Dnk ga oid masalalar



Yüklə 103,5 Kb.
səhifə2/4
tarix03.06.2023
ölçüsü103,5 Kb.
#124387
1   2   3   4
DNK masala

Tuzuvchi:Karimov Ismoil
Var-1.


1.Odamlarda qo’y ko’z kulrang ko’zga nisbatan dominatlik qiladi.Qo’y ko’zli yigit kulrang ko’zli qiz bilan turmush qursa ulardan tug’ulgan farzandlarini necha % ni kulrang ko’zlai farzandlar tashkil etadi?
(yigitni otasi bu belgi bo’yicha geterozigota, onasini esa bu belgi bo’yicha resessiv )
A.50% B.25% C.75% D.100%

2.Tulkining somatik hujayrasida 38 xromosoma bor,Ularning: a.tuxum hujayrasida;


b.urug` hujayrasida;
c.urug`langan tuxum hujayrasida;
d.yangi tug`ilgan tulkilarning somatik hujayralarida qanchadan autosomalar borligini belgilang?
A.a-19; b-19; c-38; d-38
B.a-18; b-18; c-36; d-36
C.a-38; b-38; c-76; d-76
D.a-38;b-38; c-19; d-76


3. Jingalak sochli,birinchi guruhli, daltonik qiz silliq sochli,to`rtinchi guruhli,sog`lom yigit bilan turmush qurgan.Ulardan tu`g`iladigan o`g`ilni genotipini ko`rsating?
A.AaIAIoXDY C.AaIBIBXdY
B.AaIAIoXdY D.AaIBI0XDY


4. DNKning 20%ni G tashkil qilib shu DNK tarkibidagi G va S o`rtasida 54 ta H2 bog` mavjud.Shu DNK ning uzunligini(a),jami vodorod bog`lar (b),va shu DNK dan sintezlangan i-RNKdagi nukleotid (c) sonini toping?
A.a-15,3nm; b-216; c-90 B.a-30,6nm; b-90; c-216
C.a-15,3nm ; b-108; c-45 D.a-30,6 nm; b-108; c-110

5. Rang ajratolmaslik(daltonizm) va nomozshomko`rlikni yuzaga chiqaruvchi genlar X xromosomada joylashgan bo`lib,ular bir-biri bilan to`liq birikkan resessiv gen hisoblanadi.O`naqaylik esa dominant belgi bo’lib autosomada joylashgan.Chapaqay,normal ko`rishga ega bo`lgan(ammo onasi nomozshomko`r,otasi esa rang ajrata olmaydigan ) ayol shu belgilar bo`yicha sog`lom o`naqay(geterozigotali) erkak bilan turmush qurdi.Bu oilada tug`ulgan farzanlarning necha foizi chapaqay,va ikkala kasallik bo`yicha sog`lom?


A.50 B.75 C.25 D.100


6. Makkajo`xori maysalarining yashil bo’lishi sariqlikdan,xira bo`lishi yaltiroq bo`lishligi ustidan dominantlik qiladi va bu genlar bitta xromosomada joylashgan bo`lib brikkan holda irsiylanadi.Digeterozigotali o`simlik sariq,yaltiroq formasi bilan chatishtirilganda F1 da 1200 ta o`simlik olindi F1 dagi organizmlarning 106 tasi sariq,xira,110 tasi esa yashil,yaltiroqni tashkil qiladi.Brikish foizini toping?
A.18% B.20% C.64% D.82%


7. Quyonlarda quloq suprasini uzun(24sm) bo`lishi A1A1A2A2 kaltaligi(12sm) a1a1a2a2 genotip belgilaydi.Bunday zotlarning o`zaro chatishtirilsa, F2 olingan avlodlarning necha %i 24 sm va 21sm quloq suprasiga ega bo`ladi?
A.6,25; 25 B.25; 18,75 C.18,75; 6,25 D.6,25; 37,50

8. Fenilketonuriya bo’yicha kasallangan,gemofilya bo’yicha sog`lom ayol, I qon guruhli daltonizm bo`yicha kasal yigitga turmushga chiqqan.Ushbu oilada fenilketonuriya bo`yicha kasal, I va II qon guruhli farzandlar va gemofilya va daltonizm bo`yicha kasal o`g`il bollar tug`ilgan.Qiz bollarning hammasi gemofilya bo`yicha sog`lom bo’lgan.Ushbu oilada fenilketonuriya bo`yicha sog` qiz bollarning necha foizi daltonizm bo`yicha sog`lom?


A.50 B.12,5 C.25 D.6,25


9. Jinsga birikkan holda nasldan-naslga o`tishda quyidagi qanday genotipli ota-onadan daltonik o`g`illar tug`ilishi mumkin?
1) XDXD x XDY; 3) XDXd x XDY;
2) XdXd x XDY; 4) XDXD x XdY
A.2,4 B.3,4 C.2,3 D.1,2

10. Qaysi chatishtirishdan universal retsipient farzand tug`iladi?


A.IAIo x IBIb C.IBIB x IoIo
B.IAIB x IoIo D.IAIA x IoIo


11. Sichqonlarning rangi ikki juft allel bo'lmagan va birikmagan genlar bilan ifodalanadi. Birinchi juftning dominant geni kulrangni, retsessivi esa qora rangli bo'lishini, ikkinchi juftning dominant geni rangning hosil bo'lishiga yordam beradi,uning retsessiv alleli esa rang hosil bo'lishiga to'sqinlik qiladi.Digeterozigota genotipli sichqonlardan tug`ilgan avlodlarning necha foizi ota-onaga o`xshash fenotip va genotipga ega?
A.56,25 B.18,75 C.25 D.12,25


12. Shaftoli o`simligida mevasining tukliligi silliqligidan,meva etining oqligi sariqligi ustidan dominantlik qiladi.Mevasi tukli bo’lgan shaftoli bilan meva eti oq bo’lgan va faqat bitta belgisi bo`yicha gomozigotali shaftolilar chatishtirilganda F1 da 126 ta mevasi silliq meva eti sariq bo’lgan shaftolilar olindi.
F1 dagi jami organizmlar sonini toping?
A.68 B.252 C.126 D.504


13. Insulin tarkibida 25ta aminakislota uchrab shu insulin sintezlangan DNK ning 24% G tashkil qiladi.Shu DNKdagi A soni(a) va jami vodorod bog`lar(b) sonini toping?
A.a-39 ;b-186 B.a-78; b-189
C.a-39; b-189 D.a-36; b-200


14. Odamlarda sochning qora rangi malla rang soch ustidan, sepkillilik sepkilsizlik ustidan dominantlik qiladi. Qora sochli sepkilli (ikki belgi bo`yicha geterozigotali) yigit, malla sochli, sepkilsiz ayol bilan turmush qursa, avlodda genotip bo'yicha qanday ajralish olinadi?
A.1:1:1:1 B.1:4:6:4:1 C.1:2:1 D. 9:3:3:1


15. Bo`g`doy o`simligida donining rangi polimer genlar ta`siriga bog`liq.Genotipida 4 ta dominant gen kelishi donni rangini qizil bo`lishini 3ta dominant kelishi och qizilni,2 ta dominant gen kelishi pushti,1ta dominant gen kelishi och pushti,faqat resessiv genlar kelishi oq bo`’lishini ta`minlaydi.Fenotip jihatdan o`xshah,genotip jihatdan har xil bo`lgan o`simliklar chatishtirilganda F1 dagi organizmlarning 455 ta doni qizil bo’ldi F1da 3 xil fenotip guruh hosil bo`lgan.F1 dagi genotipi ota-onaga o`xshash o`simliklar sonini toping?
A.455 B.910 C.1655 D.2020


16. Gipertoniya geni autosomaga bog’liq dominant holda irsiylanadi. Ko`z qorachig`ini to`liq ko`rinmasligi jinsiy X xromasoma orqali o`tuvchi retsessiv belgi hisoblanadi.Quidagi AaXAXa x AaXAY ota-ona turmushidan gipertonik qizlarning tu`g`ilish ehtimolligini toping?
A.25% B.37,5% C.50% D.12,5%

17. O`naqay,qo`y ko`zli (otasi chapaqay,kulrang ko`zli onasi esa o`naqay ,qo`y ko`zli) yigit,ota-onasi chapaqay,singlisi kulrang ko`zli ,o`zi esa qo`y ko`zli(geterozigotali) bo’lgan qizga uylangan.Ushbu oiladagi o`naqay,qo`y ko`zli farzandlarni chapaqay,qo`y ko`zli farzandlarga nisbati qanday bo’lishini aniqlang.


A.3:3 B.1:1:1:1 C.3:1 D.2:2
18. Dala sichqonida junning sariq rangda bo`lishini ta`minlovchi gen dominant bo`lib, pleyotrop ta`sirga ega.Sariq rangdagi erkak va urg`ochi sichqonlar chatishtirilganda 124 ta erkak va 62 ta kulrang sichqonlar olingan.Ota-ona genotipi va nobud bo`lgan sichqonlar sonini toping?
A.Aa x Aa; 62 ta AA B.AA x AA; 124 ta AA
C.Aa x aa; 186 ta Aa D.AA x aa; 62 ta Aa


19. Glaukoma kasalligi katta yoshdagi odamlarda bir necha yo'l bilan nasldan-naslga o'tadi. Bu kasallikning bitta turi autosomada joylashgan dominant gen bilan, ikkinchi turi retsessiv autosoma geni bilan ifodalanadi. Bu genlar bir-biri bilan birikmagan holda irsiylanadi.Agar ota-onalar ikkala patologik genlar bo'yicha geterozigotali bo'lsa, har ikkala turi bo`yicha sog` bollarning tug'ilish ehtimoli nechaga teng?
A. 1/16 B. 9/16 C.15/16 D.3/16

20. Axborot tashuvchi RNK tarkibida nukleotidlar quyidagi nisbatda uch-raydi: guanin-31, uratsll-19, sitozin-21, adenin-29. Mazkur i-RNK molekulasi asosida uning sintezida ishtirok etgan DNK molekulasining tarkibidagi nuk-leotidlar miqdorini aniqlang.



  1. T-48; A-48; G-52; S-52

  2. T-29; A-29; G-31; S-31

  3. T-19; A-29; G-21; S-31

  4. T-29; A-19; G-21; S-31



21. Itlarning junni rangi ikki juft noallel genlarga ta`siriga bog`liq.A-gen junning qora bo’lishini a-gen esa jun rangini jigarrang bo`lishini ta`minlaydi.B-gen esa ularni ta`sirini bo`g`ib junni rangsiz bo`lishini ta`minlaydi,uning resesivi esa yordamchi vazifasini bajaradi. Oq rangli urg`ochi it qora rangli erkak it bilan chatishtirilganda (ikkala organizm ham faqat bitta belgisi bo`yicha geterozigotali) F1dagi barcha organizmlarning junining rangi oq bo`ldi . F1 dagi genotip jihatdan bir-biridan farq qiluvchi organizmlar o`zaro chatishtirilganda F2 dagi qora rangli organizmlarning, jigarang rangli organizmlarga nisbati bir xil bo`ldi. F2 da 80 ta organizm hosil bo`lgan.F2 dagi qora va jigarrang rangli organizmlar qanchani tashkil qiladi?
A.60 B.20 C.10 D.40


22. Tovuqlarda tojning shakli ikki juft komplamentar genlarga bo`g`liq. Bir xil genotipli yong`oqsimon tojli tovuqlar o`zaro chatishtirildi. F1 da 256 ta nasl olindi. Ulardan nechtasi yong`oqsimon, gulsimon, no`xatsimon va oddiy tojli bo`ladi ?
A.144; 48; 48; 16. C.48; 144; 48; 16
B.122; 26; 26; 12 D.16; 48; 48;144

23. Gemofilya X xromosomada joylashgan resessiv gen hisoblanadi. II qon guruhli gemofilya bo`yicha sog`lom va geterozigotali ota-onadan tug`ilgan,II qon guruhli farzandlarni necha foizi gemofilya bo`yicha kasal ?


A.12,5 B.25 C.50 D.75

24. II qon guruhli,polidaktilya bilan kasallangan ayol,III qon guruhli polidaktilya bilan kasallangan erkakka turmushga chiqqan.Er-xotinni onallari I qon guruhli va normal barmoqqa ega.Ushbu oilada tug`ilgan IV qon guruhli polidaktilya bilan kasallangan farzandlarni,III qon guruhli polidaktilya bilan kasallangan farzandlarga nisbati qanday?


A.3:3 B.1:1:1:1 C.3:1 D.2:2


25. Oshqovoqlarning mevasining shakli genlarning komplementar ta`siriga bog`liq bo`lib,genotipda A-B kelishi mevaning shaklini gardishsimon bo`lishini ,A-bb,aa-B kelishi esa yumaloq bo’lishini,genotipda faqat resessiv genlar kelishi mevani shaklini uzunchoq bo`lini belgilaydi.Fenotip jihatdan o`xshash,genotip jihatdan har xil bo`lgan o`simliklar chatishtirilganda F1 da fenotip bo`yicha nisbat 6:2 bo`ldi va jami 1200 ta o`simlik olindi.F1 dagi faqat bitta belgisi bo`yicha gomozigotali gardishsimon o`simliklar sonini toping?
A.450 B.300 C.600 D.900


26. Quloq suprasi 24 sm bo`lgan quyon, quloq suprasi 15 sm (a1a1A2a2) quyon bilan chatishtirilgan.Keyingi bo`g`inda qanday fenotipik ajralish nomoyon bo`ladi?
A.2:1 B.1:1 C.1:1:1:1 D.3:1

27. Achambiti o’simlikini mevasini shakli bir juft polimer genlar (A1vaA1)bilan belgilanadi.Mevaning uchburchak shakli dominant holda,tuhumsimon shakli resissev holda irsiylanadi.Uchburchak shaklli degeterozigotali o’simliklar o’zaro chatishtirildi. va F1da 960ta o’simlik olindi.Shulardan nechtasi uchburchak shaklga ega bo’ladi?


A.900 B.60 C.360 D.240

28. Oshqovoqlarning mevasining shakli genlarning komplementar ta`siriga bog`liq bo`lib,genotipda A-B kelishi mevaning shaklini gardishsimon bo`lishini ,A-bb,aa-B kelishi esa yumaloq bo’lishini,genotipda faqat resessiv genlar kelishi mevani shaklini uzunchoq bo`lini belgilaydi.Fenotip jihatdan o`xshash,genotip jihatdan har xil bo`lgan o`simliklar chatishtirilganda F1 da fenotip bo`yicha nisbat 6:2 bo`ldi va jami 1200 ta o`simlik olindi.F1 dagi faqat bitta belgisi bo`yicha gomozigotali gardishsimon o`simliklar sonini toping?


A.450 B.300 C.600 D.900

29.Digeterozigotali sariq rangli,silliq shaklli donga ega ikkita no`xat navlari o`zaro chatishtirilgansa,avlodda sariq donning soni yashil rangga,silliq shaklining soni burishgan shaklga qanday nisbatda bo`ladi?


A.har bir belgisi bo`yicha 1:1
B.har bir belgisi bo`yicha 3:1
C.har bir belgisi bo`yicha 9;3;3;1
D.har bir belgisi bo`yicha 2:1

30.Quyonlarda junning silliqligi va oqligi , xurpaygan va qoraligiga nisbatan resessivdir.Quyidagilardan qaysi birida fenotip va genotip guruhlar soni bir xil bo`ladi?


A.AaBb x aabb B.Aabb x aaBb
C.AAbb x AaBb D.A,B


33To’tiqushlarda patining rangi ikki juft noallel genlarni komplentar tasiriga bog’liq.Genotipda A-B kelishi patning yashil bo’lishini,A-bb kelishi patning havorang bo’lishini,aa-B kelishi patning sariq bo’lishini, aabb oq bo’lishini ta’minlaydi.Yashil urg’ochi to’ti qush havorang rangli erkak to’ti qush bilan chatishtirildi.F1 da erkak to’ti qushning fenotipi yuzaga chiqmadi F1 dagi organizmlarning 78 tasi fenotip jihatdan ota-onadan farq qildi. F1 dagi urg’ochi to’tiqushga fenotip jihatdan o’xshash va fenotip jihatdan farq qiluvchi organizmlar o’zaro chatishtirilib F2 olindi. F2 da 75 ta oq patli organizmlar olindi.F1 va F2 dagi genotip jihatdan faqat bitta belgisi bo’yicha sof bo’lgan organizmlar qanchani tashkil qiladi?
A.600 B.456 C.606 D.450
34.Sichqonlarda junining rangi ikki juft noallel genlarni komplentar tasiriga bog’liq.Agar genotipda A-B kelsa junning rangi aguti (kulrang ), A-bb kelsa junning rangi qora qolgan holatlarda esa junning rangi oq bo’ladi Qora rangli urg’ochi sichqon bilan oq rangli erkak sichqon chatishtirilganda ota-onaga o`xshagan va o`xshamagan organizmlar hosil bo’ldi.F1 dagi ota-onadan farq qiluvchilar 63 tani tashkil qildi.F1 dagi fenotip jihatdan erkak sichqondan farq qiluvchi sichqonlar o`zaro chatishtirilib F2 olindi. F1 va F2 dagi qora sichqonlar soni bir xil bo’ldi. F1 va F2 dagi oq sichonlar sonini (a), F2da necha xil genotip guruh hosil bo’lganini aniqlang(b)
35. Bo`g`doy o`simligini ma`lum bir DNK sidan sintezlangan i-RNK dan 250 aminokislotadan iborat gliadin oqsil sintezlanadi.Shu DNKga bir bakteriyaning plazmidi rekombinatsiyalandi.(plazmid tarkibida 210 A bo`lib umumiy nukleotidlarni 28% tashkil qiladi) Plazmid kirgandan so`ng DNK tarkibidagi A foizi 32 % ni tashkil qildi.Bo`g`doy o`simligini dastlabki DNK sidagi G soni toping.
A.480 B.510 C.1020 D.240


36.Ma`lum bir DNK ni bitta zanjirida guanin soni 250 ta bo`lib shu zanjirni 20 % tashkil qiladi.Shu zanjirdan sintezlangan t-RNK esa G soni 270 ta.t-RNKdagi purin asoslarini 55% ni A tashkil qilsa shu zanjirdagi U sonini toping.
A.400 B.330 C.250 D.270



Yüklə 103,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin