negaki ular opera va romanslaming aniq syujeti bilan bevosita bog‘liq.
L in in g vengr xalq hayoti manzaralarini aks ettiruvchi rapsodiyalari
ham dasturiy hisoblanadi.
Listning dasturiyligi
Berlioznikidan farq qiladi. Agar Berlioz
simfoniyasida musiqada syujetning ketma-ket
rivojlanishida aks etuvchi
bayoniy syujet xarakteri mavjud bo'lsa, Listni ko'proq asosiy poetik
g'oyaning umumlashgan musiqiy gavdalanishi qiziqtiradi. O ’zining
rang-barang topilmalari bilan List melodika sohasini kengaytirdi; bir
vaqtning o'zida u garmoniya sohasida novatorga aylandi. List «simfonik
poema» janri va «monotematizm» deb ataluvchi musiqiy rifojlanish
,
*
usullaming yaratuvchisi bo'lib hisobolangan.
Listning fortepiano
texnikasi, faktura sohasidagi muvaffaqiyatlari ahamiyatlidir, negaki List
genial pianinochi bo'lgan va tarixda ungayetadigani bo'lmagan.
Hayoti. Ferens List 1811 yil 22 oktyabrda Doboryan qishlog'ida
(Vengriya) dunyoga kelgan. Bolaligida lo'lilar qo'shig'i va vanger
dehqonlaming quvnoq qo'shiqlariga maftun bo'lib qolgan.
Listning
otasi, graf Esterxazining katta yer-mulkida boshqaruvchi, havaskor
musiqachi bo‘lgan va o'g'lining musiqaga qiziqishini rag'balantirardi;
aynan u bolaga fortepiano chalish asoslarini o'rgatgan. 9 yoshligida
Ferens qo'shni Shoprone shaharchasida o'zining
birinchi konsertini
beradi.
Tez orada u Esterxazining ajoyib qasriga taklif etiladi;
bolakayning chalishi graf mehmonlarini shunchalik hayratlantirdiki, bir
nechta zodagonlar uning keyinchalik musiqiy ta’lim olishi uchun pul
to lash istagini bildirishdi.
Ferensni
Venaga yuborishdi, u yerda
www.ziyouz.com kutubxonasi
kompozitsiyani A. Salyeridan va fortepianoni Yevropaning virik
pedagogi K. Chernidan o'rgandi.
Dostları ilə paylaş: