Didaktik o’yinlarning turlari va ularni olib borishga doir talablar



Yüklə 276,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix24.09.2023
ölçüsü276,42 Kb.
#147770
1   2   3   4
didaktik-o-yinlarning-turlari-va-ularni-olib-borishga-doir-talablar

Didaktik o’yin
- ta’lim beruvchi usul bo’lib, bu usul muayyan ta’limiy 
maqsadlarga 
erishishga 
yani 
o’tilgan 
o’quv 
materiallarini 
aniqlashga, 
mustahkamlashga va uni chuqurlashtirishga qaratilgan bo’ladi. Har bir didaktik 
o’yinni o’tkazishda muayyan bir vazifa maqsad qilib olinadi. Masalan: musiqa 
nazariyasi misollar o’yinida musiqa savodini mustahkamlashdan iborat bo’lgan 
didaktik topshiriq qo’yiladi. Didaktik topshiriq musiqa darsga qo’yiladigan umumiy 
maqsadining bir qismini tashkil qiladi. Har bir didaktik o’yinning ham, har qanday 
o’yindagi singari qoidalari bo’ladi. O’sha qoidalarga amal qilinmasa o’yinning o’yin 
sifatidagi ahamiyatli binobarin o’yinning musiqiy ta’lim tarbiyaviy va psixologik 
ahamiyati yo’qoladi. O’yin qoidalari o’yin topshirig’iga kiritiladi. O’yin topshirig’i - 
musiqa o’qituvchining bolalarga o’yinning qanday o’ynalishini, kim g’olibligini 
aniqlashdan iborat. Har bir didaktik o’yin o’z navbatida quyidagi komponentlardan 
tuziladi: o’yin maqsadi, qoidalari, jihozi, mazmuni natijasi. 
1. 
O’yin qoidalari.
O’yinni olib borish va unga qatnashish tarkibini aniqlab 
beradi. Qoidalar o’yin maqsadidagi mos holda o’quvchilar faoliyatini tartibga solish 
uchun kerak bo’ladi;
2. 
O’yin mazmuni
o’quvchilarning bajarishi kerak bo’lgan harakatlari bilan 
aniqlanadi, musiqa darsida bu harakatlar ko’proq musiqa tinglash, musiqa savodi, 
musiqaga mos harakatlarni bajarish, jamoa bo’lib kuylash, bolalar cholg’u asboblarda 
jo’r bo’lish faoliyatidan iborat bo’ladi. O’yin jihozi o’yinni o’tkazish uchun kerak 
bo’lgan texnik vositalar, musiqa cholg’u asboblari, kartochka va ko’rgazmalardan 
iborat; 
3. 
O’yin natijasi.
Qo’yilgan vazifaning bajarilishi bilan aniqlanadi. Natija 
o’quvchilarni qoniqtirishi kerak . 
Har bir didaktik o’yin jarayonida o’ziga hos vositalar turlari qo’llaniladi va 
mashg’ulot jarayonida ulardan to’gri, unumli va xavfsiz foydalanish lozim. Bu 
vositalarni quyidagi turlarga ajratish mumkin. 
- konselyariya tovarlari - turli o’lchamlardagi oq va rangli qog’ozlar, skoch, 
flomasterlar, ruchka, qalam, chizg’ichlar, qaychi, yelim va boshqalar. 
- texnika vositalari - proektor, mikrofon, kompyuter, video kamera, video 
magnitafon, televizor va boshqalar. 
- musiqa cholg’u asboblari - fortepiano, rubob, dutor, doyira, nog’ora va 
boshqalar. 
- mahalliy - tabiiy materiallardan tayyorlangan vositalar.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
745


Didaktik o’yinlar tashkilotchilari ular uchun ishlatiladigan har bir material bilan 
ishlash, ulardan tegishli didaktik vositalarni tayyorlash hamda xavfsizlikni taminlash 
texnologiyalarini puxta bilishlari va rioya qilishlari lozim. Chunki didaktik 
vositalarning sifati, ko’zda tutilgan maqsadlarga mosligi, qulayligi va ulardan to’g’ri 
foydalanish musiqa darslar samaradorligini oshirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. 
Didaktik o’yin turlarini tanlash mezonlar: 
- ishtirokchilar tarkibi bo’yicha - o’g’il bolalar, qiz bolalar, o’smirlar, katta 
yoshdagilar uchun o’yinlar; 
- ishtirokchilar soni bo’yicha - yakka, juftlikda, kichik guruh, katta guruh, sinf 
jamoasi, raqobatdosh komandalar, sinflar aro va ommaviy o’yinlar; 
- o’yin jarayoni bo’yicha - fikrlash, o’ylash, topag’onlik, harakatlar, musoboqa 
va boshqalarga yo’naltirilgan o’yinlar; 
- vaqt meyori bo’yicha - dars, mashg’ulot vaqtining reja bo’yicha ajratilgan 
qismi, o’yin maqsadiga erishguncha, g’olib yoki g’oliblar aniqlanguncha davom 
etadigan va boshqa o’yinlar. 
Didaktik o’yin turlarini tanlash mezonlari: 
 
1-rasm. Didaktik o’yin turlarini tanlash mezonlari 
Shunday qilib, yuqoridagilardan quyidagi xulosalar chiqarishimiz mumkinki
musiqa ta’limi tizimida didaktik o‘yinlardan foydalanish bo’lg’usi musiqa 
o‘qituvchilarning muloqot qilish ko‘nikma va malakalarini, o‘zaro yordam ko‘rsatish 
ko‘nikmalarini rivojlantiradi va o‘quvchilarning bilim saviyasini oshirishga xizmat 
qiladi. 

Yüklə 276,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin