ning ro‘yobga chiqishi, barq urib yashnashi uchun muhit,
tarbiya kerak. Tamsil qilsak, ekilayotgan ko'chat navi qan-
chalik yaxshi bo'lmasin, sara meva olish uchun soz tuproq
va parvarish lozim bo'ladi. Shulardan kelib chiqsak, adabi-
yoíshunoslik omma badiiy didini tarbiyalashda ham, badiiy
tafakkur rivojida ham birdek muhim ahamiyatga ega de-
yish uchun asos yetarlidir.
Yuqoridagilarni xulosalab aytish mumkinki, badiiy ada-
biyotga taalluqli muammolarni atroflicha va chuqur ilmiy
oYganish - adabiyotshunoslikning vazifasi; chiqargan
ilmiy xulosa va umumlashmalari orqali badiiy adabiyot
taraqqiyoti, badiiy tafakkur rivojiga xizmat qilish, badiiy did-
ni tarbiyalash uning maqsadidir.
A d a b iyo tsh u n o slikn in g ta rk ib iy qism lari. Ko pchilik
e’tirof etgan va ko’proq ommalashgan qarashga koYa,
zamonaviy adabiyotshunoslik fani uch asosiy sohadan
tarkib topadi:
Dostları ilə paylaş: