184
ko‘ra ancha yuqorilab ketgan, ya’ni bu davlatlarda belanchakdan
ko‘ra tobutga ehtiyoj ko‘proq. Ta’bir joiz bo‘lsa, katoliklar, protes
tantlar, pravoslavlar – barchabarchasi g‘arb tamaddunini «ko‘mish
marosim»ida ishtirok etmoqda».
Ikkinchi – g‘arbning madaniy yaxlitligiga zarba berayotgan
turli irq, e’tiqod va madaniyatga mansub kishilarning ommaviy
muhojirligi. Ma’lumotlarga ko‘ra, birgina Kaliforniya shtatida
gi muhojirlarning soni (8,4 million kishi) butun boshli Janubiy
Kaliforniya shtati aholisidan ko‘p ekani aniqlangan.
Uchinchi – davlatlarning parchalanishi va hokimiyatning
milliy hukumatdan «dunyo hukumati» deb ataladigan jahon miq
yosidagi hukmron kuchga bosqichmabosqich topshirilishi.
To‘rtinchi – nasroniy din va axloqqa zid bo‘lgan g‘oya va qa
rashlarning singdirilishi oqibatida azaliy qadriyat, urfodat va
an’analarning yemirilishi.
Ma’lumki, g‘arb mamlakatlarining ijtimoiyiqtisodiy taraq
qiyotning yuksak cho‘qqilariga ko‘tarilishida nasroniy qadriyat,
urfodat va an’analar, diniy axloqning ahamiyati beqiyos bo‘lgan.
Aniqroq aytganda, nasroniylik g‘arb tamaddunini vujudga keltir
gan, uning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy tuzumining g‘oyaviymaf
kuraviy negizlari, milliyetnik ongning ma’nomazmunini bel
gilab bergan yetakchi omil sifatida xizmat qilib kelgan. Ammo
o‘tgan asrning so‘nggi choragi va XXI asrning boshlarida aksari
yat rivojlangan mamlakatlar ijtimoiy, ma’naviymadaniy hayoti
da yuz berayotgan salbiy o‘zgarishlar, chunonchi, azaliy nasroniy
qad riyat va axloqqa zid qarashlar paydo bo‘layotgani hamda jami
yat hayotiga izchil joriy etilayotgani g‘arbdagi ko‘plab mutaxas
sislarni tashvishlantirmoqda.
Dostları ilə paylaş: