66
(noaniqligi) darajasini kamaytirishlari kerak va yo‘l qo‘yiladigan risk darajasini
qachon oshirishlari zarur?
Uy xo‘jaliklari o‘z daromadlarining ma’lum qismini kelajakda sarflash
uchun jamg‘arib qo‘yishlari natijasida ular umumiy boylik jamg‘armasini to‘plab
qo‘yadilar. Va ular turli shakllarda saqlanishi mumkin. Kimdir pullarni bankdagi
hisob raqamlarida saqlashni afzal ko‘rsa, kimdir ko‘chmas mulkka yoki biror
biznesga tikadi. Bu mablag‘larning umumiy nomi bor. Ular aktivlar nomini olgan.
Iqtisodiy qiymatga ega bo‘lgan barcha narsalar aktivlar deyiladi.
Uy xo‘jaliklarining o‘zlari to‘plagan mablag‘larni sarflash borasida qaror
qabul qilish jarayoni
xususiy investitsiyalash
yoki pul mablag‘larini turli
aktivlar turlari o‘rtasida taqsimlash
deb ataladi.
Xususiy uy sotib olish bilan bir qatorda odamlar ko‘pincha o‘z mablag‘larini
moliyaviy aktivlarga, masalan aksiya yoki obligatsiyalarga tikadilar. Agar odam
pul qarz olsa, u o‘zida yuzaga kelgan qarz majburiyati (liability) bilan bog‘liq
ma’lum javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. Boshqacha qilib aytganda, unda qarz
paydo bo‘ladi. Uy xo‘jaligi boyligi yoki mulkining
Dostları ilə paylaş: