keltirib chiqarishi tabiiy, shu bois awal ayni masalani oydin-
lashtirib olish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Avvaio, an’anaviy ravishda «badiiy til» («poetik til») ata-
masini faol qo'llab kelayotganimiz holda, u anglatadigan
tushunchaning g'oyat mavhum ekanini ta’kidlash lozim.
Yirik rus olimi G.O.Vinokur umrining so'nggi yilida yozilgan
«Poetik til tushunchasi» nomli maqolasida badiiy asar tili
haqidagi mulohazalarini jo'ngina qilib «Poetik til deganda
eng aw al badiiy asarlar (yozish)da ishlatiladigan til tu-
shunilishi mumkin» degan jumla bilan boshlagan edi.1 Ta
biiy savol tug'iladi: badiiy asarlar yozishda ishlatiladigan til
«umumxalq tili», «milliy til», «adabiy til» atamalari bilan yu-
ritiluvchi, biz kuridalik aloqa-aralashuvda foydalanadigan
tildan boshqa narsami? Yo‘q, albatta, badiiy asarlar yozish
da ham «umumxalq tili» yoki «milliy til» deb ataluvchi tildan
foydalaniladi, ma’lum darajada «adabiy til» me’yorlariga
amal qilinadi. Demak, bu jihatdan qaralsa, «badiiy til»ning
mavjudligi shubha ostida qoladi. Ikkinchi tomondan, milliy
tildan foydalanib asar yaratildi degani nutq hodisasi amal-
ga oshdi va yozuvda muhrlandi deganidir. Ya’ni bu holda
ham «badiiy til» haqida gapirishga asos yo‘q, bas, endi
Dostları ilə paylaş: