Desorbsiya. Ion almashinish jarayon va qurilmalar


Adsorbentlarning turlari va ularning xossalari



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə2/10
tarix20.11.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#166406
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Desorbsiya . Ion almashinish jarayon va qurilmalar

Adsorbentlarning turlari va ularning xossalari. Sanoat miqyosida ishlatiladigan adsorbentlar quyidagi talablarga javob berishlari kerak:
1) tanlovchanlik aralashma tarkibidagi tegishli komponentni yutib olish va boshqa komponentlarga esa ta`sir qilmaslik;
2) maksimal yutish hajmi yoki faollik adsorbentning massa yoki hajm birligida yutilgan adsorbtivning miqdori;
3) adsorbentni regenerasiya qilish paytida yutilgan moddaning to’la ajralib chiqishi;
4) adsorbent donalarining kerakli mustahkamlikka ega bo’lishligi (donalarning bo’zilib ketishi jarayonning gidrodinamik holatini yomonlashtiradi);
5) yutilayotgan moddalarga nisbatan kimyoviy inertlikka ega bo’lishlik;
6) narxi arzon bo’lishi.

Adsorbentning tanlovchanligi va uning yutish hajmi adsorbent va adsorbtivning tabiatiga va molekulalarning tuzilishiga bog`liq bo’ladi. Bunda adsorbentning solishtirma yuzasi (massa yoki hajm birligidagi adsorbentning yuzasi) va adsorbent g’ovaklarining o’lchamlari muhit ahamiyatga ega. Bu ikkala kattalik bir-birlari bilan o’zviy bog`langan. G’ovaklarning o’lchamlari qanchalik kichik bo’lsa, adsorbentning solishtirma yuzasi shunchalik katta bo’ladi. Bu holat adsor­bent faolligini kuchaytiradi. Adsorbentning faolligi adsorbsiya jarayonining shart-sharoitlari (harorat, bosim, adsorbtivning muhitdagi konsentratsiyasi) ga ham bog`liq bo’ladi. Haroratning kamayishi, bosimning ko’payishi (gaz va bug`lar uchun) va aralashmadagi kerakli komponent konsentratsiyasining ortishi bilan adsorbentning faolligi kuchayadi. Adsorbentlar zarracha ichidagi kapillyar kanallarning kattaligiga qarab shartli ravishda makro , oraliq va mikrog’ovakli bo’ladi. Ad­sorbsiya jarayonida tegishli komponent asosan mikro g’ovaklarning yuzasida yutiladi. Oraliq va makrog’ovaklar asosan yutilishi lozim bo’lgan komponentni mikrog’ovaklar yuzasiga o’zatish uchun xizmat qiladi.


Sanoatda adsorbent sifatida aktivlangan kochmir, qattiq g’ovaksimon moddalar, silikagel, sellyuloza, seolitlar, tuproq jinslari, ion almashinuvchi sunchiy smolalar (ionitlar) ishlatiladi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin