Doodle Banner Infographics



Yüklə 4,96 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü4,96 Kb.
#207701
JM nazariya Zayniddin

Jismoniy tarbiya darslarida pedagogik nazorat (xronometraj, pulsometriya va pedagogik tahlil) olib borish uslubiyati.

11-JM-2022-guruhi talabasi Ziyodullayev Zayniddin

Reja:


Xronometraj (darsning umumiy va motor zichligi)ning qo‘llanilishi.
O‘qituvchining tarbiyaviy ishlari, o‘quvchilarning xulqi, darsni umumlashtirish haqida ma’lumotlar berish.
Jismoniy tarbiya darslarida xronometraj darsning umumiy va motor zichligini aniqlash maqsadida olib boriladi.
Darsning umumiy zichligi deb pedagogik nuqtai nazardan to‘g‘ri foydalanilgan vaqtning butun dars davomidagi nisbatiga aytiladi.
Darsning motor zichligi deb o‘quvchilarning bevosita harakat faoliyatiga, mashq bajarishga sarflagan vaqtiga aytiladi.
Darsni tekshiruvchi xronometrajning quyidagi hujjatlarini yuritishi kerak:
a) xronometraj bayonnomasi;
b) umumiy va motor zichligi;
v) dars Xronometrajdan olingan ma’lumotlar darsning pedagogik tahlilini ma’lum darajada chuqurlashtiradi, chunki bu har xil faoliyat uchun ketadigan vaqtni oqilona sarflash imkonini beradi.
zichligining matnda yozilgan tahlili.

Dars boshlanguncha tekshiruvchi xronometraj bayonnomasiga dars vazifalarini, shuningdek, har xil bo‘limlarga yoki dars qismlariga belgilangan vaqtni aniqlab olishi kerak. Buning uchun tekshiruvchi dars o‘tuvchining konspekti bilan tanishishi shart.

Ikkinchi ustunga pedagog faoliyatining mazmuni va mashg‘ulotning ketma-ketligi aniq yoziladi. Masalan: O‘quvchilarni saflash. Raport. O‘qituvchi tomonidan dars vazifalarini tushuntirish. Mashqlarni tushuntirish. Umumrivojlantiruvchi mashqlar oddiy tarzda yoki qisqacha – egilish, sakrash va b. deb yoziladi. Uchinchi ustunga sekundomer bo‘yicha har qaysi ish faoliyatining tugash vaqti yoziladi. Masalan, o‘quvchilarning saflanishi va raportiga 2 daqiqa 10 soniya vaqt ketsa, shu ish faoliyatining to‘g‘risiga yoziladi.

O‘qituvchining mashqlarni tushuntirishga, ko‘rsatishga, ko‘rgazmali qurollarni tayyorlashga, mashg‘ulot joyini tayyorlashga, o‘quvchilarning mashqni bajarishga sarflagan vaqtlari aniq qilib tegishli ustunning to‘g‘risiga yoziladi. Dars tugaganidan keyin xronometraj ma’lumotlarini ishlab chiqish kerak. Bunda har qaysi faoliyatga ketgan aniq vaqtni topish uchun sekundomer ko‘rsatgan keyingi vaqtdan oldingisi olib tashlanishi zarur.

Tashkil qilish uchun bekor sarflangan vaqt, ya’ni o‘quv-tarbiyaviy vazifalarni echishga taalluqli bo‘lmagan harakatlar yoki vaqtdan oldin darsni tugallash, intizomning buzilishi, anjomlarning sinishi, o‘quvchining sababsiz ish faoliyatidan ketib qolishi natijasida mashg‘ulot vaqtida hosil bo‘ladigan tanaffuslar – bularning hammasi dars jarayonining oqlanmagan vaqtiga kiradi. Darsning umumiy zichligini hisoblaganda, dars uchun ajratiladigan 45 daqiqa vaqt 100% deb olinadi.

Darsning motor zichligi 44,4 %ni tashkil qiladi. Darsning umumiy va motor zichligini aniqlagandan so‘ng uni tahlil qilish kerak. Umumiy zichlikning eng yuqori bahosi 45 daqiqaning hammasini to‘g‘ri va aniq ishlatishdir. Motor zichlikning optimal darajasi katta yoki kichkinaligi darsning vazifasiga, mashg‘ulotni material tomonidan ta’minlanganligiga bog‘liq.

Hozirgi vaqtda jismoniy tarbiya darslaridagi optimal zichlik 4-5-sinflarda 37-47 % ni, 6-7-sinflarda 50-60% ni, yuqori sinflarda 70% ni tashkil qilishi kerak.


E’TIBORINGIZ
UCHUN
TASHAKKUR
Yüklə 4,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin