Dunyo xalqlari madaniyatidagi umumiylik va farqlar



Yüklə 498,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix27.07.2023
ölçüsü498,59 Kb.
#137714
1   2   3   4   5   6   7   8
Sivilizatsiya 
tushunchasi aloxida olingan bir xalq, xudud, jamiyat, davlat va xatto jahonga, ularning ijtimoiy- iqtisodiy va 
madaniy taraqqiyotining muayyan bosqichiga nisbatan ham qo`llanildi. «Sivilizatsiya» lotincha «sivilius» so`zidan olingan bo`lib, aynan 
«fukarolikka oid» degan ma’noni anglatadi. 
Mavjud ilmiy adabiyotlarda sivilizatsiyaga turlicha ta’riflar berilyapti: sivilizatsiya-madaniy-texnik taraqqiyotning yuqori 
bosqichi (bunda yozuvning kashf etilishi, texnik kashfiyotlar, sanoat inqilobi sivilizatsiyaning muxim belgisi sifatida talqin etiladi); 
sivilizatsiya — jamiyatning muayyan namunasi (bunda u formatsiya tushunchasi bilan aynanlashtiriladi); sivilizatsiya — 
insoniyatning yovvoyilik va vaxshiylikdan keyingi taraqqiyot davri. 
Sivilizatsiya rivojlanishning muayyan bir bosqichida to`rgan xalq va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy 
hayotidagi sifatiy o`ziga xosligidir. Ayrim tadqiqotchilar sivilizatsiya asosini madaniyat, xalq, xudud bilan bog`lasalar, boshqalari dinni 
asos qilib oladilar. Aslida esa ularning hammasi ham sivilizatsiyaning taraqqiyotida o`z o`rniga ega. 
Ammo tarix taqozosi bilan muayyan xududda shakllangan sivilizatsiyaga gox tabiiy muxit, goxida ijtimoiy shart-sharoit 
ko`proqta’sir ko`rsatgan bo`lishi mumkin. Masalan, bizning Vatanimiz sivilizatsiyasida bu omillarning barchasi o`ziga xos ahamiyat 
kasb etganini ko`ramiz. Shu bilan birga, yurtimizning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy va sivilizatsiyalashgan taraqqiyotida 
dunyoviy ilmlar qatorida turli diniy ta’limotlar ham o`ziga xos o`rin to`tgan. 


Vatanimiz tarixining keyingi uch ming yiliga nazar tashlasak, dunyoviy bilimlar va diniy 
qarash
lar yonma-yon yashab 
kelganining guvohi bo`lamiz. Хalkimiz «Avesto»ni yaratgan davrlardan tortib bizning kunlargacha ana shu umumiy tamoyil o`z 
ta’sirini o`tkazib kelgan. Ularning biri mutloqlashtirilgan davrlarda madaniy taraqqiyot qanday aziyat chekkan bo`lsa, ikkinchisi 
taxkirlangan zamonlarda ham ana shunday yo`qotishlar sodir bo`lgan. Тarix bu borada ham buyuk mo`rabbiydir. U bizdan 
sivilizatsiyamiz utmishini holisona o`rganish, undan to`g`ri xulosalar chiqarish va o`zimiz uchun sabok olishga undaydi. 

Yüklə 498,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin