Dunyoqarash nima va uning qanday tarixiy turlarini bilasiz?


Mifologik va diniy dunyoqarashning o’xshash va farq tomonlarini yoriting?



Yüklə 21,79 Kb.
səhifə2/5
tarix30.12.2021
ölçüsü21,79 Kb.
#49310
1   2   3   4   5
Dunyoqarash nima va uning qanday tarixiy turlarini bilasiz

Mifologik va diniy dunyoqarashning o’xshash va farq tomonlarini yoriting?

Mifologik dunyoqarash. “Mif” tushunchasi yunoncha “mythos» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, afsona, rivoyat degan ma’noni anglatadi. Mifologik dunyoqarash insoniyat tarixining dastlabki bosqichlariga xos bo‘lib, odamlar xulq-atvori va o‘zaro munosabatlarini tartibga solish funksiyasini bajargan.Mifologik dunyoqarash insonning dunyoni tushunishining o‘ziga xos oddiy usuli sifatida paydo bo‘lgan.Mifologik dunyoqarash voqelikning hayoliy in’ikosi sifatida asosan qadimgi davr kishilari uchun xarakterlidir. Bu dunyoqarash o‘z ifodasini ko‘proq qadimgi davrlarda yaratilgan naqllarda, rivoyat va afsonalarda topgan.Qadimgi kishilar bu afsona va rivoyatlarda tabiat va jamiyatning turli hodisa va voqealarini umumlashtirib, ularni hayoliy shakllarda tasvirlaganlar.Mifologik dunyoqarashda hamma narsa va hodisalar bir-birining ishtirokchisi sifatida ifodalanadi. Tabiat kuchlarini hissiy qiyofalarda alohida jonli vujudlar ko‘rinishida jonlantirib tasvirlanadi. Mifologik dunyoqarash ifodalangan rivoyatlar va afsonalar o‘z mavzulari jihatdan turli tumandir. Ularning ba’zilari dunyoning paydo bo‘lishi, uning tuzilishi, tabiat va jamiyat hodisalarining yuz berishi, dunyoning boshqarilishi, undagi predmetlar va hodisalarning o‘zaro munosabatlariga oid bo‘lsa, ikkinchi xillari esa insonning paydo bo‘lishi, uning yashashi, hayoti, insonning dunyodagi o‘rni, uning ishlari, tabiat kuchlari bilan olib borgan kurashlari, insonning ma’naviy kamolot sari intilishlari, insonning o‘limi va shu kabilarga bag‘ishlangandir. Bu dunyoqarash qadimgi kishilarning o‘zlaricha o‘sha davrga xos dunyoni tushunish, idrok qilish, uni izohlash va baholash sifatida turli vazifalarni bajargan.Mifologik dunyoqarashning xususiyati shuki, unda hamma narsa va hodisalar bir-birining ishtirokchisi sifatida tasvirlanadi. Buning natijasida bir xil buyumlarning sifatlarini ikkinchi xil buyumlarga bemalol ko‘chirish mumkin bo‘ladi. Mifologik dunyoqarashda tabiat kuchlari alohida jonli vujudlar ko‘rinishida jonlantirib tasvirlanadi.Mifologiyada bir xil narsalarning xossalari ikkinchi xil narsalarga bemalol ko‘chirilgangligi sababli, u xayolotga keng yo‘l ochib beradi.Unda tasvirlangan obrazlar har qanday o‘zgarishlar qilishi va jasoratlar ko‘rsatishi mumkin.


  1. Yüklə 21,79 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin