100
Degidratatsiyada hosil bo'luvchi ikkinchi kompensator mexanizm - bu vazopressin
sekretsiyasini kuchayishi hisoblanadi. Shunday dalillar borki, hujayra oralig'idagi
suyuqlikning oshib ketishi gipotalamusning osmoretseptorlarini qo'zg'atar ekan va
natijada supraoptik va paraventrikular yadrolar hujayralari orqali vazopressin
sekretsiyasi faollashadi. Bundan tashqari, degidratasiya (ayniqsa qon yo'qotganda)
qon bosimining tushishiga olib keladi. Buning natijasida tomir retseptorlari qo'zg'alib
vazopressin sekretsiyasini reflektor tarzda kuchayishiga olib keladi. Vazopressin
ajralishining kuchayishi nefron apparati kanalchalarida suv reabsorbsiyasini
kuchaytiradi, bu bilan siydik orqali suv chiqishi kamayadi.
Shunday qilib, manfiy suv balansi sharoitlarida ikkita asab-gumoral mexanizmlar-
vazopressin va aldosteron sekretsiyasi ta'sirlari sodir bo'ladi. Bunda vazopressin
sekretsiyasi hujayra oraliq suyuqligida osmotik bosimni kuchaytiradi. Bu yana bir
marta organizmning suv-tuz almashinishining birligini ko'rsatadi.
Shuni ta'kidlab o'tish kerakki, gormonlarning kompensator ta'siri chegaralangan.
Masalan, tuz miqdorining oshishi natijasida hujayra ichi va hujayra tashqarisidagi
suyuqliklar orasida osmotik gradiyent hosil bo'ladi va hujayradagi suyuqlik hujayra
tashqarisiga yo'naladi, ya'ni osmotik bosim yuqori tomonga - qarab oshadi. Buning
natijasida hujayra degidratatsiyasi sodir bo'ladi.
Hujayra membranasidan ionlar o'tishiga glukokortikoidlar faol ta'sir qiladi. Ular
yetishmaganda qon plazmasida natriy va xlor miqdori kamayib, hujayralarda esa
natriy va suv yig'ilishi kuzatiladi. Bu jarayon hujayraqo'zg'algandan keyin
natriyning undan chiqishi va kaliyning kirishi faolligini susayishiga olib keladi.
Oxirgi yillarda suv-tuz almashinuvi boshqarilishiga gipofiz gormoni -prolaktin
ishtirok qiladi degan g'oyalar ham bor. Prolaktinni osmoboshqaruvchilik rolini tuban
umurtqalilarda, ayniqsa, baliqlarda aniq ko'zga tashlangan. Sut emizuvchilar
buyragida maxsus prolaktin retseptorlari topilgan, bu esa uni buyrakdagi suv va
elektrolitlar chiqishi mexanizmida ishtirok etishini bildiradi.
Dostları ilə paylaş: