O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI
TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI FARG‘ONA FILIALI
“DASTURIY INJINIRINGI VA RAQAMLI IQTISODIYOT”
fakulteti
AXBOROT XAVFSIZLIGI yo‘nalishi
641-21 – guruh talabasi
ABDUG’AFFOROV OMADBEKNING
“
YANGI TAHRIRDAGI O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
KONSTITUTSIYASI
”
fanidan tayyorlagan
SEMINARIDAN 1-TOPSHIRIQ
Farg‘ona 2023
1-mavzu: O‘zbekistonning yangi tahrirdagi
Konstitutsiyasini qabul qilinishi va uning tarixiy
ahamiyati
1.
Asosiy qonunimiz yaratilishidagi izlanishlar natijasi nimalardan iborat?
Asosiy Qonunimiz yaratilishining murakkab va muhim, ayni chog‘da sharafli
solnomasiga nazar solar ekanmiz, hech shubhasiz, O‘zbekiston Konstitutsiyasi
xalqimizning mustaqillik sari uzoq yo‘ldagi izlanishlari natijasi ekaniga komil
ishonch hosil qilamiz.
2.
Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi birinchi huquqiy qadam qanday
hujjatlardan iborat?
Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi birinchi huquqiy qadam – o‘zbek tiliga davlat tili
maqomi berilishidir.
Bu haqda gap borganda, avvalambor, 1989 yilning 21 oktabr kuni qizg‘in bahs va
tortishuvlardan so‘ng siyosiy-ma’naviy hayotimizdagi unutilmas hodisa amalga
oshirilgani – milliy qadriyatlarimizning asosiy ustunlaridan biri bo‘lgan ona tilimizga
davlat tili maqomi berilgani istiqlol tarixining eng yorqin sahifalaridan birini tashkil
etishini alohida ta’kidlash o‘rinlidir.
Dostları ilə paylaş: |