Davlat tashqi siyosati tahlilining nazariy asoslari: institutsionalizm konsepsiyasi



Yüklə 67,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix07.01.2024
ölçüsü67,19 Kb.
#203416
növüСтатья
1   2   3   4   5   6
davlat-tashqi-siyosati-tahlilining-nazariy-asoslari-institutsionalizm-konsepsiyasi (1)

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 5 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
307 
w
www.oriens.uz
June 
2021
 
 
Ushbu metodlar institutsionalizm nazariyasining ijtimoiy-sisosiy qarashlar 
majmui sifatida tahlil qilishga va uning davlat tashqi siyosatiga doir eng muhim 
xususiyatlarini yuzaga chiqarishga yordam beradi. 
NATIJALARI
Institutsionalizm nazariyasi anglo-sakson olamida institutsional iqtisodiyot 
konsepsiyasi deb ham ataladi. Nazariya asosochisi amerikalik olim T.Veblendir. 
Aynan Veblen qarashlari keyinchalik ijtimoiy konstruktivizm g’oyasining 
shakllanishi va xalqaro munosabatlar nazariyasidan ham joy olishiga sabab bo’lgan 
edi [2]. 
T.Veblen institutlarni jamiyat va shaxs o’rtasidagi muayyan munosabatlar va 
ular bajaradigan muayyan funksiyalar haqida umumiy fikrlash usulidir. Ya’ni 
institutlar fikrlash steriotiplari mahsuli. Ular [3]: 
- stimullarga reaksiya berishning birlamchi usullari; 
- ishlab chiqarish yoki iqtisodiy mexanizm strukturasi 
- hozirgi vaqtda qabul qilingan jamiyat hayoti tizimi. 
Nazariyaning boshqa taniqli namoyondalarri fikricha, institutsionallashuv bu 
individual harakatlarni nazorat qilish, erkinlashtirish va kengaytirish bo’yicha 
jamoaviy harakat (Jon Kommans) bo’lsa, institutlar esa hozirda humkronlik 
qilayotgan va oliy darajada standartlashgan ijtimoiy odatlardir (Uesli Mitchel); yoki 
odamlar o’rtasidagi takrorlanuvchi munosabatlarni tizimlashtiradigan/ tuzadigan 
qoidalar, va bu qoidalarni amalga oshiruvchi mexanizmlar hamda hatti-harakatlar 
normalaridir (Duglas Nort) [4]. Tasniflash lingvistikasi har hilligiga qarmasdan
yuqoridagi uch olim fikridan biz institut o’rnatilgan va jamiyat tomonidan qabul 
qilingan, strukturalashgan, tushunarli me’yor ekanligini bilishimiz mumkin. Demak, 
institut asosan binar xususiyatga ega ya’ni, biror bir me’yor institute bo’lishi uchun 
standartlashishi va doimiy ta’minlab turuvchi ijro/tartib/nazorat/ mexanizmga ega 
bo’lishi kerak. 
Institutsionalistlar nuqtai nazaridan iqtisodiyot fanining vazifasi nafaqat 
bashorat qilish, o'zaro bog'liqlik tizimini tushunish, balki tavsiyalar berish, siyosat, 
xulq-atvor va jamoat ongidagi tegishli o'zgarishlarning asosiy sabablari va 
xususiyatlarini asoslashdir. Shuningdek, nazariya jamiyat manfaatlari birinchi darajali 
hisoblaydi. Unga ko’ra, alohida subyektlarning harakatlari umumiy vaziyat va 
manfaatlar bilan belgilanadi, aksincha emas. Xususan, shaxslarning maqsadlari va 
xohishlari jamiyat tomonidan shakllanadi. Bu qarash an’anaviy siyosiy 
iqtisodiyotning shaxs manfaatlari birinchi navbatda paydo bo’lishi va ular jamiyat 



Yüklə 67,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin