Deformatsiyalar guruhi, oqovalar, filtratsion teshiklar, chо‘kishlar va eroziY



Yüklə 85,67 Kb.
səhifə5/6
tarix02.01.2022
ölçüsü85,67 Kb.
#47335
1   2   3   4   5   6
Maruza 5

Yotuvchan biqinqatlamsimon massivlarining chuqur kо‘chkilari geologik tuzilishida zaif qum-loyli jinslar ishtirok etadigan qatlamsimon konlar uchun xosdir. Bunday kо‘chkilar jinslarning qatlamlari ishlab bо‘lingan bо‘shliq tomonga yassi tushishga ega bо‘lgan jinslar qatlamlari karyerlar bortlarida yuzaga kelishi mumkin va bir necha pog‘onani, ba’zan esa karyerning butun bortini qamrab olishi mumkin. Ushbu kо‘chkilarning sirpanish yuzas i odatda qatlamlar qatlamlanish tekisligi bо‘ylab о‘tadi ; pastki yoki ustki qismida esa qatlamlilik yumaloq silindrik yuza bо‘ylab kesishadi.

Kо‘chkilarning ushbu turigaSoatov-Yarsk olovbardosh buyumlar kombinatining “Janubiy” koni karyerida sodir bо‘lgan kо‘chki misol bо‘la oladi (9.5-rasm). Kо‘chki umumiy balandligi 37 m va qiyalik burchagi 25...30° bо‘lgan uchta ochiq pog‘onani qamrab oldi . Ustki qismida sirpanish tekisligi qatlamsimon qalinlikni kesib о‘tdi, о‘rta va pastki qismlarda esa ishlab bо‘lingan bо‘shliq tomonga 10... 16° yiqilish burchagiga ega bо‘lgan olovbardosh loy kontakti bо‘yicha bordi. Kо‘chki massalarining 20 sutka davom etgan kо‘chkining faol rivojlanish bosqichidagi harakatlanish tezligi 0,2... 1,75 m/sut. tashkil etdi.

Yotuvchan biqinning kо‘plab chuqur kо‘chkilarining yuzaga kelishiga asosiy sabab – tog‘ jinslarining qatlamsimon qalinligida bosimli yer osti suvlarining mavjudligi, shuningdek karyer bortlari qiyaligining tik burchaklari sanaladi.

Osma biqinqatlamsimon massivlarining chuqur kо‘chkilari yotuvchan biqin kо‘chkilariga qaraganda kamroq uchraydi, va bu osma biqinli jinslarda qatlamlarning kon lahimlari bilan kesilishi tufayli yer osti suvlarining katta bosimlari saqlanib qolmaydi (G. L. Fisenko ma’lumotlari). Bundan tashqari, osma biqin bortlari uzluksiz harakatda bо‘ladi, hamda zichlashtirish va bо‘rtish jarayonlari rivojlanishga ulgurmaydi.

Kо‘chkilar ikki turga ajratiladi: ustki surilma (qoplama) kо‘chki va turtib chiqib turadigan kо‘chki. Birinchi turdagi kо‘chkining yuzaga kelish shart-sharoitlari zaif silliq qatlamlar va karyerning pog‘onalar bilan ochilgan kontaktlarining mavjudligi.

Ustki qismida bunday kо‘chkilarning sirpanish yuzalari tog‘ jinslari qatlamlarini kesib о‘tadi, pastki qismida esa ularning sustlashgan kontaktlari bо‘yicha yoki silliq loyli qatlamchalar bо‘ylab о‘tadi.

Ustki surilma (qoplama) kо‘chkiga oddiy misol E. L. Galustyan tomonidan tasvirlab berilgan(9.6-rasm). Kо‘chki Dengiz bо‘yi qо‘ng‘ir kо‘mir koni tomonidan ishlov beriladigan «Rettixovskiy» karyerida sodir bо‘lgan va uzunligi 520 m. bortni qamrab oldi. Kо‘chki jinsining maydoni 15XYU4 m2ga teng, hajmi esa - 5XYU6 m3 atrofida. Ustki qismidagi kо‘chkining sirpanish yuzasi loyli qumliklar, alevrolitlar, argillitlar va kо‘mir qatlamchalari bilan namoyon etilgan burchakusti qatlamsimon qalinlikni kesib о‘tdi, о‘rta va pastki qismda esa tufogen argillitlar bilan kontakti bо‘yicha о‘tdi. Birinchi 15 kunlikda deformatsi yalar nisbatan sekin bо‘ldi, ushbu davrda ustki qismdagi massivning umumiy chо‘kishi 0,5 m tashkil etdi. Sо‘ngra gorizontal siljish tezligi keskin tarzda о‘sdi (0,35...0,40 m/sut.gacha). Oxirida bir necha daqiqa ichida tezlik kritik qiymatga yetdi va bortning vertikal bо‘ylab 25 m.ga tez siljishi sodir bо‘ldi.



9.5-rasm. Chuqurlik kо‘chkisi — Rettixovskiy kо‘mir karyerida osilib turadigan yonining siljishi (E.L.Galustyan bо‘yicha):

1—bortning kо‘chkigacha bо‘lgan holati; 2 - xuddi shu, kо‘chkidan sо‘ng; 3 –taxminiy sirpanish yuzasi; 4— burchak usti qatlamli qalinligi; 5—tufogen argillitlar burchagi; 6 — kо‘mir qatlami.

9.6-rasm. Turtib chiqarish

chuqur kо‘chkining sxemasi

(G. L. Fisenko bо‘yicha):

1 —karyerbortining holati; do opolznya;

2 — xuddi shu, kо‘chkidan sо‘ng;

3 — itarib turuvchival;


Yüklə 85,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin