Byudjet tashkilotlarida mehnatga haq to’lashning amaldagi tizimi Turayeva Gulizahro



Yüklə 27,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix26.12.2023
ölçüsü27,98 Kb.
#197344
1   2   3
Abduhamidov J 72-74 CUSR

Tahlil va natijalar

Byudjet tashki-lotlarida xodimlarningish haqini hisoblash-da tashkilotlarda 
UzASBO dasturi orqali avtomatlashtirilgan tarzda hisoblanadi.O’zbekiston 
Respublikasi Moliya vaziri-ning 2010 yil 17 dekabrdagi 105-sonli buyrug’i bilan 
tasdiqlangan, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2010 yil 22 dekabrda 
2169-son bilan ro’yxatga olingan “Byudjet tash-kilotlarida buxgalteriya hisobi
to’g’risidagi yo’riqnoma”ning 285-bandiga muvofiq, ish haqini hisoblab yozish 
uchun quyidagilar asosiy hujjatlar hisoblanadi: tashkilotning ishga qabul qilganlik
bo’shatganlik va xodimlarni tasdiqlangan shtatlar jadvali hamda ish haqi stavkalariga 
muvofiq joydan-joyga ko’chirish haqidagi buyruqlari, 421-shakldagi foydala-nilgan 
ish vaqti hisobi, ish haqini hisoblash tabeli va boshqa hujjatlar. Tabellar tashkilot 
rahbarining buyrug’i bilan tayinlangan shaxslar tomonidan har oyda belgilangan
shaklda yuritiladi. Tabellar butun tashkilot bo’yicha yoki tuzilmaviy bo’linmalar 
(bo’limlar, bo’lin-malar, fakultetlar, laboratoriyalar va boshqa-lar)ga bo’lingan holda 
yuritiladi. Oyning oxirida tabel bo’yicha ishlangan kunlarning umumiy miqdori,
shuningdek, ortiqcha ishlangan soatlar aniqlanadi. Byudjet tashkilotlarida ish haqi
har oyda xodimlar mehnatiga haq to’lash tizimi-vaqtbay, ish natijalariga ko’ra
yoki vaqtbay-ishbay bo’lishiga qarab hisoblanadi. 
Bunda quyidagi qoidalarga rioya etiladi:O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Shavkat Mirziyoevning tegishli farmoniga binoan, 2023 yil 1 maydan boshlab 
byudjet tash-kilotlari xodimlarining ish haqi 7 foizga oshiriladi. Hujjat aholi turmush 
darajasini yaxshilash va fuqarolar daromadlarini izchil oshirishga qaratilgan chora-
tadbirlar ko’lamini kengaytirish maqsadida qabul qilindi. 
2023 yil 1 apreldan boshlab: 
•mehnatga haq to’lashning eng kam miqdori–980 ming so’m miqdorida (oldin 
920 ming so’m); 
•bazaviy hisoblash miqdori–330 ming so’m miqdorida (oldin 300 ming so’m)
belgilandi. 
Mehnatga haq to’lashni ikkita shakli mavjud: ishbay va vaqtbay. Mehnat haqini 
hisoblashning ishbay shaklida ish haqi –ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi, sifati, 
bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar hajmiga ko’ra asosiy va qo’shimcha ish haqi 
tarkibi hisoblanadi 

Yüklə 27,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin