29
avval boshdan mavjud bo‗lgan erkin harakatlanish huquqi cheklangan
edi. O‗zining soliq tizimi yo‗lida Diokletian o‗z vatandoshlarini 1000 yil
davomida amal qillgan huquqlaridan mahrum qildi. Dehqonlar va
ularning bolalari o‗z yerlarida qolishlari shart edi. Shunday qilib, Rim
imperiyasi totalitarizm botqog‗iga botib ketdi.
Har yili sentyabr oyida hukumat har bir ―iugum‖ uchun soliq
stavkalarini e‘lon qilar edi. Hech kim qanday soliq to‗lanishi kerakligini
oldindan bilmas edi. U islohotlar boshlanganini va soliqlar sonini
kamaytirganligini e‘lon qiladi, lekin soliq stavkalarini oshiradi.
Diokletianning izdoshi Konstantin imperiyani nasroniylikka bag‗ishladi
va soliq yukini yanada oshiradi.
Milodiy 306 yilda u savdo va ishlab chiqarishga to‗g‗ri (bevosita)
soliq joriy qiladi. Bu soliq har to‗rt yilda bir marta undirilar edi. Soliq
bazasini tijorat operatsiyalari tashkil qilgan. Soliq oltin yoki kumushda
yig‗ilgani sababli uni to‗lash uchun ba‘zilar xatto o‗z bolalarini qullikka
sotishar edi. Ota-onalarni shunday noiloj ahvolda qoldirish uchun soliq
yig‗uvchilar qiynoqlardan foydalanganlar. O‗sha kezlarda ko‗plab
jafokashlar diniy sabablarga ko‗ra emas, balki soliqlar tufayli vafot
etgan.
Dostları ilə paylaş: