151
yaratilishiga olib keldi. Shu jumladan, ikkita yarimo’tkazgich kontaktini yorug’lik
energiyasini elektr energiyasiga aylantirishda qo’llash mumkinligi ko’rsatildi. Bu
tamoyilda ishlab chiqilgan fotoelementlar yorug’lik signallarini qayd qilishda
hamda fotoenergetikada qo’llanilmoqda. 1948-yilda qattiq jismli yarimo’tkazgichli
kuchaytirgich – tranzistor yaratildi. Bu asbobning ishlash asosini ikkita o’zaro
yaqin joylashtirilgan p-n o’tishlarning o’zaro ta’siri tashkil etadi va tok o’tkazish
jarayonida ikki ishorali zaryad tashuvchilar — elektron va kovaklar ishtirok etadi.
1950-yilga kelib nuqtaviy va yassi biqutbiy tranzistorlar kabi yarimo’tkazgichli
asboblar yaratildi. Keyinchalik biqutbiy yarimo’tkazgichli tranzistorlarning
kuchaytirish xususiyatlarini yaxshilash, ishchi chastota diapazonini kengaytirish
hamda ish quvvatini oshirish borasida tadqiqotlar olib borildi. 50-yillarning oxirida
o’zaro yaqin joylashtirilgan uchta p-n o’tishlarning o’zaro ta’siriga asoslangan
yarimo’tkazgichli asbob — tranzistor ishlab chiqildi. Tranzistorlarning asosiy
ishlatilish sohasi — bu kichik inersiyali quvvatli toklarni kommutatsiya qilishdir.
Yarimo’tkazgichlar
yuzasida
va
yarimo’tkazgich-dielektrik
faza
chegarasidagi fizik jarayonlarni chuqur o’rganilishi uni polyar yoki maydonli
tranzistorlarning yaratilishiga olib keldi. Bu tranzistorlarda zaryad tashuvchilar bir
xil ishorali bo’lib, tranzistordan o’tuvchi tok kattaligi zatvorga qo’yiluvchi elektr
maydon kuchlanganligiga bog’liq. Oxirgi bir necha o’n yillarda elektron texnikaga
bo’lgan talab yarimo’tkazgichlarning funksional imkoniyatlarini oshirish va
ularning o’lchamlarini kichraytirish — integral mikrosxemalarning yaratilishiga
olib keldi. Keyingi tadqiqotlar esa nanoo’lchamdagi tranzistor strukturalarini
yaratish imkonini tug’dirdi.
Yarimo’tkazgichli asboblar shunday katta tezlikda rivojlantirilmoqdaki,
bugungi tasavvur va yutuqlar bir necha yildan so’ng eskirib qolmoqda. Shu
sababli, yarimo’tkazgichli asboblarda ro’y beruvchi fizik jarayonlarni bilish muhim
ahamiyatga egadir. Yarimo’tkazgichlar qo’llanmayotgan soha hozir topilmaydi.
Dostları ilə paylaş: