E-univer adti uz/ Мavzu: Qon ketish. Tromboz. Emboliya. Infarkt. Shok



Yüklə 291,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix15.04.2022
ölçüsü291,32 Kb.
#55448
1   2   3   4
№ 6

Trombozni oqibatlari. 

         Yangi  xosil  bo’lgan  tromb  leykositlarni  proteolitik  fermentlari  ta’sir  etishi  natijasida  aseptik 



autoliz boshlanadi. Tromb massalari erib, qo’l rang yashil suyuq massaga aylanadi, buni yanglishib, 

yiring  deb  o’ylash  mumkin.   Trombotik  massalarga  yiring  tug’diradigan  bakteriyalar  tushganida 

kelib  chiqadigan  septik  autoliz  organizm  uchun  ancha  xatarlidir.  Parchalanayotgan  trombotik 

massalar oson o’zilib chiqib (tromboembollar) organizmga tarqaladi va turli organlarning tomirlarida 



tromboemboliyalarni vujudga keltiradi.  

        Trombning  uyushishi  (organizasiyasi)  yaxshi  oqibat xisoblanadi. Bu shundan iboratki, tromb 

boshchasi  soxasidan  uning  bag’riga  biriktiruvchi  to’qima  hujayralari  -  tromb  massasini  o’rnini 

oladigan  fibroblaslar  intima  tomonidan  o’sib  kira  boshlaydi.  Trombdagi  biriktiruvchi  to’qima 

bujmayganida tirqishlar xosil bo’lib, endoteliy bilan qoplanadi,  u tomirni revasqo’larizasiyasi deb 

ataladi.  



         Trombozning  organizm  uchun  axamiyati  trombning  joylashuviga,  nechog’lik  tez  paydo 

bo’lishiga,  Tarqoqligiga,  trombni  tomir  yo’liga  nisbatan  olgan  xolatiga,  uyushiv  jarayonlarini 

nechog’lik  avj  olishiga  xamda  umumiy  qon  aylanishi  xolatiga,  shuningdek  bemorning  yoshiga 

bog’liqdir.  

         Trombozning  ijobiy  axamiyatini  xam  ko’rsatib  o’tish  zarur.  Chunonchi,  yurak  devori 

jaroxatlanganda xosil bo’ladigan tromb shikas etgan joyni bekitib qo’yadi va qon ketishidan saqlab 

qoladi. 

 


Yüklə 291,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin