Delphi dasturida massivlar bilan ishlash Massivlarning toifalanishi Massivlar ustida amallar



Yüklə 170,86 Kb.
səhifə8/9
tarix01.05.2023
ölçüsü170,86 Kb.
#105429
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2 mavzu DELFI DASTURLASH TILIDA MASSIVLAR

Ko`p o`lchamli massivlar
Bir o`lchamli massivlarning hadlari skalyar miqdorlar bo`lgan edi. Umumiy holda esa massiv hadlari o`z navbatida yana massivlar bo`lishi mumkin, agar bu massivlar skalyar miqdorlar bo`lsa natijada ikki o`lchamli massivlarni hosil qilamiz. Ikki o`lchamli massivlarga misol sifatida matеmatika kursidagi matritsalarni kеltirish mumkin. Agar bir o`lchamli massivning hadlari o`z navbatida matritsalar bo`lsa natijada uch o`lchovli massivlar hosil qilinadi va h.k.
Ikki o`lchamli massiv tipini ko`rsatish quyidagicha bajariladi:
array [] of array [] of ;
Ikki o`lchamli massivlar tiplarini aniqlashni bir nеcha xil yo`lda quyidagi misol ustida ko`rib chiqaylik: (10 ta satr va 20 ta ustundan iborat matritsa tipini aniqlash, massiv hadlari real tipida bo`lsin)
1. array [1..10] of array [1..20] of real;
2. var
A: array [1..10] of array [1..20] of real;
3. type matr = array [1..10] of array [1..20] of real;
var
A: matr;
4. type gran1 = 1..10;
gran2 = 1..20;
matr = array [gran1, gran2] of real;
var A: matr;
5. var A: array [1..10, 1..20] of real;
Yana shuni aytish mumkinki, ikki o`lchamli massiv indеkslarining tiplari turli xil o`lcham bo`lishi mumkin. Bu holni quyidagi misol ustida ko`rib chiqaylik:
const n = 24;
type hafcun = (dush, sesh, chor, pay, jum, shan, yaksh);
Ishkun = dush..jum;
detson = array [1..n] of char;
var A: array [boolean] of array [1..n] of char;
B: detson;
С: array [1..365] of detson;
Ikki o`lchamli massivlar ustida bir nеchta tugallangan programmalar bilan tanishib chiqaylik.



  1. Matritsalarni qo`shish.

const n = 3; m = 4;


{ n - matritsa satrlari soni, m - ustunlar soni}
var i, j: integer;
A, B, C: array [1..n,1..m] of real;
begin {А, В matritsa hadlarini kiritish }
for j : = 1 to n do
for j: =1 to m do
readln (A[i,j], B[i,j]);
for i : = 1 to n do
for j: = 1 to m do
begin
C[i,j] := A[i,j] + B[i,j];
writeln (C[i,j])
end
end;



  1. Matritsani vеktorga ko`paytirish.

const n =3; m = 4;


type matr = array [1..n, 1..m] of real;
vect = array [1..m] of real;
var i, j: byte;
A: matr;
B, C: vect;
begin
writeln ('A matritsa hadlarini kiriting');
for i:=1 to n do
for j:=1 to m do
readln (A[i,j]);
writeln (‘B vеktor hadlarini kiriting');
for i:=1 to n do readln (B[i]);
for i:=1 to n do
begin
C[i]:=0;
for j:=1 to m do
C[i]:= C[i] + A[i,j] * B[j];
writeln (C[i]);
end
end;



  1. Matritsa hadlarining eng kattasi (kichigi)ni topish va uning joylashgan joyini aniqlash.

const n=3; m=4;


var A: array [1..n, 1..m] of real;
R: real;
i, j: byte; K, L: byte;
begin {А matritsa hadlarini kiriting }
for i: =1 to n do
for j: =1 to m do
readln (A[i,j]);
R:= A[1,1]; L:= 1; K:= 1;
for i: =1 to n do
for j: =1 to m do
begin
if R< A[i,j] then
begin
R: =A[i,j];
L: = i; K: =j;
end;
end;
writeln (‘max A=’, R);
writeln (‘сатр=’,L,’ ustun =’,K);
end;
Xulosa
O`zbekiston mustaqillikka erishgandan so`ng uning oldida turli sohalarda tub o`zgarishlar ro`y berdi. Mamlakatimizda ilm-fan, texnika, ishlab chiqarish va boshqa sohalarda ijobiy yutuqlarga erishib kelinmoqda. Hozirda jamiyatimiz dunyoning rivojlangan davlatlari qatoridan o`z o`rnini topdi.
“Axborotlash haqida”gi, “EHM uchun dasturiy va ma’lumotlar bazasining huquqiy himoyasi haqidagi”, “Aloqalar haqidagi” qonunlar bilan O`zbekiston Respublikasini 2010 yilgacha axborotlash, qayta qurishning milliy dasturilari va telekommunikatsion tarmoqni rivojlanishining normativ huquqiy asoslari yaratildi va axborot resurslari rivojlanishi uchun iqtisodiy, tashkiliy shart-sharoit va kafillik ta’minlandi.
Kompyuter texnikasining asosiy qismi dasturlash hisoblanadi. Hozirda bir qancha dasturlash tillari mavjud. Shulardan biri Delphi dasturlash tilidir. Ushbu dasturlash tili yuqori darajali dasturlash tillardan biri bo`lib, unda ishlash qulay va kutubxonalar bazasiga boy.
Ushbu bitiruv malakaviy ishida Delphi dasturlash tilining komponentalari va ularning xossalari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Massivlarga doir misollar yechishning bir necha usullari ko`rsatilgan. Asosan matematik misollar, matritsalar va vektorlar ustida amallar bajarilgan.



Yüklə 170,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin