Dvd-rom (digital video disk yoki digital versatile disk) – universal raqamli disk, video, audio va kompyuter formatidagi ma’lumotlar tashuvchisi. Bir tomonlama, bir qatlamli disklar 7 Gb


Multimedia ilovalari yaratish texnologiyasi



Yüklə 239,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/24
tarix21.12.2023
ölçüsü239,28 Kb.
#188485
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
malumot yigish amaliy

Multimedia ilovalari yaratish texnologiyasi 
• 
Multimedia ilovalari shakllari 
• 
Multimedia ilovalari yaratish uchun vositalar 
Hozirgi vaqtda ko’plab kompaniya va firmalarda seminarlar, uchrashuvlar, treninglar va boshqa 
tadbirlarni o’tkazish uchun turli kompyuter texnologiyalaridan foydalanilmoqda. Ma’lumot 
mazmunga boy, esda qoladigan va ko’rgazmali bo’lishi uchun ko’proq multimedia 
texnologiyalari ishlatiladi. Bular matn, grafika va ovoz kabi ma’lumotning turli shakllarini qayta 
ishlashga imkon beruvchi multimedia apparat vositalari bo’lish bilan birga amaliy dasturlar 
paketlari ham.
Odatda multimedia deganda matn, ovoz, grafika, multiplikasiya, videotasvir va fazoviy 
modellashtirish kabi ma’lumot taqdim etish vositalarining kompyuter tizimidagi birlashishi 
tushuniladi. Bunday vositalarning
31
birlashishi ma’lumot qabul qilishning yangi sifatli darajasini ta’minlaydi: inson passiv ravishda 
mahliyo bo’libgina o’tirmasdan, balki faol ishtirok etadi ham. Multimedia vositalari bilan 
ishlovchi dasturlar ko’pmodallidir, ya’ni ular bir necha sezgi organlariga bir vaqtda ta’sir qilgani 
uchun auditoriyaning qiziqishi va e’tiborini tortadi.
Multimedia ilova mazmuni muallif tomonidan ssenariy tayyorlash paytida atroflicha o’ylanadi 
va texnologik ssenariyni ishlab chiqishda aniqlashtiriladi. Ta’limiy ma’lumot taqdim etishning 
an’anaviy shakli – matn va statik grafika ko’p asrlik tarixga ega bo’lsa, multimediadan 
foydalanish tajribasi yillar bilan o’lchanadi.
Illyustrasiya, jadval va chizmalar mavjud bo’lgan animasiya elementlari va ovoz jo’rligida 
taqdim etilayotgan chiroyli bezalgan multimediali ilova o’rganilayotgan materialni qabul qilishni 
osonlashtiradi, tushunish va eslab qolishga yordam beradi, ta’lim oluvchining bilim olishga 
bo’lgan faolligini oshirib, predmetlar haqida aniqroq va to’laroq tushunchaga ega bo’lishini 
ta’minlaydi.
Sifatli multimedia ilovalari ishlab chiqishga yo’naltirilgan turli-tuman, bir-biridan farqli 
texnologik usullar mavjud. Ushbu ilovalarni yaratish va ulardan foydalanishda bir qator asosiy 
texnologik tavsiyalarga amal qilish kerak.
Multimedia ilovalarini yaratish uchun asos sifatida materialni elementlarga bo’lish va iyerarxiya 
tarzida ko’rgazmali ravishda taqdim etishga asoslangan holda tizimlashtirish usulini o’zida 
mujassam etgan materialni qamrab olish modelini olish mumkin.
• Multimedia ilovasini loyihalashning boshlang’ich bosqichida materialni qamrab olish modeli 
quyidagilarga imkon beradi:
• material mazmunini aniq belgilash;
• mazmunni ko’rgazmali, aniq va ochiq tarzda taqdim etish;
• multimedia ilova komponentlari tarkibini aniqlash.
Kompyuter ekranidagi ma’lumotni vizuallashtirish usullarini ishlab chiqishda psixologiya 
yutuqlarini hisobga olish kerakligi bir qator umumiy tavsiyalarni shakllantirishga yordam beradi: 
• ekrandagi ma’lumot tizimga keltirilgan bo’lishi kerak;
• vizual ma’lumot davriy ravishda tovushli ma’lumotga almashib turishi kerak;
• rang yorqinligi va/yoki tovush balandligi davriy ravishda o’zgarib turishi kerak;
• vizuallashtirilayotgan material mazmuni juda ham sodda yoki juda ham murakkab bo’lmasligi 
kerak. Ekrandagi kadr formatini ishlab chiqishda va yaratishda ko’rish maydonini tashkil etishni 
belgilovchi obyektlar orasida maqsad va munosabat borligini hisobga olish tavsiya etiladi. 


Obyektlarni quyidagicha joylashtirish tavsiya qilinadi:
• bir-biriga yaqin, ya’ni ko’rish maydonida obyektlar bir-biriga qanchalik yaqin bo’lsa, ular 
shunchalik katta ehtimol bilan yagona, yaxlit obrazni tashkil qiladi;
• jarayonlar o’xshashligi, ya’ni obrazlarning o’xshashligi va yaxlitligi qanchalik ko’p bo’lsa, ular 
shunchalik katta ehtimol bilan uyg’unlashadi;
• davom etish xususiyatlarini hisobga olgan xolda, ya’ni ko’rish maydonida tartibli ketma-
ketlikning davom etishiga mos keladigan joylarda joylashgan elementlar qanchalik ko’p bo’lsa, 
ular shunchalik katta ehtimol bilan yaxlit yagona obrazga birlashadi;
• obyektlar shakli, harf va raqamlar o’lchami, ranglarning to’qligi, matnning joylashishi va 
boshqalarni tanlashda predmet va fonni belgilashning o’ziga xosligini hisobga olgan holda;
• vizual axborotlarni ortiqcha detallar, yorqin va kontrast ranglar bilan bezamagan holda; • 
xotirada saqlash uchun mo’ljallangan materialning rangini o’zgartirish, tagiga chizish, shrift 
o’lchamini va stilini o’zgartirish orqali ajratish.
Multimedia ilovalarini ishlab chiqishda turli rang va fonda tasvirlangan obyektlar insonlar 
tomonidan turlicha idrok qilinishini hisobga olish kerak. Vizual axborotlarni tashkil etishda 
predmetlarning fonga nisbatan kontrasti muhim rol o’ynaydi. Kontrastning ikki turi mavjud: 
to’g’ri va teskari. To’g’ri kontrastda predmetlar va uning tasvirlari fonga nisbatan to’qroq, 
teskari kontrastda esa ochroq bo’ladi. Multimedia ilovalarida odatda har ikki turidan 
foydalaniladi, turli kadrlarda alohida va bitta kadr doirasida birgalikda. Ko’p hollarda teskari 
kontrast ustunlik qiladi. Multimedia ilovalarining to’g’ri kontrastda ishlashi afzalroq hisoblanadi. 
Bu holda yorqinlikning ko’payishi ko’rinishning yaxshilanishiga, teskari holatda esa 
yomonlashishiga olib keladi, lekin teskari kontrastda namoyish etiladigan harf va belgilar, kichik 
o’lchamda bo’lganda ham to’g’ri kontrastga nisbatan aniqroq va tezroq o’qiladi. Tasvir 
qismlarining nisbiy o’lchamlari qanchalik katta va uning yorqinligi yuqori bo’lsa, kontrast 
shunchalik kichik bo’lishi kerak. Ko’rish maydonida yorug’likning bir me’yorda taqsimlanishi 
orqali ekrandagi axborotlarni erkin qabul qilishga erishiladi. Kompyuter ekranidan axborotlarni 
o’rganishni optimallashtirish uchun multimedia ilovalarini
32
ishlab chiqaruvchilarga mantiqiy urg’ulardan foydalanish tavsiya etiladi. Ta’lim oluvchining 
diqqatini ma’lum bir obyektga jalb qilishga yo’naltirilgan usullar mantiqiy urg’ular deyiladi. 
Mantiqiy urg’ularning ruhiy ta’siri ta’lim oluvchi tomonidan bosh obyektni topishga 
sarflanadigan vaqtning kamayishi va diqqatni shu obyektga jalb qilish bilan bog’liq.
Mantiqiy urg’ularni yaratish uchun aksariyat hollarda quyidagi usullar tez-tez ishlatiladi: asosiy 
obyektni yanada yorqinroq rang bilan tasvirlash, o’lchamini, yorqinligini, joylashuvini 
o’zgartirish yoki shu’la taratuvchi rang bilan ajratish. Mantiqiy urg’uni son jihatidan uning 
intensivligi bilan baholash mumkin. Intensivlik obyekt rangi va yorqinligining fonga nisbatan 
mutanosibligiga, obyektning nisbiy o’lchamlari tasvir fonidagi predmetlar o’lchamiga nisbatan 
o’zgarishiga bog’liq. Yanada yorqinroq yoki kontrastliroq ranglar bilan belgilash yaxshiroq 
hisoblanadi, o’lchamini yoki yorqinligini o’zgartirish, shu’la taratuvchi rang bilan ajratish 
unchalik yaxshi chiqmaydi.

Yüklə 239,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin