Ishci dastur-5230100 - Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boyicha)
Lingvistik kompetentsiya:
Tinglab tushunish
ma’ruza, taqdimot va munozaralar, radio va televidenie eshittirishlari, yangiliklar, intervyular, hujjatli film va shu kabi og’zaki matnlar;
reklama va e’lonlar;
til sohiblari nutq yozuvlari (badiiy, hujjatli filmlar, ommaviy chiqish va hokazo);
til sohiblarining ijtimoiy mavzulardagi o’zaro suhbati;
tinglangan axborotning asosiy maqsadi, to’liq mazmunini tinglab tushunish malaka va ko’nikmalarini rivojlantirish.
Gapirish
Dialog
biznesdagi hamkori bilan muzokara olib borish;
aniq masalalar bo’yicha axborot olish;
uzoq muddatli muzokaralarda til soxibi bilan qatnashish, ularni qo’llab-quvvatlash, kerak bo’lsa muzokaralarni boshqarish;
kundalik mavzularda bahs-munozara, muzokaralarda faol qatnashish;
ixtisoslik (kasb) bo’yicha intervyu, suhbatlarda qatnashish;
fikrni aniqlashtirish, qaytadan tuzish va bahs- munozara rivojiga o’z hissasini qo’shish;
muzokaralar olib borish jarayonida muammolarni yechimini ustalik bilan hal etish;
vaziyatga qarab savollar berish va javob qaytarish.
Monolog
alohida mavzu bo’yicha qilingan prezentatsiyalar o’tkazish;
ixtisosligi bo’yicha asbob-uskunalarni aniq va ravshan tasvirlash;
alohida mavzu bo’yicha og’zaki ma’ruza tuzish;
maqola, ma’ruza, bahs-munozaralarni aniq va ravshan qilib umumlashtirish;
aniq tizimga asoslangan holda qo’shimcha, yetarli bo’lgan holda va tanish mavzu bo’yicha o’z fikrini ifoda qila olish.
O’qish
tanish va notanish mavzu bo’yicha tuzilgan matnlardan asosiy / kerakli bo’lgan axborotni, shaxsiy va mutaxassislik bo’yicha korrespondentsiyalarni (xat-xabarlarni) tushunish;
diagramma, sxema, chizmalarni qisqacha ta’rifini tushunish;
murakkab bo’lgan ma’lumotlarni idrok etish;
maxsus, murakkab bo’lgan yozma yo’riqnoma va qo’llanmalarni tushunish;
kasbga oid maqola va ma’ruzalardan kerakli axborotni ajratib olish;
kerak yoki nokerakligini aniqlash maqsadida matnni u yoki bu qismini sinchiklab o’qish, konferentsiya dasturlarini o’qib tushunish.
Yozuv
maxsus ma’lumotlarni (til yuzasidan bo’lgan xatlarni, ma’lumotlarni, elektron xatlarni) yoza olish;
essay va ma’ruzalarni yoza olish;
aniq mantiqqa ega bo’lgan ilmiy maqolalar va ilmiy tadqiqot ishlarni yoza olish;
yozma takliflar, hisobot va rezyumelar tuza olish;
bitiruv malakaviy ishlarni zarur bo’lganda yoza olish.