208
tahlil orqali kuzatish mum
kin.
Musiqani ko‘plab dinlar
ning ibodat marosimlari bi
lan uzviylik asosida aks
etishini tasodif sifatida baho
lash mumkin emas. Bu haq
da XX asrning yetakchi di
rijyori Leopold Stokovskiy
«Musiqa barchamiz uchun» asarida musiqa va musiqachiga quyi
dagicha ta’rif beradi: «Haqiqiy musiqachi shu qadar qunt bi
lan musiqani ilg‘ashi kerakki, go‘yo u bilan qorishib ketmog‘i
lozim. Shunda uning ongi ostida shunday hodisa yuzaga keladi
ki, hatto biz uni qanday nomlashni ham bilmaymiz. Shu chog‘da
musiqa yetaklovchi kuch, ulkan qudrat hamda tabiat in’om et
gan favqulodda iste’dod o‘laroq namoyon bo‘ladi.
Musiqachi bu
qudratning erkin parvoziga yo‘l ochishi, unga o‘zini topshirishi
va bo‘ysunishi lozim. Shundagina ijrochi sozanda va tinglovchi
ni yaxlit bir jo‘shqinlik o‘ziga qamrab oladi. Qarshimizda go‘yo
samovot darvozalari ochilib, ilohiy ovoz chaqirig‘ini tinglagan
day bo‘lamiz».
«Bibliya» tarkibidagi Psaltir kitobida shunday deyiladi: «Os
monlar tangrining hamdusanosini
yoyadi va u zotning qudrat
qo‘lidagi ish mustahkam asosga ishora qiladi». Mazkur bitiklar
«Религия в истории и культуре» nomli darslikda muallif tomo
nidan quyidagicha sharhlanadi: «O‘zgacha bir ohanglar uyg‘unli
gi butun olam qahriga singib ketgan. Nafaqat insoniyat va qush
lar, balki jonsiz daraxt va toshlardan tortib eng kichik zarraga
qadar kuylaydi. Yaqinda astrofiziklar
quyoshni past pardalarda
o‘z kuyini ijro qilayotganini kashf etib, yozib olishgan edi. Barcha
ko‘rinishdagi ohanglar uyg‘unligi olam tuzilishiga mutanosib alo
qada ekani ma’lum bo‘ldi. Bu uyg‘unlikni ilg‘agan e’tiqodli
shaxs
uni ilohiy ovoz chaqirig‘i hamda olamni yaratgan zotning oqilo
na ishlaridan biri sifatida qabul qiladi».
Cherkovda xor ijrosi
209
Shu singari musiqa haqidagi qadimgi pifagorchilar g‘oya
larini tasdiqlovchilar fikriga ko‘ra osmondagi ilohiy tana hara
kati tufayli ajoyib musiqa paydo bo‘ladi. Butun koinot o‘zida
uyg‘unlik asosiga qurilgan, musiqa taratuvchi tanani namo yish
etadi. Koinotning jarang sochishi haqidagi
tasavvur asrlar osha
turlituman boshqa tasavvurlar bilan o‘rin almashdi. Mazkur
g‘oyalar patristika orqali o‘rta asr musiqa nazariyasi, uyg‘o nish
davri estetikasi orqali esa hozirgi zamon musiqa nazariyasiga
cha bo‘lgan uzoq yo‘lni bosib o‘tdi.
Diniy ruhdagi koinotning
musiqaviy sadolari haqidagi tasavvurlar keyinchalik tangri ni
dosi sifatida e’tiqod qilinadigan vahiy tushunchasining paydo
bo‘lishiga turtki bo‘lib xizmat qildi. Ushbu tasavvurlarga ke
yinroq turli manbalarda botbot murojaat qilinganini kuzatish
mumkin.
Tangrining nidosi meni chorladi,
Dostları ilə paylaş: