196
monixeychilik, buddaviylik, hinduizm, zardushtiylik va b. diniy
va falsafiy ta’limotlarning mistik g‘oyalarining ta’siri qayd etilgan.
Biz bu o‘rinda o‘zga xalqlar (dinlar) ma’naviy qadriyatlaridan ham
bahramand bo‘la oladigan xalqgina ruhan eng kuchli xalqdir, de
gan fikr ayni so‘fiylik misolida yorqin tasdiqlanadi deb o‘ylaymiz.
Ayni paytda bilim o‘zining eng yuksak cho‘qqisida umumiyat, bir
lik kasb etadi va shu ma’noda biz bir ezoterik ta’limot ikkinchisi
ni takrorlaydi yoki uning g‘oyalarini o‘ziga singdirib yo ko‘chirib
oladi, degan qarashlar to‘g‘ri emas deb hisoblaymiz.
Lekin tarixiy davrlarning o‘ziga xosligi nuqtayi nazaridan yon
dashilsa, ko‘hna manbalardan birida aytilgan «Hikmat ilmi Misr
da shakllangan, falsafasi – Hindistonda, amaliyoti – Markaziy
Osiyoda» degan qarashlarda ham asos bor deb hisoblaymiz. Ze
ro agar amaliyot intuitsiyaning, ya’ni g‘ayb ilmining mevasi ekani
nazarda tutilsa va bu meva butun jahon ma’naviyati bilan oziqla
na olishi haqidagi yuqoridagi xulosamizni ham hisobga olsak, u
holda biz o‘z Vatanimiz avliyolari bilan nechog‘li faxrlanishimiz
mumkinligi ko‘rinadi. Shuningdek, agar bu masalaga hozir eng
yangi fan oldinga surayotgan «xalq genetik xotirasi» konsepsiya
si nuqtayi nazaridan yondashsak, Vatanimizning kelajagi buyuk
bo‘lishi uchun katta asos borligi ham ko‘rinadi.
Tasavvuf ilmi shakllanishida Markaziy osiyolik ulamolar ham katta
hissa qo‘ishgan
Dostları ilə paylaş: