180
Xristianlar uchun esa nikoh va oilaviy munosabatlar ma
joziy ma’noda Xudoning tashqi ko‘rinishini ifodalovchi maro
simlardan biri bo‘lishi bilan birgalikda,
Iso Masihga nisbatan
muhabbatni qay darajada ekanligini ko‘rsatuvchi sirli (tainstvo)
hodisa hisoblanadi. Chunki, Injil ko‘rsatmalariga ko‘ra, «erxo
tin Masih tanasining a’zolaridir» (Injil. Efesliklarga maktub,
6:2230) hamda inson hech qachon o‘z tanasini yomon ko‘rma
ganidek, erxotin ham birbiriga muhabbat asosida munosabat
da bo‘lib, Iso Masihga nisbatan yuksak muhabbat va hurmatini
izhor qilishi kerak.
Xristianlikka binoan, oilalar cherkov xizmatidagi xodimlar deb
baholanadi. Shu tufayli oila vakillari xristiancha turmush tar
zini targ‘ib qilish, unga rioya qilish va undan faxrlanishga chaqiri
ladi. Qolaversa, xristian oila vakili o‘z saxovati va axloqi orqa
li muqad das Xushxabarga sadoqat ko‘rsatishga mas’uldir. Oilada
erxotinning o‘zaro muhabbati hamda farzandlarning odobli bo‘lishi
Muqaddas Xushxabarning tashviqoti va unga nisbatan iftixor ram
zi sanaladi. Shuningdek, otaonalar farzandlarini Xudoni ulug‘lash
ga, hayot musibatlari sababini to‘g‘ri tushunishga, o‘zgalar, ayniqsa,
zaif va qariyalarga ehtirom ko‘rsatishga o‘rgatish orqali xristian tur
mush tarzini namoyon etgan bo‘ladilar.
Xristian oila a’zosi insonlarga (qaysi dinga e’tiqod qilishidan
qat’i nazar) ko‘mak va hurmat ko‘rsatishni ifodalovchi ijtimoiy
tadbirlarda faol bo‘lishga buyuriladi. Xususan, oila vakillari jami
yatdagi keksalar,
yosh bolalar, jismonan ojiz va moliyaviy nochor
kimsalarga ijtimoiy va iqtisodiy madad berishga mas’ul sanala
di. Bu borada, farzandlar yoshligidanoq ijtimoiy faol va jamiyat
a’zolariga e’tiborli bo‘lishni o‘zlashtirishida otaonaning javob
garligi yuqoridir.
Xristian otaonaning bosh vazifasi va majburiyati o‘z farzandi ni
e’tiqodli qilib tarbiyalashdir. O‘z shaxsiy namunasi hamda muqaddas
181
Xushxabar nasihatlari orqali, otaona juda yoshligidanoq farzandiga
ezgu fazilatlar, mas’uliyatlilik haqida ta’lim beradi. Diniy ta’limot
ga ko‘ra, otaona zimmasiga farzand tarbiyasi bo‘yicha uch shart
ga amal qilish yuklanadi. Birinchi, bolaga ezgu axloqlarni o‘rgatish,
bu bilan bolada yaxshi va yomon o‘rtasini farqlay olish qobiliyati
ni shakllantirish ko‘zda tutiladi. Ikkinchi, bolada dindorlik hissini
tug‘dirish, bu orqali unda shaxsiy va ijtimoiy sifatlar rivojlanishi
maqsad qilinadi. Uchinchi, farzandni Xudoning bolasi sifatida hur
matlash talab qilinadi, mazkur hurmatni esa farzandining ruhiy va
jismoniy ehtiyojlarini qondirishda fidokorlik ko‘rsatish bilan ifoda
lash kerak bo‘ladi.
Islom dinida ham nikoh va oila munosabatlariga alohida e’ti
bor qaratilib, Qur’oni karim oyatlari va Muhammad payg‘ambar
(a.s.) hadislari orqali musulmonlar turmush qurishlikka targ‘ib
qilinadilar. Shu bilan birga, ular qonuniy nikoh vositasida tug‘ila
digan farzand sababidan inson naslining davomiyligini ta’minla
gan, qolaversa, farzandni go‘zal axloqli qilib
tarbiyalash bilan Yer
yuzini obod bo‘lishiga hissa qo‘shgan hisoblanadilar.
Shu nuqtayi nazardan, o‘tmishda o‘tgan solih kishilar odob
ning yuksak ahamiyatini chuqur anglab yetib, farzandlari tarbi
yasiga jiddiy e’tibor berishgan.
Payg‘ambar sahobalaridan Abdulloh ibn Umar (r.a.) har bir
otaonaga tarbiyada tenglik va o‘zaro hurmat muhim o‘rin tutishini
uqtirib, quyidagilarni aytadi: «Farzandingizga ta’lim bering, chunki
siz uning ilmli va odobli bo‘lishi uchun mas’ulsiz, shundagina siz un
dan hurmat va itoatni talab qilsangiz bo‘ladi».
Muhammad payg‘ambar (s.a.v.)ning ko‘plab hadislari
da
farzandga shaxsiy, tozalik va ijtimoiy odoblarni o‘rgatishlik
ka qattiq targ‘ib qilinadi. Ayniqsa, mazkur mavzuga oid hadis
lardan birida kishi farzandini go‘zal odobga odatlantirishi haqdor
kimsani taomlantirishdan ko‘ra afzal ekanligi ta’kidlanadi. Bosh
182
qa bir hadisda Payg‘ambar (s.a.v.) marhamat qilishicha, kishi o‘z
farzandiga chiroyli odobdan ko‘ra afzalroq hadya taqdim qila ol
maydi.
Shu tufayli Ali alMadaniy aytadi: «Farzandga odobni me ros qilib
qoldirish moddiy buyumni meros qoldirishdan afzalroqdir. Chunki
odob unga mablag‘, yuqori martaba, insonlarning muhabbati, dunyo
va oxirat yaxshiligiga erishishi uchun yordam beradi».
Muhammad Nur Suvayd Muhammad payg‘ambar (s.a.v.)
hadi slari va o‘tgan solih insonlar o‘gitlarida qattiq urg‘u
berilgan,
bolalarga ta’lim berish lozim bo‘lgan fazilatlar, umumlashgan ho
latda, to‘qqiz turga bo‘linishini ta’kidlaydi: 1. Otaonaga chiroy
li munosabatda bo‘lish. 2. Olimlarga go‘zal muomalada bo‘lish.
3. Kattakichikka hurmat va ehtirom ko‘rsatish. 4. Musulmon
birodariga chiroyli munosabatda bo‘lish. 5. Qo‘shnichilik odobi.
6. Ruxsat so‘rash odobi. 7. Ovqatlanish odobi. 8. Kiyinish odobi.
9. Qur’oni karim va uning tilovatiga hurmat ko‘rsatish.
Xulosa qilib aytganda, ta’limtarbiya o‘zagini tashkil qiluvchi
diniy qadriyatlar doirasida vatanparvarlik, mehrshavqat, mehnat
sevarlik, bag‘rikenglik, oilaparvarlik kabi fazilatlar yuksak qadrla
nadi. Xususan, samoviy dinlar ta’limoti bo‘yicha milliy ruhiyat
ni
shakllantirish, jamiyatda umuminsoniy va xalqchil g‘oyalardan
iborat mafkurani qaror toptirish hamda urfodat va an’analar ning
barhayotligini ta’minlash uchun yuqoridagi singari fazilatlar mu
him o‘rin tutadi.
Dostları ilə paylaş: