Elektromexanik turdagi asboblarning ishlanishi, xususiyatlari


Elektromagnit tizimli o’lchash asboblari



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə2/5
tarix16.09.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#144393
1   2   3   4   5

2. Elektromagnit tizimli o’lchash asboblari


а )
б )

2-rasm. Elektromagnit o’lchash asbobi


Elektromagnit o’lchash mexanizmi 1 - qo’zg’almas elektromagnit g’altagi; 2- o’zak; 3- spiralsimon prujina; 4-tinchlantirgichdan iborat.
Elektromagnit o’lchash mexanizmlari yassi (2-a rasm) va dumaloq (2-b rasm) g’altakli qilib tayyorlanadi. Bu g’altaklar qo’zg’almas bo’lib, ulardan o’lchanuvchi tok o’tadi. Bunda hosil bo’lgan magnit maydoni qo’zg’aluvchan ikki o’zakka ta’sir etishi oqibatida (2-b rasm) bu o’zak g’altak ichiga tortiladi. Natijada o’q aylanib ko’rsatkichni biror burchakka buradi. 8.4-b rasmda ko’rsatilgan mexanizmda qo’zg’almas va qo’zg’aluvchan o’zaklar bir xilda magnitlanadi. Natijada qo’zg’aluvchan o’zak qo’zg’almas o’zakdan itarilib o’qni aylantiradi.
Umuman aylantiruvchi moment M magnit maydoni energiyasidan qo’zg’aluvchan qismning burilish burchagi bo’yicha olingan hosilasiga teng:
M=dWe/dα.
Ferromagnit o’zakli g’altak magnit maydonining energiyasi:
,
bu yerda L g’altak induktivligi, u o’zakning holatiga va g’altakning o’lchamlariga bog’liq.
I – g’altakdan o’tayotgan doimiy tok.
Qo’zg’aluvchan qism muvozanat holatida bo’lganda:

bundan

(8.10) ifoda elektromagnit o’lchash mexanizmlarining shkala tenglamasi deb ataladi.
Burilish burchagi α o’lchanayotgan tokning kvadratiga to’g’ri proportsional. G’altakdan o’zgaruvchan tok o’tganda ham α uchun bir xil (8.10) ifodaga ega bo’lamiz. Bu holda (8.9) ifodadagi Itokning effektiv qiymatidir, shu sababli elektromagnit o’lchash asboblari o’zgaruvchan va o’zgarmas tok zanjirlarida qo’llanilishi mumkin. Ularning shkalasi notekis bo’lib, kvadratik xarakterga ega va bunday shkalaning boshlang’ich qismidan foydalanish ancha noqulay.
Elektromagnit o’lchash mexanizmlari ampermetr, volьtmetr sifatida va logometrik mexanizmi printsipida yasalganda esa fazometr, faradometr va chatotomerlar sifatida ishlatiladi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin