Davlat va huquq nazariyasi fanining huquqiy fanlar tizimida tutgan o‘rni


Davlat va huquq nazariyasining fundamental fan sifatida namoyon bo'lishi



Yüklə 32,9 Kb.
səhifə2/3
tarix21.12.2023
ölçüsü32,9 Kb.
#187464
1   2   3
DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASINING YURIDIK FANLAR TIZIMIDAGI O\'RNI

Davlat va huquq nazariyasining fundamental fan sifatida namoyon bo'lishi

Ma’lumki, davlat va huquqqa doir masalalar barcha sohaviy yuridik fanlar, jumladan, boshqa ijtimoiy fanlar (tarix, falsafa, siyosatshunoslik va h.k.) tomonidan ham o‘rganiladi. Ularning barchasidan farqli o‘laroq, davlat va huquq nazariyasi jamiyatda davlat va huquq amal qilishi va rivojlanishining eng umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi. Davlat va huquq o‘zaro bog‘liqlikda hamda alohida holda o‘rganiladi. Chunki, ular yuridik hayotning bir-biri bilan chambarchas bog‘liq qismlaridir. Buni quyidagi misol bilan tushuntiramiz. Ma’lumki, davlat organlari huquq normalarini yaratadi va ularning hayotga tatbiq etilishini ta’minlaydi; o‘z navbatida, huquq davlat organlarining maqomini, vakolatlarini belgilaydi, ya’ni davlat organlarining faoliyati huquqiy mezonlar, shakllar doirasida amalga oshadi.Shunday bo‘lsa-da, fanda davlatni alohida, huquqni alohida ajratib o‘rganish an’anasi mavjud. Fanimiz bo‘yicha nashr etilgan ko‘pchilik darsliklarda ikki yirik bo‘lim: – davlat nazariyasi va huquq nazariyasi bo‘limlari mavjud. Davlat nazariyasi qismida «davlatning tushunchasi», «davlatning kelib chiqishi», «davlatning mohiyati», «davlat hokimiyati», «davlat funksiyasi», «davlatning shakli», «davlat apparati», «davlatning siyosiy tizimidagi o‘rni», davlatning «demokratiya» bilan nisbati kabi hodisalar (kategoriyalar) tahlil etiladi. Huquq nazariyasi qismida esa, «huquqning umumiy tushunchasi», «huquqning vujudga kelishi», «huquqning mohiyati», «huquqning shakli», «huquqning funksiyalari va prinsiplari», «huquq ijodkorligi», «huquq normalari», «huquqiy munosabatlar», «huquqni amalga oshirish», «huquqiy tizim va qonunchilik tizimi», «qonun ustuvorligi va qonuniylik», «huquq buzilishi va yuridik javobgarlik» va boshqa muammolar o‘rganiladi. Shunday qilib, davlat va huquq nazariyasi predmetini ijtimoiy hayotning muhim qismi hisoblangan davlat va huquq, ular vujudga kelishi va rivojlanishining asosiy qonuniyatlari, ularning mohiyati, ijtimoiy vazifasi, funksiyalari, shuningdek siyosiy va huquqiy ongning namoyon bo‘lishi va huquqiy tartibga solishning xususiyatlari tashkil etadi. Har bir fan o‘z predmetidan tashqari, muayyan o‘rganish obyektiga ega. Fan qaysi narsalar (hodisalar) haqida bilim yaratib, uni tizimga solsa, shu uning obyektini tashkil etadi. Yuridik bilimlar davlat va huquq xususida yaratiladi. Demak, yurisprudensiyaning obyektini davlat va huquq tashkil qiladi. Biroq, fanning obyekti uning predmetidan farq qiladi. Aynan bir obyekt turli fanlar tomonidan o‘rganilishi mumkin. Masalan, davlat va huquq turli sohaviy yuridik fanlar (konstitutsiyaviy huquq, ma’muriy huquq, moliya huquqi, yer huquqi, fuqarolik huquqi, mehnat huquqi va h.k.) tomonidan o‘rganiladi. Ammo ularning har biri davlat va huquqni o‘z predmeti va metodi nuqtayi nazaridan o‘rganadi.Fanning obyekti deganda, muayyan fan doirasida bilishning vosita va usullari yordamida ilmiy o‘rganish (tahlil) qamroviga olinadigan voqea va hodisalar tushuniladi. Ilmiy bilish jarayonida voqea va hodisalarning fikriy modeli (obrazi) hosil qilinadi, mohiyat – belgilari haqida tushunchalar tizimi vujudga keltiriladi. Xuddi mana shu mohiyatga oid xususiyatlarni ochish fanning predmetini tashkil etadi. Ushbu mulohazalar yuridik fanga ham taalluqli. Eng umumiy tarzda xulosa qiladigan bo‘lsak, yuridik fanlarning obyektini davlat va huquq, predmetini esa davlat va huquqning turli xususiyatlari, mohiyatiga oid belgilari tashkil etadi . Boshqacha aytganda, davlat va huquq nazariyasining predmeti davlat va huquqning mohiyatini, xususiyat – belgilarini ochish, ular namoyon bo‘lishining eng umumiy qonuniyatlarini aniqlashdan iborat.Davlat va huquq nazariyasining predmetidan kelib chiqib, uning tabiatini tavsiflash mumkin. Fanimizning tabiati serqirra va nihoyatda boy mazmunlidir. U ijtimoiy, yuridik, siyosiy, nazariy-metodologik, fundamental fan hisoblanadi. Davlat va huquq nazariyasi avvalo ijtimoiy fan sifatida maydonga chiqadi. Chunki, u ijtimoiy tuzumni, jamiyat hayotida davlat va huquqning o‘rni, ahamiyati va vazifalarini tahlil etadi. Eng asosiysi, davlat ham, huquq ham ijtimoiy hodisalardir.Boshqa ijtimoiy fanlardan farqli o‘laroq, davlat va huquq nazariyasi yuridik fandir. Ushbu fan davlat va huquqning mohiyatini, davlat boshqaruvining mazmunini, ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barcha jarayonlarini, qonuniylik, huquq buzilishi va yuridik javobgarlik masalalarini umumnazariy jihatdan o‘rganadi.Davlat va huquq nazariyasini siyosiy fan deb hisoblashga barcha asoslar bor. Sababi, davlat va huquq siyosat bilan chambarchas bog‘liq. Ya’ni, siyosatni davlat yaratadi, huquq yordamida siyosat mustahkamlanadi, ifodalanadi va amalga oshiriladi. Fanimiz «siyosat», «siyosiy hokimiyat», «siyosiy tizim», «siyosiy demokratiya» kabi hodisalarni bevosita tahlil etadi, ushbu tushunchalar bilan ish yuritadi.Davlat va huquq nazariyasi boshqa yuridik fanlarga nisbatan umumnazariy, umummetodologik, falsafiy fan sifatida namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, falsafiy bilim eng yuqori darajadagi nazariy bilimdir. Falsafa barcha ijtimoiy va tabiiy fanlarning poydevorini tashkil etib, ularni ilmiy metodologiyaning umumiy prinsiplari bilan qurollantiradi. Davlat va huquq nazariyasi falsafiy mazmundagi fan bo‘lib, davlat va huquq mavjud bo‘lishining eng umumiy qonuniyatlarini ochadi. Uning umummetodologik fan ekanligi shundaki, mazkur fan yurisprudensiyaning asosiy tushunchalari (kategoriyalari) ni, umumiy yondashuvlari va metodlarini ishlab chiqadi. Davlat va huquq nazariyasi – fundamental ahamiyatga molik fan. Fanning fundamentalligi – u tomonidan o‘rganiladigan hodisa(obyekt) lar haqidagi bilimlarning chuqur nazariyligi, ilmiy umumlashtirilganligi hamda asoslantirilganligida namoyon bo‘ladi. Davlat va huquq nazariyasi yaratadigan ta’riflar, qoidalar, uning ochadigan qonuniyatlari boshqa yuridik fanlar uchun poydevor, umumiy asos, rahbariy yo‘naltiruvchi g‘oya, tayanch bo‘lib xizmat qiladi.




  1. Yüklə 32,9 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin