Ekologiya fanining rivojlanish tarixi



Yüklə 40,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix07.01.2024
ölçüsü40,82 Kb.
#211094
1   2   3   4
 
 
Proceedings of International Conference on Scientific Research in Natural and Social Sciences 
Hosted online from Toronto, Canada. 
Date: 
5
th
October, 2022 
ISSN: XXXX-XXXX
Website:
econferenceseries.com
145 | 
P a g e
tabiatshunosgina buning uddasidan chiqa oladi.Bobur bir necha bor yer qimirlashi, 
oy va quyosh tutilishi kabi tabiiy hodisalar guvohi bo‘lgan. Ushbu hodisalarning 
tabiat qonunlaridan boshqa narsa emasligiga ishonch hosil qilgan.[4]Fransuz olimi 
M.Byuffon (1707-1788) ning ishlarida hayvonlarning tuzilishiga tashqi muhitning 
ta’siri masalasi ko‘tarilgan.J.B.Lamark (1744-1829) dastlabki evolyutsion 
ta’limotning muallifidir. U o‘simlik hamda hayvonlarning evolyutsion 
o‘zgarishlarida 
eng 
muhim 
omil 
tashqi 
muhit 
ta’sirini 
deb 
hisoblagan.A.Gumboldtning ishlari o‘simliklar geografiyasida yangi ekologik 
yo‘nalishlarni aniqlab berdi. U fanga landshaft «fizionomiyasi» o‘simliklarning 
tashqi qiyofasi bilan aniqlanadi kabi tushunchani kiritadi. Moskva universitetining 
professori K.F.Rulye (1814-1858) zoologiyada o‘ziga xos bo‘lgan yo‘nalishni 
rivojlantirish muhim ekanligini keng targ‘ib qiladi. Bu yo‘nalish – hayvonlar 
hayotini har tomonlama o‘rganish, atrof-muhit bilan ularning o‘zaro murakkab 
munosabatlarini tushuntirish kabilar edi. Shunday qilib, K.F.Rulye hayvonlarni 
o‘rganishning keng ekologik tizimini ishlab chiqdi va ekologik mazmundagi qator 
ilmiy ishlarni qoldirdi. [5]Uning shogirdlaridan biri N.A.Seversov (1827-1885) 
hisoblanadi. Uning «Voronej Guberniyasidagi hayvonlar, qushlar, ilonlar hayotidagi 
davriy hodisalar» (1855 y) nomli ishi Rossiyaning ayrim mintaqalarida hayvonot 
olamida olib borilgan ekologik izlanishlarining eng katta va ahamiyatlisi 
edi.Ch.Darvin «Tabiiy tanlash yo‘li bilan turlarning kelib chiqishi» (1859) asarida – 
tabiatdagi yashash uchun kurash, ya’ni tur bilan muhit o‘rtasidagi har qanday 
qarama-qarshiliklarning ko‘rinishlari tabiiy tanlashga olib keladi va evolyutsiyaning 
harakatlantiruvchi kuchidir deb qaraydi.A.N.Beketov (1825-1902) o‘simliklarning 
ichki va tashqi tuzilishidagi xususiyatlarni ularning geografik tarqalishi bilan 
bog‘liqligi hamda fiziologik usullarning ekologiya uchun ahamiyati katta ekanligini 
ko‘rsatdi. Ana shunday ishlar hayvonlar hayoti misolida A.F.Middendorf tomonidan 
o‘rganildi.1877 yil nemis gidrobiologi K.Mebius biotsenozlar haqidagi 
tasavvurlarni asoslab berdi. O‘simliklar jamoasi haqida G.F.Morozov va 
V.N.Sukachev batafsil fikr yuritib, bu sohaga asos soldilar.Rus olimlari - 
V.N.Sukachev, B.A.Keller, V.V.Alyoxin, V.G.Ramenskiy, A.P.Shennikov va chet 
el olimlaridan - F.Klements, K.Raunkiyer, T.Dyu. Riye, I.Braun - Blake va 
boshqalarning fitotsenologiya sohasidagi ishlari umumiy biotsenologiyaning 
rivojlanishiga 
katta hissa qo‘shdi.Umumiy ekologiyaning rivojlanishida 
D.N.Kashkarovning «Muhit va jamoa» deb nomlangan O‘rta Osiyo universitetida 



Yüklə 40,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin