabiyotlar bilan ishlashni bilishi va ulardan foydalana olishi; axborot resurs markazidan foydalana olish;
yo’nalishga oid maxsus adabiyotlarni qidirish va ulardan foydalanish;
yo’nalishga oid berilgan mavzular bo’yicha umumlashtirilgan ma’lumotlar va referatlar tayyorlay olish ko’nikmasiga ega bo’lishi kerak.