Elektronika va asbobsozlik


MODDALAR SARFINI O‘LCHASHNING ZAMONAVIY



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə9/12
tarix04.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#93204
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Elektronika va asbobsozlik

2.4 MODDALAR SARFINI O‘LCHASHNING ZAMONAVIY
USULLARI VA VOSITALARI

Tuzilmaviy shakllari va harakat rejimlarining xilma – xilligi bilan farqlanuvchi, murakkab va tarkibi bo‘yicha o‘zgaruvchi gazli, suyuq (suv, neft, kondensat) va qattiq (qum va boshqa mexanik qorishmalar) fazalar aralashmasidan iborat moddaning sarflanishi o‘lchanayotganda bunday oqim sarfini oldindan seperasiyasiz o‘lchash murakkab ilmiy – texnik muammo hisoblanadi. Hatto seperasion vositalari ham kam samarali bo‘lgan hollarda ham yuqori gaz omiliga ega yuqori tezlikli oqimlarni o‘lchashda alohida qiyinchiliklar vujudga keladi.


Sarflarni o‘lchash (rasxodametriya) sohasida o‘tkazilgan ko‘p yillik tadqiqotlar
mazkur muammoni hal etish yo‘lini taklif etishga imkon beradi. O‘lchashning ishlab chiqilgan va patent olgan yangi spektrometrik uslubi asos bo‘lib xizmat qildi. U yuqori gazli omilli yuqori tezlikli oqimlar sharoitida samaralidir. Bu uslub maxsulotni yig‘ishning truboprovod tizimida fluktuasion jarayonning (bosim fluktuasiyasi) spectral fazalarning oqimda sarflanishi to‘g‘risidagi
axborot manbai sifatida foydalanishga asoslanadi.
Spektrometrik uslubning asosiy g‘oyasi shundan iboratki, bunda fazalar sarfini
ko‘p fazali oqimda fluktuasion jarayonning quvvati spektrining chastotaviy
komponentlari bo‘yicha hisoblashdir. Bosim fluktuasiyasini hisoblash maxsus oqimni o‘lchash o‘zgartkichi bilan amalga oshiriladi (11– rasm).
O‘lchash o‘zgartkichining asosiy elementlari maxsus 1 konstruksiyali torayuvchi qurilma ko‘rinishidagi oqim shakllantirgich va bosim fluktuasiyasi
datchigi hisoblanadi. Torayuvchi qurilma quyidagilarga imkon beradi:
qurilmaning chiqishida fazalar sarfi o‘zgarishlarining keng oraliqlarida
ma’lum muntazam tuzilma oqimini shakllantirish;
gidrodinamik tizimda quvvatning chastotaviy spektrining berilgan
axborot xossalariga ega fluktuasiya jarayonini uyg‘otish.

11-rasm. Oqim o`lchash o`zgartkichi
Fluktuasiya jarayonini qayd etish pezokeramik sezgir elementli datchik orqali
amalga oshiriladi. Ishlangan o‘lchash o‘zgartkichidan foydalanilganda
datchikning chiquvchi elektr signali o‘ziga xos chastotaviy spektrga ega bo‘lib (12–rasm), unda turli fazalar sarfining ta’sir sohalari ajratilishi mumkin.



12-rasm. O`lchash o`zgartkichi datchigi signalining o`ziga xos chastota spektri
С.Г.К. – спектрал ташкил этувчиларнинг қуввати аралашмадаги мос ҳолда суюқлик, газ ва қаттиқ киришмалар билан аниқланадиган соҳалар; S(t) – сигнал қувватининг спектрал зичлиги; f – сигнал частотаси.

Xususan spektral tashkil etuvchilarning quvvati asosan, suyuqlik


(S) va aralashma sarfiga bog‘liq bo‘lgan sohani ajratish mumkin. Xuddi shunga o‘xshash holda gaz (G) ta’sir ko‘rsatadigan va qattiq kirishmalar (K) ning ta’siri ko‘proq bo‘lgan sohalarni ajratish mumkin. Bunday chastota sohalarida spektral ishlab chiqilgan axborot modellari asosida tegishli fazalar sarfini hisoblab chiqish mumkin.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin