Didaktik o’yinl



Yüklə 92,49 Kb.
səhifə3/4
tarix09.04.2023
ölçüsü92,49 Kb.
#95295
1   2   3   4
didaktik-o-yinlarning-turlari-va-ularni-olib-borishga-doir-talablar

Didaktik oyin - ta’lim beruvchi usul bo’lib, bu usul muayyan ta’limiy maqsadlarga erishishga yani o’tilgan o’quv materiallarini aniqlashga, mustahkamlashga va uni chuqurlashtirishga qaratilgan bo’ladi. Har bir didaktik o’yinni o’tkazishda muayyan bir vazifa maqsad qilib olinadi. Masalan: musiqa nazariyasi misollar o’yinida musiqa savodini mustahkamlashdan iborat bo’lgan didaktik topshiriq qo’yiladi. Didaktik topshiriq musiqa darsga qo’yiladigan umumiy maqsadining bir qismini tashkil qiladi. Har bir didaktik o’yinning ham, har qanday o’yindagi singari qoidalari bo’ladi. O’sha qoidalarga amal qilinmasa o’yinning o’yin sifatidagi ahamiyatli binobarin o’yinning musiqiy ta’lim tarbiyaviy va psixologik ahamiyati yo’qoladi. O’yin qoidalari o’yin topshirig’iga kiritiladi. O’yin topshirig’i -musiqa o’qituvchining bolalarga o’yinning qanday o’ynalishini, kim g’olibligini aniqlashdan iborat. Har bir didaktik o’yin o’z navbatida quyidagi komponentlardan tuziladi: o’yin maqsadi, qoidalari, jihozi, mazmuni natijasi.
1. Oyin qoidalari. O’yinni olib borish va unga qatnashish tarkibini aniqlab beradi. Qoidalar o’yin maqsadidagi mos holda o’quvchilar faoliyatini tartibga solish uchun kerak bo’ladi;
2. O’yin mazmuni o’quvchilarning bajarishi kerak bo’lgan harakatlari bilan aniqlanadi, musiqa darsida bu harakatlar ko’proq musiqa tinglash, musiqa savodi, musiqaga mos harakatlarni bajarish, jamoa bo’lib kuylash, bolalar cholg’u asboblarda jo’r bo’lish faoliyatidan iborat bo’ladi. O’yin jihozi o’yinni o’tkazish uchun kerak bo’lgan texnik vositalar, musiqa cholg’u asboblari, kartochka va ko’rgazmalardan iborat;
3. O’yin natijasi. Qo’yilgan vazifaning bajarilishi bilan aniqlanadi. Natija o’quvchilarni qoniqtirishi kerak .
Har bir didaktik o’yin jarayonida o’ziga hos vositalar turlari qo’llaniladi va mashg’ulot jarayonida ulardan to’gri, unumli va xavfsiz foydalanish lozim. Bu vositalarni quyidagi turlarga ajratish mumkin.
- konselyariya tovarlari - turli o’lchamlardagi oq va rangli qog’ozlar, skoch, flomasterlar, ruchka, qalam, chizg’ichlar, qaychi, yelim va boshqalar.
- texnika vositalari - proektor, mikrofon, kompyuter, video kamera, video magnitafon, televizor va boshqalar.
- musiqa cholg’u asboblari - fortepiano, rubob, dutor, doyira, nog’ora va boshqalar.
- mahalliy - tabiiy materiallardan tayyorlangan vositalar.

Didaktik o’yinlar tashkilotchilari ular uchun ishlatiladigan har bir material bilan ishlash, ulardan tegishli didaktik vositalarni tayyorlash hamda xavfsizlikni taminlash texnologiyalarini puxta bilishlari va rioya qilishlari lozim. Chunki didaktik vositalarning sifati, ko’zda tutilgan maqsadlarga mosligi, qulayligi va ulardan to’g’ri foydalanish musiqa darslar samaradorligini oshirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.


Didaktik oyin turlarini tanlash mezonlar:
- ishtirokchilar tarkibi bo’yicha - o’g’il bolalar, qiz bolalar, o’smirlar, katta yoshdagilar uchun o’yinlar;
- ishtirokchilar soni bo’yicha - yakka, juftlikda, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi, raqobatdosh komandalar, sinflar aro va ommaviy o’yinlar;
- o’yin jarayoni bo’yicha - fikrlash, o’ylash, topag’onlik, harakatlar, musoboqa va boshqalarga yo’naltirilgan o’yinlar;
- vaqt meyori bo’yicha - dars, mashg’ulot vaqtining reja bo’yicha ajratilgan qismi, o’yin maqsadiga erishguncha, g’olib yoki g’oliblar aniqlanguncha davom etadigan va boshqa o’yinlar.
Didaktik o’yin turlarini tanlash mezonlari:


1-rasm. Didaktik o’yin turlarini tanlash mezonlari
Shunday qilib, yuqoridagilardan quyidagi xulosalar chiqarishimiz mumkinki, musiqa ta’limi tizimida didaktik o‘yinlardan foydalanish bo’lg’usi musiqa o‘qituvchilarning muloqot qilish ko‘nikma va malakalarini, o‘zaro yordam ko‘rsatish ko‘nikmalarini rivojlantiradi va o‘quvchilarning bilim saviyasini oshirishga xizmat qiladi.


Yüklə 92,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin