Ekologik omillar haqida malumot Abiotik omillar



Yüklə 25,24 Kb.
səhifə3/5
tarix11.04.2023
ölçüsü25,24 Kb.
#96366
1   2   3   4   5
Ekologik omillar

Abiotik omillar

Abiotik omillar. Abiotik (yunoncha a - inkor, bios - hayot) omillar - notirik tabiat elementlari: iqlim (harorat, namlik, yorug`lik, havo), tuproq, relef. Abiotik omillardan eng muhimi iqlim hisoblanadi. Iqlim qator omillardan yuzaga keladi.
Yorug`lik. Iqlim, eng avvalo, Quyosh nuriga bog`liq. Quyosh nuri o`simliklarning fiziologik funksiyasi, tuzilishi, o`sish va rivojlanishi tezligiga turli darajada (me`yoriy, kuchli, kuchsiz) ta`sir ko`rsatadi. Quyosh nurining biologik ta`siri jadalligi, spektral tarkibi, fasliy va kunlik davriyligi bilan belgilanadi. Bunga bog`liq holda tirik organizmlardagi moslashuvchanlik xususiyati - fasliy va mintaqaviy harakterga ega bo`ladi.
Ko`zga ko`rinmaydigan ultrabinafsha nurlar barcha jonzotlar, butun hayoti uchun xavflidir. Bunday nurlanishning asosiy qismini atmosferaning yuqori qismida joylashgan ozon qatlami tutib qoladi. Shuning uchun ham, tirik organizmlar faqat ozon qatlami oralig`ida mavjuddir. Ko`rinmas nurlar o`simlik va hayvonlarga juda zarurdir. Eng muhimi, yorug`lik tufayli o`simliklarda fotosintez jarayoni sodir bo`ladi. Yorug`lik hayvonlar va inson uchun ham muhim omil hisoblanadi. Chunki u faollik darajasini belgilab beradi.
Infraqizil nurlar - issiqlik energiya manbai. Ammo uni inson va hayvonlar ko`ra olmaydi. Ularni organizm to`qimalari juda yaxshi yutadi. Bu esa ularning qizishiga sabab bo`ladi. Infraqizil nurlar sovuqqon hayvonlar uchun, ayniqsa muhimdir. Ular bu nurlardan o`z tanalarini isitish uchun foydalanadilar.
Quyosh energiyasi yorug`lik tartibini yaratadi. U geografik kenglik va relefga bog`liq ravishda o`zgaradi. Yerning aylanishi bilan bog`liq holda yorug`lik tartibi aniq kunlik va mavsumiy davriylikka ega. Kecha va kunduzning ma`lum davomiyligining davriy o`zgarishi natijasida organizmning yoritishning sutkalik tartibiga reaksiyasi fotodavriylik deyiladi. Fotodavriylik biologik saotlar mexanizmi bilan bog`liq. Organizmlar funksiyalarini siklik o`zgartirishga qodir. Biologik soatlar xuddi ana shu jarayonda namoyon bo`ladi. Biologik soatlar atrof-muhitdagi o`zgarishlarga xos holda fiziologik muammoni belgilab beradi. O`simliklardagi sutka (kun)lik fotodavriylik fotosintez jarayonlarini nazorat qiladi. Hayvonlarda esa kunduzgi va tungi hayot tarziga moslashish yuzaga kelgan.
Harorat - hayotiy jarayonlarni cheklovi muhim omillardan biri. Organizmda barcha hayotiy jarayonlar tananing ma`lum haroratida, asosan +10…+40 0S oralig`ida kechadi. Faqat ayrim organizmlargagina juda yuqori haroratli hayotga moslasha olgan. Umuman, Yer kurasida oranizmlarning ko`payishi, tarqalishi va boshqa hayotiy jarayonlarni belgilashda harorat asosiy omillardan biridir.
Hayvon va o`simliklar hayotida ham harorat katta ahamiyatga egadir. O`zining doimiy tana haroratiga ega bo`lgan hayvonlar gomoyoterm - issiq qonli hayvonlar deyiladi. Ular o`zlarining tana haroratini saqlagan holda issiq-sovuqqa moslasha oladi va atrof-muhit haroratiga juda kam darajada bog`liq bo`ladi.
O`simliklar ikki ekologik guruhga, ya`ni issiqlik (harorat) ta`sirida yaxshi o`sib rivojlanadigan termofil va past harorat ta`sirida yashovchi psixrofil o`simliklarga ajratiladi.
Namlik. Yerda barcha organizmlar mavjud bo`lishining zaruriy sharti suvning borligidir. U hujayralar hayotiy faoliyatining barcha jarayonlarida nihoyatda muhim rol o`ynaydi. Zero, suvsiz hayot bo`lmaydi. Namlik tushunchasi yomg`ir, suv, tuman, qor, qirov, muz bilan bog`liq holda tushuntiriladi.
Suv balansini ta`minlash organizmning asosiy fiziologik funksiyasi hisoblanadi. Suv boshqa omillarga nisbatan ko`proq cheklovchi (limitlovchi) omil hisoblanadi. Yer yuzida namlik bir xilda taqsimlanmagan. Quruqlikdagi ko`plab o`simlik va hayvonlar namsevar hisoblanadi. Suvning yetishmasligi ko`pincha organizmlar tarqalishini cheklovchi sabab bo`ladi. Suvning mavjudligi asosan o`simlik uchun ekologik omillardan biridir. Ekologik omillar o`simliklarning o`sishi va rivojlanishini belgilaydi.
Namlik omili hayvonlar uchun ham ahamiyatlidir. Cho`l sharoitida yashovchi hayvonlarning ko`pchiligi uzoq vaqt suvsiz kun kechira oladi.
Dariy quruqlik paytida o`simlik va hayvonlarning hayotiy faolligi pasayadi, namlik yetishmovchiligidan fiziologik hayoti susayadi. Jazirama vaqtida o`simliklar barg tashlaydi, rivojlanmaydi. Ayrim hayvonlar yozda uyquga ketadi, ba`zilari anabioz holatiga kiradi.
Tuproq. Yerning g`ovak, unumdor yuza qatlami tuproq deyiladi. Tuproq ko`plab mikroorganizm va hayvonlar uchun yashash muhiti hisoblanadi, shuningdek, unda o`simliklarning ildizlari va zamburug`larning giflari ildiz otadi. Tuproqda yashovchilar uchun uning tuzilishi, kimyoviy tarkibi, namlik, oziq moddalarning mavjudligi birinchi darajali omillar hisoblanadi. Tuproqda turli o`simliklardan tashqari bakteriyalar, zamburug`lar, sodda hayvonlar va boshqalar keng tarqalgan.
Havo. Atmosferadagi gazlar aralashmasi havo qatlamini tashkil etgan. Havo qatlamining balandligiga qarab, uning tarkibi va zichligi o`zgarib boradi. Havo, hayvon va organizmlar uchun nafaqat yashash muhiti, balki ekologik omil sifatida ham ahamiyatlidir. Havo - atmosferani tashkil etgan muhitning muhim omili. Uning kimyoviy tarkibi Yerning evolyutsiyasi jarayoni kechishida takshil topgan. Havo tarkibida 78,08 % azot, 20,95 % kislorod, 0,93 % argon, 0,03 % uglerod ikki oksidi, 0,2 % boshqa gazlar aralashmalari, 2,6 % suv bug`lari mavjud. Tirik organizmlar uchun yashash muhitining asosiy elementi - kislorod, yerda kislorod yaratuvchi yagona manba - yashil o`simliklardir. Kislorodni o`simlik fotosintez jarayonida ajratadi. Kislorodsiz yonish yo`q, metallni eritib, ko`plab kimyoviy birikmalarni sanoat yo`li bilan olib ham bo`lmaydi. Ammo atmosferaning sanoat chiqindilari, transport vositalaridan chiqqan zaharli gazlar bilan ifloslanishi havoda uglerod dioksidi, serovodorod, oltingugurt oksidi, azot oksidi, uglerod oksidi miqdorining ko`payishiga olib keladi. Bu esa atrof-muhit holatigagina emas, balki kishilar salomatligiga ham salbiy ta`sir ko`rsatadi.
Relef - bu tashqi ko`rinishi, kattaligi, yuzaga kelishi, yoshi va rivojlanish tarixi bo`yicha har xil yer sirtini shakllantirish majmuidir. Relef iqlimning shakllanishiga ta`sir qiladi, daryolar oqimi yo`nalishi va harakteri unga bog`liq. O`simlik va hayvonot olami tarqalishi xususiyatlari u bilan chambarchas bog`langan. Relef inson hayot tarziga va uning xo`jalik faoliyatiga ham ta`sir ko`rsatadi.




  1. Yüklə 25,24 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin