tavsiflash asosida lirik qahramon kechinmalarini ifodalov-
chi she’rlarning bari tavsifiy lirikaga mansubdir. Jumladan,
A.Oripovning vatan tavsiflangan « 0 ‘zbekiston», hazrat
Navoiyga bag'ishlangan «Alisher», nogoh uchragan go‘zal
tavsiflangan «Go'zallik» kabi she’rlari ham tavsifiy lirika
namunalari sanaladi.
Hozirgi she’riyatda ancha keng tarqalgan voqeaband
lirikaga ham tavsifiy lirikaning bir ko'rinishi sifatida qa-
raladi. Sababi, kechinmalar narsa-hodisa tavsifi (tasvi-
ri) asosida ifodalanuvchi tavsifiy lirikaning boshqa ko‘ri-
nishlaridan voqeaband lirikaning bittagina farqi bor: uning
asosida voqea yotadi. Shuningdek, unda ham voqeani
tasvirlash maqsad emas, balki vosita sanaladi. Maqsad
esa voqea ortida uni hissiy mushohada etayotgan lirik
subyekt qalbini akslantirishdir. Shu bois voqeaband liri-
kada voqea to‘laqonli tasvirlanmasdan, punktirlar bilan
chizijadi: uning eng muhim detallarini olib, eng qizg‘in,
kulminatsion nuqtalariga urg‘u berish bilan kifoyalaniladi.
Tasvir ko‘lami, bir tomondan, o‘sha voqea ta’sirida yu-
zaga kelgan his-tuyg'uni ifodalash, ikkinchi tomondan,
o‘quvchining uni tasavvur qila oiishi, lirik kechinmaga
turtki bolgan asosni his qila oiishi uchun yetarli bo'li-
shi bilan belgilanadi. Ta’kidlab aytish kerak, voqeaband
she’rlarning barini ham lirik turga mansub asarlar sifati
da tushunish unchalik to‘g‘ri emas. Qachonki she’rda
tasvirlanayotgan voqea his-tuyg‘ularni ifodalash vositasi
bolsa, bas, voqeadagi buning uchun zarur parchalargina
uzib olib tasvirlangan (ya’ni voqea to‘laqonli gavdalanti-
rilmagan) bo'lsa, voqeaband she’r haqida gapirish mum-
kin bo‘ladi. Masalan, A.Oripovning «Ayol», «Yomg'irli kun
edi» she’rlarini voqeaband lirika namunasi desak, uning
«Sharq hikoyasi», «Hangoma» asarlari she’riy yo‘lda yo-
zilgan kichik hikoyatlar, ya’ni mohiyatan epik xarakterdagi
asarlar sifatida tushunilgani to‘g‘riroq boladi.
Dostları ilə paylaş: