1.2.
Boshqarish sistemalarini qurish prinsiplari.
Avtomatik tizimlarini ishlab chiqish va loyihalashning quyidagi bosqichlaridan tashkil topgandir:
boshqariluvchi ob’ektni o‘rganish, uni xarakteristikalarini aniqlash, parametrlarini, ish sharoitlarini, ta’sirlarni
aniqlash; tizimga qo‘yiladigan talablarni sharhlash; funksional sxemani tanlash; avtomatik tizimning ishlash
qonuniyati sxemasini ishlab chiqish; talablarga binoan, uning elementlarini, parametrlarini tanlash va hisoblash;
tuzilish sxemasini tuzish; tizimning turg‘unligini tadqiqot qilish; dinamik tizimga qo‘yiladigan talablarni hisobga
olgan holda korreksiyalovchi qurilmaning parametrlarini tanlash (boshqarish jarayoni sifatida); tizimni
laboratoriya sharoitlarida tadqiqot qilish yoki modellovchi qurilmalarda tekshirish hamda sxemaga kerakli
tuzatishlar kiritish; loyihalash, tayyorlash va tizimni tajriba yo‘li bilan ishlatib ko‘rish; tajribaviy ishlatish natijalarini
umumlashtirib tizimni takomillashtirish uchun kerakli tavsiyanomalarni tuzish.
Avtomatik tizimlarni loyihalash va tadqiqot qilish masalasi statik va dinamik rejimlarni birato‘la ko‘rib
chiqilgach, hal qilinadi. CHunki avtomatik tizimlarinnig tarkibiga kiruvchi elementlar va ob’ektlar texnikaning turli
sohalariga taalluqli bo‘lganligi sababli, avtomatik tizimlarning statikasi va dinamikasining umumiy masalalarini
o‘rganib chiqish faqatgina mexanikaning yoki radiotexnikaning ishi emas. Yana shu narsa ma’lumki, avtomatik
tizimlarining statistikasi va dinamikasi ko‘pgina muhim masalalarni texnikaning har qanday sohasida bir xil
matematik va tajriba usulda tekshiriladi. SHuning uchun maxsus fan – avtomatik boshqarish nazariyoti paydo
bo‘ldi. Bu fan barcha avtomatik tizimlarini tuzilish qonuniyatlarini, statik va dinamik xususiyatlarini to‘la
o‘rganuvchi tadqiqod uslublarini belgilovchi elementlar parametrlarini tanlash, ularga qo‘yiladigan talablar
asosida hisoblash ishlarini bajaradi.
Nazorat savollari:
1. CHiziqli ob’ekt deb nimaga aytiladi?
2.Nochiziqli ob’ekt deb nimaga aytiladi?
3.Turg‘un va noturg‘un ob’ktlar qanday bo‘ladi?
4.Avtomatlashtirish tushunchasi qachon paydo bo‘lgan?
5.Avtomatik tizimlarini ishlab chiqish qanday bosqichlardan iborat?
6.Avtomatik boshqarish nazariyotining amaliy vazifalari nimalardan iborat?
Etiboringiz uchun raxmat
Dostları ilə paylaş: |