89
Shunday
qilib,makroergik
birikmalar
deb,parchalanganda
energiya
chiqaradigan moddalarga aytiladi.Odam organizmida makroergik moddalar rolini
adenozintrifosfat (ATF) va kreatinfosfat (KF) o'ynaydi.
Odam organizmida assimilatsiya va dissimilatsiya jarayonlari bir-biriga
bog'liq holda davom etadi.Sog'lorri bo'lgan katta odamlarda bu ikkala jarayon bir-
biriga teng muvozanatda bo'ladi.Yosh organizmda assimilatsiya jarayoni ustunroq
bo'lib, buning natijasida o'sish va rivojlanish ta'minlanadi.Keksa odamlar
organizmida esa dissimilatsiya jarayoni ustun keladi. Shuning uchun ham
keksalarning terisi salqi bo'lib,yuzlarida ajin paydo bo'ladi,tana mushaklari
bo'shashib,ularning hajmi kichrayadi va qorni osilib qoladi.Og'ir kasalliklar vaqtida
ham dissi-milatsiya kuchayadi,shuning uchun hatto yosh odamning ham rangi
so'liydi,terisi quriydi, yuzi-da ajin paydo bo'ladi, mushaklari bo'shashadi, tana vazni
kamayadi.
Dostları ilə paylaş: