Inson - ijtimoiy maxluq deganlari bejiz emas. Zero, inson
sifatida shakllanish uchun odamdan tug‘ilgan bolishning
o‘zi kifoya emas. Inson dunyoga keltirgani holda, insonlar-
dan ayro yashagan odam inson sifatida shakllana olmaydi.
Bunga hayotda ancha-muncha misollar bor. Shunga ko‘ra,
bizning ongimizdagi bilim va tasavvurlarning aksari vorisiy
xarakterga ega. Ya’ni bugungi kun chaqalog‘ining ongida
mavjud imkoniyatlar olis ajdodlar ongida mavjud imkoni-
yatlardan chandon baland, zero, unda asrlar davomida
to‘plangan informatsiya kodlangan holda mavjuddir. Bun-
dan ko'rinadiki, shakllanishi jihatidan ong ijtimoiy xarakter
ga ega, bizda mavjud olam haqidagi bilim va tasavvurlar
faqat o‘z ongimizning mahsuli, miyamizning faoliyati nati-
jasigina emas.
Ayni shu o‘rinda individual ong bilan yonma-yon qo'lla-
nuvchi «ijtimoiy ong» tushunchasini oydinlashtirib olish
darkor. Ijtimoiy ong deganda kishilik jamiyati taraqqiyoti-
ning muayyan bosqichida o‘sha jamiyat a’zolarining ongida
mavjud bo'lgan borliq (olam, odam, jamiyat) haqidagi bilim-
lar, tasavvurlarning jami tushuniladi. Ijtimoiy ong bevosita
jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’rifiy-taraqqiy darajasi bilan
bog'liq bo‘ladi. Shuning uchun ham, aytaylik, ibtidoiy jamiyat
kishisi bilan hozirgi zamon kishilari ongidagi olam va odam
haqidagi bilimlar orasidagi farq yer bilan osmoncha.
Ijtimoiy ongni, ya’ni dunyo haqidagi bilim va tasavvurlar-
ni hosil qilish, ularni boyitishga xizmat qiluvchi sohalarning
bari ijtimoiy ong shakllari deb yuritiladi. Shu jihati borligi-
ni nazarda tutgan holda
Dostları ilə paylaş: