Byudjet tashkilotlarida tovar (ish, xizmat) lar ishlab chiqarish va sotish hisobi



Yüklə 35,35 Kb.
səhifə2/2
tarix07.01.2024
ölçüsü35,35 Kb.
#204889
1   2
Byudjet tashkilotlarida tovar (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va sotish hisobi

Тayyor mahsulotlar harakatini pul ko’rsatkichdagi hisobi 16-«Тayyor buyumlar harakatining puldagi ifodasi» qaydnomasida yuritiladi.
1 6- «Тayyor buyumlar harakatining puldagi ifodasi» qaydnomasining I bo’limidan 2810 schyotning to’liq ma’lumotlari ta’rifini ikki bahoda – haqiqiy va hisob bahoda olinadi. Bu oy oxiriga bo’lgan tayyor mahsulotlarning umumiy hajmidagi haqiqiy xarajatlar salmog’ini (oy boshiga qoldiq plyus mahsulotning kirimini ularning hisob bahosiga nisbati) topish uchun zarur.
Shu jami mahsulotlarning haqiqiy tannarxini ularning hisob (reja) tannarxiga bo’lgan foiz nisbati buxgalteriya tomonidan hisobot oyida yuklab jo’natilgan, xaridorlar tomonidan qaytarilgan va oy oxiriga qolgan mahsulotlarning haqiqiy tannarxini hisoblash uchun foydalaniladi.
O y oxiriga qolgan mahsulotlar haqiqiy tannarxini aniqlashning zaruriyati shundaki, uni Bosh daftar bilan taqqoslash mumkin, omborlardagi qoldiqlarni hisobga olish daftari bilan esa hisob bahosidagi qoldiq taqqoslanadi.
Тayyor mahsulotlarning ombordagi hisobi operativ – buxgalteriya usulida yuritiladi ya’ni mahsulotlarning har bir nomenklatura raqamiga materiallarning ombor kartochka hisobi (17-M shakli) ochiladi. Тayyor mahsulotlarni kirimi va chiqimiga qarab omborchi hujjatlarga asosan kartochkalarga qiymatliklar miqdorini (kirim, chiqim) yozib qo’yadi hamda har bir yozuvdan keyin qoldig’i chiqariladi.
O ’tgan sutka ichida omborda yig’ilib qolgan hujjatlar (qabul qilish – topshirish nakladnoylari, buyruq- nakladnoylar, tovar- transport nakladnoylari) ni buxgalter har kuni qabul qilib boradi. Ombor hisobining to’g’ri yuritilishi buxgalterning ombor hisobi kartochkasiga qo’yilgan imzosi bilan tasdiqlanadi.
Moddiy – javobgar shaxs ombor hisobi kartochkalariga asosan har oyda tayyor mahsulotlar nomenklaturalari, o’lchov birligi, miqdorini ko’rsatib tayyor mahsulotlar qoldig’ini hisobga olish qaydnomasini to’ldiradi va uni buxgalteriyaga topshiradi.
X ulosa
Тayyor mahsulotlar – bu mazkur korxonada qaytadan ishlashni talab qilmaydigan, standartlar va texnik shartlariga to’liq javob beradigan, texnik nazorat bo’limi yoki maxsus komissiya tomonidan qabul qilingan hamda korxona omboriga topshirilgan yoki buyurtmachi tomonidan qabul qilingan mahsulotlardir.
Buxgalteriya hisobini to’g’ri tashkil etish subyektlarda mahsulotlarni bir me’yorda ishlab chiqarish, xaridorlarga mahsulot jo’natish yuzasidan shartnoma majburiyatlarini ta’minlash, mahsulotni sotish bo’yicha o’zaro hisob – kitob to’lovlarning o’z vaqtida bajarilishini ta’minlashga zamin yaratadi.

Тavsiya etilayotgan adabiyotlar



  1. Хошимов Б. Бухгалтерия ҳисоби назарияси. Дарслик. -Т.: 2004, -279 бет.

  2. Каримов А. ва бошқалар. Бухгалтерия ҳисоби. Дарслик. «Шарқ» НМАКБТ. -Т.: 2004, -591бет.

  3. Байда Т.П. Теория бухгалтерского учёта задачи и ситуации. Учебное пособие -М.: Финансы и статистика, 2004

  4. Гусева Г.Н., Шеина Г.Н. Основы бух. учёта: теория, практика, тесты. Учебное псобие - М.: Финансы и статистика, 2004



Internet saytlari
http:// www. accounting. rut gars. edu
http:// www. buhgalteria. com. ua
http:// www. 1c. ru
Yüklə 35,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin