Elektr maydon kuchlanganligi



Yüklə 17,13 Kb.
tarix10.04.2023
ölçüsü17,13 Kb.
#95812
ELEKTR MAYDON KUCHLANGANLIGI


ELEKTR MAYDON KUCHLANGANLIGI

Elektrlangan jism atrofida fazoda elektr maydon mavjud bo’ladi. Elektr maydon materiyaning moddadan farqli bo’lgan bir turidir. Elektr maydonga kiritilgan zaryadga shu elektr maydon tomonidan ta’sir etuvchi kuch elektr kuchi deb ataladi, Elektr maydonning asosiy xossalari —elektr zaryadiga bu maydonning biror kuch bilan ta’sir qilishidir. Zaryadga ko’rsatilgan ta’sirga qarab maydonning borligini, uning fazodagi taqsimoti aniqlanadi. Qo’zg’almas zaryadning elektr maydoni elektrostatik maydon deb ataladi. Elektrostatik maydonni faqat elektr zaryadlari hosil qiladi.


Maydonning tayinli bir nuqtasiga qo’yilgan zaryadga ta’sir etuvchi kuchning bu zaryadga nisbati maydonning har bir nuqtasida zaryadga bog’liq emas va maydon xarakteristikasi deb hisoblanishi mumkin. Bu xarakteristika maydon kuchlanganligi deyiladi:


. (2.1)

Maydon kuchlanganligi nuqtaviy zaryadga maydon tomonidan ta’sir qiladigan kuchning shu zaryadga nisbatiga tengdir. vektorning yo’nalishi musbat zaryadga ta’sir etadigan kuch yo’nalishi bilan bir xil bo’lib, manfiy zaryadga ta’sir etadigan kuchga qarama- qarshidir.


Elektrostatik maydonni hosil qiluvchi q nuqtaviy zaryad bilan q0 sinov zaryadi orasidagi Kulon ta’sir kuchini hisobga olsak, (2.1) quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:


. (2.2)
Yüklə 17,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin