Dorixona xodimlarining etikasi



Yüklə 18,54 Kb.
tarix15.03.2023
ölçüsü18,54 Kb.
#88042
mutaxassis mi 9


Fayzullaev Tolib
9-MAVZU:


DORIXONA XODIMLARINING ETIKASI

10.1.Tibbiyot deontologiyasi haqida tushuncha.


10.2.Dorixona xodimlarining ahloqi va etikasi
10.3.Dorixona jamoasi va uning ijtimoiy-ruhiy muhiti.
10.4.Dorixonada farmatsevt va xaridor munosabatlari.
10.5.Tibbiyot xodimlarining odob-axloq Kodeksi

10.1. Tibbiyot deontologiyasi haqida tushuncha.


Tibbiyot deontologiyasi – tibbiyot xodimlarining kasbga aloqador etikasi,
dori-darmon, umuman davoning ta'sirini oshirishga qaratilgan xulq-atvor taomillari.
Deontologiya, ya'ni kishining xulqi, odobi haqidagi tushuncha 16-asrning boshlarida
ingliz faylasufi va iqtisodchisi I. Bentam tomonidan omilaga kiritilgan. Tibbiyot
deontologiyasiga oid ma'lumotlar uzoq tarixga ega. Aslida, tibbiyot deontologiyasi
keng falsafiy mazmunga ega bo‘lib, bir qancha yo‘nalishlardan iborat: farmatsevt
bilan bemor o‘rtasidagi; shifokor bilan farmatsevt o‘rtasidagi munosabat;
farmatsevtning hamkasblari bilan munosabati va h. k.
Tibbiyot deontologiyasiga farmatsevt yoki shifokorning sir saqlashi,
bemorning hayoti va sog‘lig‘i uchun tibbiyot xodimining, ya'ni farmatsevtning
javobgarligi, tibbiyot xodimlarining o‘zaro munosabati masalalari va boshqa(lar)
kiradi. Tibbiyot deontologiyasiga muvofiq, tibbiyot xodimi bemorga katta e'tibor
berishi, uning sog‘ligini tiklash yoki azobini yengillatish uchun butun bilimini
sarflashi, bemorga uning sog‘lig‘i haqidagi faqat foyda keltira oladigan
ma'lumotlarni aytishi, bemorning farmatsevt bilan sirdosh bo‘lishiga erishuvi zarur.
10.2.Dorixona xodimlarining аhloqi va etikasi
Dorixona xodimlari faoliyatida ahloq va deontologiya, ya'ni farmatsevt xodimlarni kasbiy burchlarini bajarishlaridagi fe'l-atvor va ahloq me'yorlari majmui muhim o‘rin tutadi. Etika so‘zi yunoncha «aeyyuz» degan so‘zdan kelib chiqib,
“yurish-turish, ahloq” degan ma'nolarni bildiradi. “Ahloq;” deganda kishilarning bir-biriga munosabati, jamiyat, davlat, vatan, kasb hamda oilaga bo‘lgan munosabatlarni tartibga solib turadigan va shaxsiy e'tiqod an'analari, tarbiyasi butun
jamiyat yoki guruhning kuchi bilan qo‘llab-quvvatlanadigan qoidalar, xulq-atvorlar talablari tushuniladi. Qadimda birinchi bor bu so‘z (termin) ni qadimgi buyuk yunon faylasufi mutafakkir olim Aristotel' qo‘llagan.
Farmatsevtik ahloqning asosiy kategoriyalari:
- burch, majburiyat, xalollik, vijdonlilik, raxm-shavqat, ziyraklik bo‘lib, ular bemor va uning qarindoshlarini dori-darmon bilan ta'minlashda asosiy rol'
o‘ynaydi.
Ahloqning kasb turlariga qarab bir necha turlari mavjud:
- tibbiyot xodimining;
- farmatsevt xodimining
- yuristning;
- o‘qituvchining va hokazolar ahloqi.
Deontologiya - kasbiy burch xaqidagi fan. Deontologiya - bu etikaning bir qismi. Deon (yunoncha) - bo‘lishi lozim, logos - ta'limot demakdir. Shifokor va farmatsevt faoliyati, inson salomatligini mustahkamlashga qaratilganligidan
farmatsevtik deontologiya tibbiy deontologiya bilan uzviy bog‘liq. Farmatsevt bemor va atrofdagilar bilan xushmuomalada bo‘lishi, sekin gapirishi, o‘z ishini tez
va sifatli qilishi, ish joyini toza, saranjom tutishi, yumushini tashlab ketmasligi, hujjatlarni qonuniy yuritishi, kasb sirlarini saqlashi lozim.

10.3. Dorixona jamoasi va uning ijtimoiy-ruhiy muhiti


Jamiyatimizning asosiy bir ligi mexnat jamoasidir. Jamoadagi barcha a'zolarni uning rax,bari ostidagi jipsligi, dustona uzaro munosabatlari, bir-birlarini
hurmat qilishlari, oshkora samimiy tanqid ishning sifatini oshiradi.
Shuning uchun ham ko‘p hollarda farmatsevtik deontologiyada mehnat jamoasidagi shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, kasbiy tayyorgarlik darajasi,
muassasadagi anik sharoit, ma'lum holatda rahbar shaxs, uning uslubiy tomonidan belgilanuvchi ahloqiy muhit alohida o‘rin tutadi.
Farmatsevtik muassasalarning ruhiy muhitiga alohida talab qo‘yiladi. Bu yerda na bemorlarga nisbatan, na hamkasblarga nisbatan qo‘pollik o‘rinsiz harakat
va e'tiborsizlikka yo‘l qo‘yilmaydi.
Bir jon, bir tan bo‘lib ishlovchi ahil jamoani shakllantirish, unda mehnat uchun sog‘lom muhitni yaratish rahbarning muhim vazifalaridan biridir. Jamoani uyushtirish uchun rahbar rasmiy va norasmiy munosabatlarni e'tiborga olib,
xodimlar o‘rtasida o‘zaro aloqa va munosabatlar o‘rnatilishini ta'minlashi kerak.
Agar rasmiy tizim jamoa a'zolarining ma'muriyat tomonidan biriktirilgan aloqalarini tasvirlasa, norasmiy aloqalar shaxsiy xush ko‘rish va xush ko‘rmaslik, manfaatlar umumiyligi, harakterlar mushtarakligi, bir- birini tushunish kabilar
asosida tashkil topadi. Ular o‘ta mos yoki yaqin kelganda nuxsonsiz ideal holat hisoblanadi.
Modomiki, dorixonada ishlovchilarning ko‘pchiligi xotin-qizlar tashkil k;ilar ekan, ularning o‘ziga xos ruhiyati nazarda tutilishi lozim. Shuningdek,
xodimlarning yoshi, mehnat staji, faoliyatining tavsifi, ma'lumoti, oilaviy ax;voli kabilar ham e'tiborga olinadi. Masalan, turli yoshdagi kishilardan tashkil topgan
jamoalarda - intizom yuqori darajada ustozlar g‘amxo‘rligi tufayli yoshlarda tezrok o‘sish kuzga tashlanadi, ruhiy va ruhiy-jismoniy mos kelishlik muammosi osonlik
bilan yechiladi.

10.4.Dorixonada farmatsevt va xaridor munosabatlari.


Rahbar jamoadagi asabiy tanglikni bartaraf eta bilishi lozim. X,ar bir kelishmovchilik tahlil etiladi va eng muhimi uni keltirib chiqaruvchi sabablar bartaraf etiladi. Kelishmovchiliklar tabiatiga ko‘ra, ishlab chiqarish va shaxsiy xarakterga ega. Mehnatni tashkil etish va me'yorlashdagi kamchiliklar, xususan, xodimning qaysi ishni, qanday hajmda bajarilishi lozimligi haqida aniq tasavvurga ega emasligi, rahbarning noo‘rin harakatlari, jamoa a'zolari o‘rtasidagi nomoslik kelishmovchiliklar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Kelishmovchiliklarni hal etishning ikki usuli mavjud: pedagogik va ma'muriy. Ishontirish usuli asosiy pedagogik usulidir.
Hozirgi zamon rahbarining faoliyatida ijtimoiy vazifalarni hal eta olish, odamlar bilan ishlay olish, jamoada mehnat natijalaridan ma'naviy- ahloqiy va
moddiy manfaatdorlikni vujudga keltirish, xodimlarga topshirilgan ish uchun ma'suliyat xissini tarbiyalash qobiliyati alohida ahamiyat kasb etadi.
Dorixona rahbari, ishda yo‘l qo‘yilgan kamchilik uchun jazoni qo‘l ostidagi xodim tomonidan adolatli deb qabul qilinishiga ishonch hosil qilgandagina beradi.
Jazoni tee-tez qo‘llash rahbarning qat'iyatsizligidan, uning bo‘shligidan va ishni tashkil eta olmasligidan guvohlik beradi.
Xodimni maqtash, har doim jamoa oldida bo‘lishi, beriladigan tanbex esa uning izzat-nafsoniyatiga tegmasligi va qadr-qiymatini kamsitmasligi lozimligini yodda tutish kerak. Qo‘l ostida ishlayotgan har bir kishi shaxsini xurmat qilish, xodimlarga nisbatan qo‘pollikka yo‘l qo‘ymasligi zarur. Rahbarni qo‘l ostidagilar tomonidan qilingan tanqidga qanday qarashi uning faoliyatining muhim qirrasidir.
Agar rahbar tanqid qiluvchiga emas, o‘ziga nisbatan chora ko‘rib, xatolarini tuzatar ekan, bu uning yetuklik sinoviga bergan bardoshi. Tanqid muammosi - qo‘l ostidagi
xodimning fikriga, uning tashabbusiga hurmat muammosidir.

10.5.Tibbiyot xodimlarining odob-axloq Kodeksi


Kasb-hunarlar orasida tibbiyot xodimi, farmatsevt kasbi eng nozigi hisoblanadi. Chunki ular bevosita inson salomatligi va taqdir ustida ishlaydilar.
Binobarin, bu ikki tomon nutq madaniyati yoki nutq odobi bir-biriga chambarchas bog‘langanligini ko‘ramiz. Bilvosita biz odob tushunchasining mohiyatini eslaylik.
Odob jamiyatda, kishilar bilan muomilada o‘zini tuta bilish; axloq tarbiya va uning normalaridir. Biz ko‘zda tutgan nutq tabiiyki, ma'rifat, ma'naviyat bilan va albatta,
tibbiyot ilmi bilan ham bog‘liqdir. Odob tushunchasi esa axloq, tarbiya, uning normalari bilan izohlanadi. Shu ma'noda, yuqorida keltirilgan fikrlar tibbiyot xodimlarining kasbga munosabati, axloq-odobi, shuningdek, farmaеsevt, shifokor va bemorlar orasidagi turli munosabatlarni namoyon yetuvchi muhim
tushunchalardir. Ularning zamirida esa tibbiyot deontologiyasi mujassamligini ko‘ramiz. Albatta, tibbiyot deontologiyasi – tibbiyot xodimlarining burchi, odobi
haqidagi fan bo‘lib, shifokorlar, farmatsevtlar uchun ma'naviy va mafkuraviy dastur amalidir. Yana shu o‘rinda takidlash muhimki, tibbiyot xodimlarining o‘z kasbiy
majburiyatlariga rioya etishini ta'minlash, manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiya holatlari yuzaga kelishining oldini olish mexanizmlarini takomillashtirish hamda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 dekabrdagi 5590-sonli «O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish
bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni bilan tasdiqlangan 2019- 2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish
konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturining 5-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2019 yilning 17 iyulida 161-sonli buyrug‘iga asosan, «Tibbiyot xodimlarining odob-axloq kodeksi» tasdiqlandi.

Kasallikning kechishi nomaqbul deb taxmin qilingan hollarda bu haqida


fuqaroga, basharti uning o‘zi oila a'zolariga xabar qilishni taqiqlamagan va (yoki)
bunday ma'lumot berilishi uchun biror shaxsni tayinlamagan bo‘lsa, bemorning oila
a'zolariga tibbiy odob-axloq me'yorlariga rioya qilgan holda xabar qilinishi kerak.
1. Voyaga yetmagan yoki birovning qaramog‘ida bo‘lgan bemorga tibbiy
yordam ko‘rsatishda tibbiyot xodimi (shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan
holatlar bundan mustasno) bolaning ota-onasi yoki uning qonuniy vakilining
roziligini olishi kerak.
2. Tibbiyot xodimi bolaning yaqinlari uning sog‘ligidagi muammoni
yetarli darajada tushunmayapti yoki unga lozim darajada g‘amxo‘rlik qilmayapti deb
hisoblasa, har qanday qonuniy yo‘l bilan bolaning huquqlarini himoya qilishi kerak.
8-bob. Tibbiyot xodimi va tibbiy jamiyat
1. Tibbiyot xodimi tibbiy jamiyatning sharafi va ezgu an'analarini himoya
qilishi zarur. Tibbiyot xodimlari bir-biriga kasb etikasi doirasida hurmat bilan
munosabatda bo‘lishi, o‘z bilim, ko‘nikma hamda tajribalarini beminnat va beg‘araz
ulashishga tayyor bo‘lishi kerak.
2. Tibbiyot xodimi o‘z ustozlariga, minnatdorchilik bilan munosabatda
bo‘lishi va hurmat saqlashi lozim.
3. Tibbiyot xodimi tibbiy jamiyatni mustahkamlashda, professional
jamoat tashkilotlari ishlarida faol ishtirok etishda, hamkasblarining sha'ni va qadr-
qimmatini himoya qilishda o‘ziga bog‘liq bo‘lgan barcha imkoniyatlarini ishga
solishi kerak. Tibbiyot xodimlari murakkab vaziyatlarda bemor manfaatlarini
inobatga olgan holda bir-biriga yordam berishlari kerak.
4. Tibbiyot xodimining hamkasblariga qaratilgan har professional
e'tirozlari bemorning manfaatlarini himoya qilish uchun yo‘naltirilgan, oqilona va
asosli bo‘lishi lozim.
5. Bir nechta tibbiyot xodimi diagnostika va davolash jarayonida ishtirok
etayotganda, olingan natijalar to‘g‘risida bir-birlarini xabardor qilishlari lozim.
6. Tibbiyot xodimlari aholi sog‘lig‘ini saqlash, shuningdek, tibbiy yordam
ko‘rsatish bilan mashg‘ul bo‘lgan xodimlar va boshqa kasb vakillarini hurmat
qilishlari lozim.
9-bob. Tibbiyot xodimi va ilmiy-tadqiqot ishlari, bioetika
1. Tibbiyot xodimi olib borayotgan ilmiy-tadqiqot ishi bemor yoki jamiyat
salomatligi va xavfsizligiga zarar yetkazmasligi kerak.
Fan va jamiyat manfaatlari inson manfaatlaridan ustun turmaydi.
1. Insonni ob'ekt sifatida jalb etib, biologik-tibbiy tadqiqot o‘tkazishga
faqat laboratoriya tajribalari o‘tkazilganidan va fuqaroning yozma roziligi
olinganidan keyingina davlat sog‘liqni saqlash tizim muassasalarida yo‘l qo‘yiladi.
Insonni biologik-tibbiy tadqiqotlarda qatnashishga majburlash mumkin emas.
2. Biologik-tibbiy tadqiqot o‘tkazishga fuqarodan rozilik olinayotganda
unga tadqiqotning maqsadi, usullari, qo‘shimcha oqibatlari, ehtimol tutilgan xavfi,
tadqiqotning qancha davom etishi va kutilayotgan natijalariga oid ma'lumotlar
berilishi lozim. Fuqaro tadqiqotning istalgan bosqichida undan qatnashishdan bosh
tortish huquqiga ega.
3. Belgilangan tartibda tekshiruv sinovlaridan o‘tmagan profilaktika,
tashxis qo‘yish, davolash usullari va dori vositalarini targ‘ib qilish taqiqlanadi.
Ushbu normani buzish qonunda belgilanganidek javobgarlikka tortishga sabab
bo‘ladi. Tibbiy amaliyotda yangi tibbiy texnologiyalar va usullar, innovatsiyalar,
tibbiy va immunobiologik dori vositalari faqatgina mavjud qonunchilikka muvofiq,
belgilangan tartibda rasmiylashtirilganidan keyin qo‘llanilishi mumkin.

Yüklə 18,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin