Вауоппота
shakli faqat yigMlish xususida emas, balki o ‘sha jamoaning
faoliyati to‘g ‘risida ham fikr yuritishga imkoniyat beradi.
Y ig ilish stenografiya usulida ( s t e n o g r a f i k ) yoki
diktofon yordamida yozib olinayotgan ( f o n o g r a f i k ) bo‘l-
sa, qisqa bayonnoma tuzilib, stenogramma rais va kotib tomo
nidan imzolanadi va asosiy bayonnomaga ilova qilinadi.
Bayonnomaning asosiy zaruriy qismlari:
1. Muassasa nomi.
2. Sarlavha (bamaslahat ish ko‘ruvchi organ yoki yig‘i-
lishning nomi).
3. Hujjatning nomi (Bayonnoma).
4. Yig‘ilish sanasi.
5. Shartli raqami.
6. Yig‘ilish joyi.
7. Tasdiqlash ustxati (agar bayonnoma tasdiqlanishi zarur
b o ‘lsa).
8. Yig‘ilish raisi va kotibining familiyasi.
9. Matn:
a) qatnashuvchilar ro ‘yxati yoki soni;
b) kun tartibi;
d) eshitildi;
e) so‘zga chiqdilar;
f) qaror qilindi.
10. Ilovalar (agar ular mavjud bo‘lsa).
11. Imzolar.
Bayonnomani
tuzishda
ulaming
huquqiy jihatdan
to ‘laqonliligini ta ’minlash kerak. Buning uchun bayonno-
mada barcha asosiy zaruriy qismlar mavjud bo‘lishi, ular
to‘g ‘ri rasmiylashtirilishi lozim.
Doimiy maslahat organi yig‘ilishining bayonnomasida
yig‘ilishda ishtirok etuvchilar soni ko‘rsatilishi juda muhimdir,
chunki bu huquqiy ahamiyatga ega. Majlis qarorlarini qabul
qilish va uning qonumy bo‘hshi uchun ishtirokchilaming nizom
bo‘yicha yetarli ekanligi (kvorum) asosiy shart hisoblanadi.
219