Ekzon va intronlar. Gen klasterlari, promotor



Yüklə 59,64 Kb.
səhifə1/12
tarix02.07.2022
ölçüsü59,64 Kb.
#62607
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Jo`raboyeva M


EKZON VA INTRONLAR. GEN KLASTERLARI, PROMOTOR.
Gen va genetik axborot
Gen organizmlar irsiyati va irsiylanishning molekulyar-genetik birligi - moddiy asosini tashkil etadi. Gen - DNK molekulasi polinuk--leotid zanjirining ma‘lum bo‗lagi bo‗lib, u ma‘lum sondagi, ma‘lum tartibda
DNK da joylashgan gen tarkibidagi nukleotidlar tripletlar tarzida bo‗lib ularni kodogenlar deb ataladi. DNK molekulasi polinukleotid zanjirida joylashgan genetik axborotning ma‘lum bir qismi transkripsiya jarayoni natijasida sintezlangan iRNK moleku-lasiga aynan ko‗chirilgan bo‗lib uning tarkibidagi tripletlar kodonlar deb yuritiladi. Kelgusi avlodga genetik axborot iRNK orqali beriladi va u oqsil sintezini boshqaradi. Molekulyar genetikaning so‗nggi dalillarining ko‗rsatishicha prokariot va eukariot organizmlar genlari o‗zaro strukturaviy tuzilishi jihatidan keskin farqlanadilar.
Prokariot organizmlarda gen strukturaviy yaxlit, butun bo‗ladi. Bunda genlar erkin yalang‗och holatda bo`luvchi DNK molekulasining uzluksiz bo‗lagini tashkil etadi. Ularning genlarida genetik axborot uzluksiz kodlangan bo‗ladi. Ularni yaxlit genlar deb yuritiladi.
Eukariot organizm genlari esa ayrim strukturaviy qismlarga bo‗lingan bo‗ladi. Ularni bo‗lingan genlar deyiladi. Eukariot genlari strukturaviy va funksional jihatidan ikkita guruhdan iborat: a) genetik kodga ega bo‗lgan nukleotidlar ekzonlar deb ataladi; b) genetik kodga ega bo‗lmagan nukleotidlar intronlar deyiladi. Ekzon va intron fragmentlari genda ketma-ket ma‘lum tartibda joylashgan bo‗ladi. Eukariot genlarining funksional holatga kelishi uchun ularning tarkibidagi barcha intronlar qirqib olib tashlanib, barcha ekzonlar esa bir-biri bilan bo‗lingan genda joylashgan tartibda ulanib yaxlit gen holatiga keltiriladi. Pre-RNK tarkibidagi intronlarning qirqib olib tashlanishini splaysing deb nomlanadi. iRNK ning to‗laqonli yetishishini ta‘min etuvchi molekulyar genetik jarayon protsessing deyiladi.
Prokariot va eukariot organizm genlarining irsiyat va irsiylanishini nazorat qilishdagi funksiyalari haqidagi ma‘lumot keyingi mavzularda beriladi. Organizmlar genotipini tashkil etgan genlar funksiyasiga qarab quyidagi xillarga bo`linadi.
DNK molekulasida joylashgan barcha yuqorida sanab o‗tilgan genlar strukturasining umumlashtirilgan yig‗indisi organizmlarning genetik axborotini tashkil etadi. Ular organizm belgi va xususiyatlarining genetik nazorati, irsiylanishini belgilaydi. Eukariot organizmlarda genlarning aksariyat qismi (90% ga yaqin) xromosomalarda joylashgan. Ular organizmning genotipini tashkil etadi. Gaploid sondagi xromosomalarning genlari majmuasi genom yoki kariotip deyiladi. Ular genlarining juda kam qismi sitoplazma va uning organoidlari (plastidalar, mitoxondriyalar va kinetoxorlar) da plazmida, episoma va endosimbiotik plazmogenlar tariqasida joylashgan bo‗ladi. Ular plazmogenlar deb, ularning yig‗indisi plazmon yoki plazmotip deb yuritiladi.
«Gen» termini daniyalik botanik Vilgelm Iogans tomonidan 1909 yili, ya‘ni Uilyam Betson «genetika» terminini kiritgandan 3 yil ishlatilgan. Grek tilidan tarjima qilinganda «gen» - bu «avlod», shuning uchun «genetika» – bu ajdoddan avlodga belgilarni o‗tishini o‗rganuvchi fandir.
Genlarni o‗rganish bilan genetika fani shug‗ullanadi, uni boshlab bergan Gregor Mendel hisoblanadi. U 1865 yilda no‗xatni chatishtirishda belgilarni avlodga o‗tishini o‗rganishga bag‗ishlangan o‗zining ilmiy ishlari natijasini e‘lon qilgan. «Genom» termini 1920 yilda Gans Vinkler tomonidan bir biologik tur organizmlarning xromosomalari gaploid naborida yig‗ilgan genlarni yozish uchun ishlatilgan. Suffiks «-om» ularda qismlarni bir butun qilib birlashtirish ma‘nosini beradi, shuning uchun «genom» deganda genlarni bir butunlikka birlashtirishga tushuniladi. Avvaldan ―gen‖ termini ma‘lum irsiy axborotni o‗tkazishning nazariy birligi sifatida paydo bo‗lgan. Keyinchalik eksperimental tasdiqlandiki, faqat DNK o‗zida irsiy axborotni saqlaydi va bu holat molekulyar biologiyaning markaziy dogmasi sifatida ko‗rsatilgan.



Yüklə 59,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin