73
Tugun daraxtda o‟chirilayotganda 3 xil variant bo‟lishi mumkin:
1) Topilgan tugun terminal (barg). Bu holatda tugun otasining qaysi
tomonida turgan bo‟lsa, otasining o‟sha tomonidagi shoxi o‟chiriladi va tugunning
xotirada joylashgan sohasi tozalanadi.
2) Topilgan tugun faqatgina bitta o‟g‟ilga ega. U holda o‟g‟il ota o‟rniga
joylashtiriladi.
3) O‟chirilayotgan tugun ikkita o‟g‟ilga ega. Bunday holatda shunday qism
daraxtlar zvenosini topish lozimki, uni o‟chirilayotgan tugun o‟rniga qo‟yish
mumkin bo‟lsin. Bunday zveno har doim mavjud bo‟ladi:
- bu yoki chap qism daraxtning eng o‟ng tomondagi elementi (ushbu
zvenoga erishish uchun keyingi uchiga chap shox orqali o‟tib, navbatdagi uchlariga
esa, murojaat
NULL
bo‟lmaguncha, faqatgina o‟ng shoxlari orqali o‟tish zarur);
- yoki o‟ng qism daraxtning eng chap elementi (ushbu zvenoga erishish
uchun keyingi uchiga o‟ng shox orqali o‟tib, navbatdagi uchlariga esa, murojaat
NULL
bo‟lmaguncha, faqatgina chap shoxlari orqali o‟tish zarur).
O‟chirlayotgan element chap qism daraxtining eng o‟ngidagi element
o‟chirilayotgan element uchun merosxo‟r bo‟ladi ( 12 uchun – 11 bo‟ladi).
Merosxo‟r esa o‟ng qism daraxtning eng chapidagi tuguni (12 uchun - 13).
Merosxo‟rni topish algoritmini ishlab chiqaylik (4.8-rasmga qarang).
Dostları ilə paylaş: