Diktant va uning baholanishi



Yüklə 4,78 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü4,78 Kb.
#203605
Go\'zal (3)

Diktant va uning baholanishi

Bajardi: Nasvaliyeva Go’zal


1
Diktant (lot. dicto — aytib turib yozdiraman) - oʻquvchilarga imlo va tinish belgilariga doir qoidalarni oʻrgatishda hamda bu qoidalar yuzasidan hosil qilingan malakani tekshirishda qoʻllaniladigan yozma ish.
1. Taʼlimiy diktant qanday oʻtkazilishiga qarab ogohlantiriladigan, izohli va tushuntiriladigan diktantlarga boʻlinadi. Ogohlantiriladigan diktantda imlo va tinish belgilari matn yozishdan oldin, izohli diktantda matnni yozish jarayonida, tushuntiriladigan diktantda notanish soʻzlar matnni oʻquvchilar yozib boʻlganiga qadar, imloviy belgilar esa matn yozib boʻlingach tushuntiriladi. Taʼlimiy diktantning tanlab olinadigan, ijodiy, erkin va oʻz-oʻziga diktant turlari bor.
2. Nazorat diktant oʻquvchilar bilimini tekshirishga xizmat qilib, katta taʼlimiy ahamiyatga ega, chunki bunda oʻquvchilar mavjud bilim va koʻnikmalarini ishga soladilar. Nazorat diktantda oʻquvchilarning savodxonliklari ham baholanadi.
Diktantning ikki turi bor:
Ta’limiy diktantlar o’quv jarayonida, ma’lum mavzularni takrorlash, mustahkamlash maqsadida o’tkaziladi. Ta’limiy diktantlar izohli yozuv, ta’kidiy, izohli diktant, saylanma, ijodiy, erkin, lug`at diktantlari kabi turlarga ajratiladi
Izohli diktant ham ta’kidiy diktantga o’xshaydi, biroq unda grammatik qoida matn yozib bo’lingandan so`ng eslatiladi.
Saylanma diktant ma’lum bir grammatik qoida bo’yicha o’tkazilib, bilimlarni puxta o’zlashtirishga, o’quvchilarning o’ngli o’quvini takomillashtirishga yordam beradi. Bunda matndan mustahkamlanayotgan imlo qoidasiga mos bo’lgan so’zlarnigina ajratib yozishlari talab qilinadi.
Erkin diktantda o’quvchi matnning mazmunini saqlagan holda ayrim so’z nutq malakasini egallagan bo’lishi, ixcham matn tuza olishi kerak boladi. Erkin diktant o’quvchilarda o’qilgan matnni ko’proq eslab qolish, boshqalarning fikrini tola, aynan bayon eta olish malakasini hosil qildirish va bunday bilimlar darajasini o’lchash, baholash uchun lozim.
Ijodiy diktant o`quvchilardan faollik va mustaqillikni talab qiladi.
Ijodiy diktant:
O'quvchilarga bilimlarni ongli ozlashtirishlarida yordam beradi.
Yozma nutqni togri shakllantiradi.
O'quvchilarning ogzaki va yozma nutq boyliklarini oshiradi, nutqiy savodxonlikka orgatadi.
O'quvchining ma’naviy kamolotiga, nutq madaniyatining o`sishiga yordam beradi.
Diktant 5 ballik tizimda baholanadi:
-“5” baho - matn husnixat bilan yozilgan, imlo xatolarsiz, yoki 3 tagacha imloviy, 3 tagacha ishoraviy xatolar bo‘lsa;
-“4” baho - matn husnixat bilan yozilgan, imlo xatolar soni 4 tagacha, ishoraviy xatolar 4 tagacha bo‘lsa;
-“3” baho - matn alifbo me’yorlariga rioya qilgan holda yozilgan, imlo xatolar soni 5 tagacha, ishoraviy xatolar 5 tagacha bo‘lsa;
-“2” baho - matn alifbo me’yorlariga rioya qilgan holda yozilmagan, imlo xatolar soni 7 tagacha, ishoraviy xatolar 7 tagacha bo‘lsa;
Imlo xatolar soni 8 va undan ortiq bo‘lganda diktant baholanmaydi yoki 0 qo‘yiladi.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Yüklə 4,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin