Central asian journal of education and



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix12.05.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#112237
1   2   3   4   5
CAJEI0221

 
Page 105 
 
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND 
INNOVATION 
Volume 1, Issue 2, November 2022 
www.in-academy.uz 
boshlangan oʻzaro sulolaviy kurashlar markaziy davlat xokimiyatining zaiflashuviga, karvon 
yoʻllari xavfsizligining toʻliq taʼminlanmaganligiga olib keldi. Natijada asrlar davomida Sharq 
va Gʻarb dunyosini bogʻlab turgan Buyuk Ipak yoʻli inqirozga uchradi. Xulosa qilib, shuni 
aytishimiz mumkinki, Mil. avv.1 ming yillikning oxiri milodiy I ming yillikning boshlariga kelib 
Tinch okeanidan Atlantika okeaniga qadar cho'zilgan ulkan geografik hudud madaniyati 
yuksak rivojlangan sivilizatsiyalarning yagona tizimiga birlashadi. Bu hududda joylashgan 
davlatlar Xitoydagi Xan saltanati, Kushon podsholigi, Qang' davlati, Parfiya davlati, Rim 
saltanatining chegaralari bir-biriga tutash edi. Ushbu zabardast saltanatlar va sivilizatsiyalar 
markazlari insoniyat tarixidan birinchi bo'lib “Buyuk ipak yo'li” deb nomlanuvchi bir yo’l bilan 
bog'landilar. 7 
Umumiy uzunligi 12 ming km bolib, Xitoydan O’rta Yer dengizining shimoliy qirg’oqlariga 
qadar cho’zilgan bu yo’l orqali ko'pgina xalqlar va elatlar turli tomonlama munosabatlar 
o'rnatdilar. Podsholarning o’zaro elchilar yuborishlari, bir-birlariga har xil sovg’alar in'om 
etishlari an‘anaga aylandi. Sharq bilan G’arb madaniyatining bir-biriga ta‘siri kuchaydi. O’sha 
davrdagi ko’plab 21 madaniy o’xshashliklar ham shu tufayli yuzaga keldi.Buyuk ipak yo‘li 
orqali nafaqat savdo karvonlari, balki xalqlarning erishgan madaniy yutuqlari, ma‘naviy 
qadriyatlari, diniy g‘oyalari ham jahonga tarqalib borar edi. Buddizm Kushan davlatidagi 
boshqa dinlar bilan birga hukm surgan bo‘lib, bu yerdan to Xitoygacha tarqalgan. Eramizning 
birinchi asrlarida Kichik Osiyodan bu yerga xristianlik dini kelib yetgan. Arab xalifaligining 
qattiqqo‘l harbiy navkarlari VII asrda islom ta‘limotini olib kelganlar. Savdogarlar va 
targ‘ibotchilarning o‘tkazgan yo‘llari bo‘ylab mo‘g‘ullar sahrolaridan Yevropa tekisliklarigacha 
Chingizxon sahroyi bosqinchilari quyundek o‘tgan. Buyuk Ipak yo‘lining qoq yuragi bo‘lgan 
Samarqand shahridan o‘rta asrlardagi Sharqning buyuk sarkardasi Amir Temur o‘z 
yurishlarini boshlab, zafar quchar edi. Bundan tashqari, karvon yo‘llaridan asrlar bo‘yi 
allomalar, tadqiqotchilar ham sayohat qilar edi. Xitoy ruhoniysi Syuan Tszyan va venetsiyalik 
savdogar Marko Polo, arab sayohatchisi – savdogar Ahmad ibn Fadlan va bavariyalik sarkor 
Shiltberger, vengriyalik tadqiqotchi Arminiy Vamberi hamda shvetsiyalik geograf Sven Xedin, 
rus olimi Aleksey Fedchenko va frantsiyalik jurnalist ayoli Ella Mayyar, amerikalik geolog olim 
Rafael Pampelli va frantsiyalik sayohatchi Jozef Martenlarning yo‘lda qayd etgan yozuvlari va 
ilmiy asarlaridan biz Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab yotgan mamlakatlarda yashagan xalqlarning 
tarixini, ularning urf-odatlari va an‘analarini bilib oldik. Sharq va G‘arbni o‘zaro bog‘lagan bu 
beqiyos buyuk yo‘lni bunyod etgan xalqlarning tirik bir xotirasi qadimiy O‘zbekiston 
shaharlari Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Toshkent shaharlari bo‘lib, ularning 
me‘morchilik yodgorliklari Buyuk Ipak yo‘lining ko‘p asrlik tarixini o‘zida mujassam etadi.8 
Xulosa 
Buyuk ipak yo‘lini o‘rganish va qayta tiklashda O‘zbekiston rahbariyati ham alohida e’tibor 
qaratmoqda. Chunonchi, respublikamiz hududlarida uyushtirilgan ekspeditsiyalar natijasida 
ko‘pgina tarixiy-madaniy obidalar o‘rganildi. Qadimgi yo‘llar va yo‘nalishlar aniqlandi, milliy-
ma’naviy boyligimiz hamda an’analarimiz o‘rgandi. Samarqandda Markaziy Osiyo tadqiqotlari 
Xalqaro Instituti ochilgan bo‘lib, uning asosiy yo‘nalishlaridan biri Buyuk ipak yo‘li va uning 
bo‘ylarida joylashgan shaharlarni o‘rganishdir. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin