Elektr enyergiyasi sanoati


 To„raqo„rg„on issiqlik elektr stansiyasi



Yüklə 451,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/12
tarix02.01.2022
ölçüsü451,38 Kb.
#38489
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
elektr energiyasini ishlab chiqarish

4. To„raqo„rg„on issiqlik elektr stansiyasi 

 

           Yaponiya  tashqi  ishlar  vazirining  parlament  o‗rinbosari  Kentaro  Sonoura 



rahbarligidagi  hukumat  delegatsiyasining  mamlakatimizga  tashrifi  doirasida  shu 

yilning  2014-yil  10-noyabr  kuni  O‗zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasida 




 

19 


Yaponiya  xalqaro  hamkorlik  agentligi  (JICA)  tomonidan  To‗raqo‗rg‗on  issiqlik 

elektr  stansiyasini  qurish  loyihasini  birgalikda  moliyalashtirish  to‗g‗risida  zayom 

bitimi  imzolandi.   

         Mazkur  loyihaning  amalga  oshirilishi  O‗zbekiston  Respublikasida  elektr 

energetika  tarmog‗ini  rivojlantirish  va  elektr  energiyasi  ishlab  chiqarish 

quvvatlarini  modernizatsiya  qilish  bo‗yicha  hayotga  tatbiq  etilayotgan  uzoq 

muddatli  dasturning  tarkibiy  qismi  bo‗lib,  unda  Namangan  viloyatining 

To‗raqo‗rg‗on  tumanida  har  biri  450  MVt  quvvatga  ega  ikkita  bug‗-gaz 

qurilmadan  iborat  umumiy  quvvati  900  MVt  bo‗lgan  yangi  bug‗-gaz  elektr 

stansiyasini  barpo etish ko‗zda tutilgan.  

         To‗raqo‗rg‗on  IES  qurilishi  loyihasi  doirasida  Yaponiya  xalqaro  hamkorlik 

agentligi  (JICA)  71,8  milliard  yapon  iyenasi  miqdorida  uzoq  muddatli  imtiyozli 

kredit  taqdim  etmoqda.  Bu  704  million  AQSh  dollariga  tengdir.  Kredit  yillik  0,3 

foiz  stavkasi  bilan  40-yilga,  shu  jumladan,  10-yillik  imtiyozli  muddatga 

berilmoqda.  

        Zayom  bitimini  O‗zbekiston  tomonidan  O‗zbekiston  Respublikasi  Bosh 

vazirining  birinchi  o‗rinbosari,  moliya  vaziri  R.Azimov,  Yaponiya  tomonidan 

Yaponiya  xalqaro  hamkorlik  agentligi  (JICA)  vitse-prezidenti  K.Yanagisava 

imzoladi.   

        To‗raqo‗rg‗on  IES  yiliga  6,8  milliard  kilovatt-soat  elektr  energiyasi  ishlab 

chiqaradi.  Bu  Farg‗ona  vodiysida  elektr  energiyasiga  ortib  borayotgan  talabni, 

jumladan,  to‗qimachilik,  oziq-ovqat,  farmatsevtika  sanoati,  qurilish  materiallari 

ishlab  chiqarish  bo‗yicha  yangi  loyihalar,  shuningdek,  kichik  biznes  va  xususiy 

tadbirkorlik  loyihalarini  amalga  oshirish  uchun  elektr  energiyasiga  bo‗lgan 

ehtiyojni  ta‘minlash  imkonini  beradi. 

       Elektr  energiyasi  ishlab  chiqarishda  eng  ilg‗or  texnologiyalar  qo‗llaniladi. 

Bunda  yuqori  texnologiyali  bug‗-gaz  va  gaz  turbinasi  qurilmalaridan  foydalaniladi. 

Bu  stansiyaning  foydali  ish  koeffitsentini  60  foizgacha  ta‘minlash,  shuningdek, 

yoqilg‗i  iste‘molini  faoliyat  ko‗rsatayotgan  quvvatlarga  nisbatan  qariyb  ikki 

barobar kamaytirish  imkonini  beradi. 




 

20 


        Mazkur  yangi  bitimning  imzolanishi  elektr  energiyasi  ishlab  chiqaradigan  eng 

yangi  texnologiyalarni  joriy  etish,  energiya  ta‘minoti  salohiyatini  oshirish  va 

malakali  kadrlar  tayyorlash  orqali  energetika  tarmog‗ini  modernizatsiya  qilish 

bo‗yicha  O‗zbekiston  bilan  Yaponiya  o‗rtasidagi  uzoq  muddatli sheriklikning yana 

bir yorqin dalilidir.   

        Ayni  paytda  JICA  moliyaviy  ko‗magida  Qashqadaryo  viloyatidagi 

Tallimarjon  IESda  umumiy  quvvati  900  MVt  bo‗lgan  ikkita  bug‗-gaz  qurilmasi 

barpo  etilmoqda,  Navoiy  IESda  450  MVt  quvvatli  ikkinchi  bug‗-gaz  qurilmasi 

loyihasini  amalga  oshirish  boshlandi.  Toshkent  shahridagi  4-issiqlik  markazida 

108 


MVt 

quvvatga 

ega 

kogeneratsion  qurilmani  joriy  qilish  loyihasi 



tayyorlanmoqda.  

          Shuningdek,  JICA  texnik  ko‗magida  Toshkent  shahrida  mintaqada  birinchi 

Bug‗-gaz  va  gaz  turbinasi  qurilmalariga  xizmat  ko‗rsatuvchi  mutaxassislar 

tayyorlash o‗quv markazi  tashkil  etilmoqda. 




Yüklə 451,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin